2.2. SHOIR SHE‟RIYATINING MAVZUSI, G„OYAVIY YO„NALISHI.
Furqat lirikasining mavzusi rang-barang, unda ifodalangan g‗oya insonni
ulug‗lash, vatanparvarlikka chorlash. Uning she‘riyatida insonning insonga, Haqqa
va Vatanga bo‗lgan muhabbati badiiy misralarda ta‘sirli aks etgan. Furqat hayoti
Rossiya bosqini davriga to‗g‗ri kelganligi sababli uning ijodini ijtimoiy mavzudan
yiroq deb ayta olmaymiz.
Chor Rossiyasining mustabid siyosati Turkiston xalqlari hayotining barcha -
siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy jabhalarini birday zanjirband qilganligi ma‘lum.
Tabiiyki, millatparvar ziyolilar, jumladan, Furqat ham bunga befarq bo‗lgan emas.
Furqat ―Munojoti musaddas‖ asarida bu holni ―Kuffor bandi ichra sonsiz tugunda
qolduk‖ deya og‗ir iztirob bilan ta‘riflaydi. Shoirning mazkur asaridagi quyidagi
misralar ham istibdod iskanjasida qolgan yurt taqdiriga kuyinish hissi bilan
yo‗g‗rilgan:
Qozi-yu mufti, a‘lam doim hazinu ma‘yus,
Din posini tutay deb zindoni g‗amda mahbus,
Bechoralar na qilsun bo‗lsa siyosati Rus,
Qo‗ymaydi bir tarafdin xalq ichra mangu nomus,
Rahm aylagil, Xudoyo, bechora, xastalarga,
Ranjuru zoru mahzun ko‗ngli shikastalarga.
Ushbu misralar orqali mustamlaka siyosatining haqsizlikka, zulmga
asoslanganligini ochiq-oydin tasvirlagan shoir musaddasning boshqa bir bandida
istibdod iskanjasida yurt iqtisodiyoti inqirozga yuz tutganligini, ahli bozor
nakbatga qolganligini, tijoratning kasodga uchraganligini chuqur dard bilan
ifodalaydi:
Uch yil bo‗lurki qolmish nakbatga ahli bozor,
Ko‗rmas tijoratidin ko‗p naf‘ xayli tujjor,
Ahli hunarda ham yo‗q chandone ravnaqi kor,
Yo‗qdur o‗zungdin o‗zga bir mehribonu g‗amxor,
45
Rahm aylagil, Xudoyo, bechora, xastalarga,
Ranjuru zoru mahzun, ko‗ngli shikastalarga.
―Uch yil bo‗lurki qolmish nakbatga ahli bozor‖ misrasi asarning Qo‗qon
xonligi rus qo‗shinlari tomonidan bosib olinganiga uch yil bo‗lgan paytda
yozilganligini ko‗rsatadi. Furqatning shoir Abdulhaq maxzum Roiq arxividan
aniqlangan ―Begim‖ radifli dastxat she‘rida ham shunga monand fikrlar
ifodalangan:
Shu‘bada izhor etib nogoh charxi hiylasoz,
Boshladi afsun ila makru dag‗osidin, begim.
G‗unchai davlatni gul yanglig‗ parishon ayladi,
Tundbodi hodisoti mojarosidin, begim.
Oxirulamr hukumat gulshani bo‗ldi xazon,
Keldi zog‗u qoldi bulbullar navosidin, begim.
Ushbu baytlarda yurtning taraqqiyot quyoshi so‗nib, tanazzul shomi
boshlanganligi so‗ngsiz hasrat bilan ifoda etilgan. Charxi hiylasozning afsun ila
makru dag‗osi — o‗sha paytda mamlakatda kechgan fitna-fasodlar, inqiroz
jarayoni timsoli. Natijada ―...g‗unchai davlat gul yanglig‗ parishon bo‗lgan.
Hukumat gulshani xazonga aylangan‖. Zog‗lar kelishi bilan bulbullar navosi
tingan. Bulbul bog‗da sayraydi. Zog‗ning makoni esa - vayrona. Ta‘kidlash joizki,
mustamlaka Turkistonining ayanchli ahvolini Furqatgacha hech qaysi shoir
bunchalik ta‘sirli ifodalay olgan emas. O‗sha tarixiy vaziyatda, o‗sha ijtimoiy
muhitda bu so‗zlarni bitish chinakam jasorat edi. Furqatning istibdodga, jabru
zulmga, adolatsizlikka bo‗lgan nafrati boshqa asarlarida ham aks etgan. Jumladan,
―Bo‗ldi‖ radifli muxammasida shoir shunday yozadi:
Dostları ilə paylaş: |