586. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasuli akram (s.a.v.):
"Kufrning boshi kun chiqar tomonda, faxrlanish va manmanlik shahardan tashqarida
yashaydigan yuzlab, minglab ot va tevalari bo'lgan kishilarda bo'ladi, viqor va tavoze'lik
esa qo'y egalarida bo'ladi", dedilar".
Kufrning boshi Sharq tomonda deganlari, vallohi a'lam, Sharq Arabistonga nisbatan Fors mamlakati bo'lib, u yerda majusiylik rivoj topgan davrga muvofiq aytilgan bo'lsa kerak.Ko'p ot va tevalari bo'lganlar davlatmandlik bilan g'ururlanib, boshqalarni mensimaydilar. Ammo qo'y egalariga esa, qo'ylardagi kamtarlik, saxovatlik xislatlari o'tar ekan.
587. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Men itlar bilan qo'ylar haqida taajjublanaman.
Qo'ylardan qancha-qanchasini har yili kishilar so'iib yeydi va qanchasi Alloh taolo yo'lida
hadya-ehson qilinadi. Ammo bir urg'ochi it qancha bola tug'adiyu, lekin hisoblab
ko'rilganda qo'ylar soni itlarga nisbatan juda ko'p bo'ladi, men shunga taajjub qilaman".
588. Abu Suf'yon Qurayshiy aytdilar: "Hz. Umar ibn Xattob mendan: "Ey Abu Suf'yon,
senga keladigan daromad qancha?" - deb so'radilar. Men: "Ikki ming besh yuz", dedim.
Shunda u kishi: "Ey, Abu Suf'yon! Qurayshning yigitlari sizlarga voliy bo'lib qolishlaridan
avval sen dehqon-chilik va chorvalardan o'zingga mulk qilib ol! Chunki ular nazdida
shundan boshqa yo'l bilan keladigan daromad mol hisoblanmaydi", dedilar".
589. Abda ibn Hazi aytdilar: "Teva egalari bilan qo'y egalari bir-birlari bilan faxrlanishdi.
Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Hz. Muso (a.s.) qo'y boquvchi bo'lsa-lar ham payg'ambar
bo'ldilar, hz. Dovud ham podachi bo'lishlariga qaramay payg'ambar bo'ldilar va men
ham Ajyoddagi ahllarimning qo'ylarini boqib yuradigan podachi bo'lganman. Shunga
qaramay Alloh taolo meni payg'ambar qildi", dedilar.