“afg„onlar”, “giribonlar”, “parishonlar”, “nodonlar” so‗zlari qofiyadoshlikni
tashkil qilib kelgan. So‗zlardagi ―n‖ tovushi raviy hisoblanadi. O‗qituvchi dars
samarodotligiga erishi maqsadida she‘rni dastlab o‗zi ifodali o‗qib berishi lozim.
Yo bo‗lmasa sinfda g‗azal shaydolari bo‗lsa, o‗sha o‗quvchilardan biriga g‗azalni
o‗qitishi ham mumkin. Ammo uning ifodali o‗qishiga e‘tibor qaratishi kerak.
Chunki aruz vaznida yozilgan she‘rlar barmoqdagi lirik asarlardan tubdan farq
qiladi: aruz vaznida so‗zlarning tugashi kichik to‗xtamni vujudga keltirmaydi, u
vazn talabi bilan boshqa so‗zlarga qo‗shib o‗qilaveradi.
Zokirjon Xolmuhammad o‗g‗li Furqatning ko‗pgina g‗azallarini avtobiografik
mavzuda ekanligini avvalgi bobda aytib o‗tgan edik. Quyida keltirilayotgan
―adashganman‖ radifli g‗azali ham aynan shu mavzudagi g‗azallar turkumiga
kiradi. G‗azal yetti baydan iborat bo‗lib, ―xonumonidin‖, ―oshyonidin‖,
―bo‗stonidin‖,
―xonadonidin‖,
―nishonidin‖,
―ostonidin‖,
―jonidin‖,
―soyabonidin‖ so‗zlari qofiyadoshlikni tashkil qilgan. Qofiyadosh so‗zlardagi “n”
tovushitirgak tovush, ya‘ni ―raviy‖ hisoblanadi. Shoir mumtoz adabiyotimiz vakili
bo‗lganligi sababli uning lirikasini o‗rgatishda lug‗at bilan ishlashga to‗g‗ri keladi.
G‗azalni ifodali o‗qigandan so‗ng o‗qituvchi she‘rda keltirilgan tushunilishi qiyin
bo‗lgan so‗zlarni lug‗at daftariga yozishini aytadi va kitobda keltirilmagan so‗zlar
izohini o‗quvchilarga adabiyot tarixini yaxshi o‗zlashtirish uchun olimlarimiz
tomonidan tuzilgan lug‗atlarning birortasidan foydalanib yozdiradi. Jumladan,
―adashganman‖ radifli g‗azali yuzasidan quyidagicha lug‗at tuzish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |