O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Imajizm.  1910-yillarda  ingliz-Amerika  adabiyotida  paydo 
bo‘lgan  imajizm(ing.  Image  –  obraz,  qiyofa)  oqimi  1917-yilga 
kelib  o‘z  faoliyatini  tugatdi.  AQShda  imajizm  “poetik  Renes-
sans”  davrida(1912–1925)  qisqa  muddat  gullab-yashnadi.  Imajist-
lar  estetikasi  T.E.Xyumning(1883–1917)  tanqidiy  maqolalari  va 
E.Paundning(1885–1972)  she’riy  tajribasiga  asoslandi.  Imajistlar 
tasvirda lirik sub’ektivlik va ruhiy kechinmalardan ozod bo‘lgan an-
iqlikni va “xom obrazning sof” bo‘lishini talab qildilar. Ular bir ne-
cha she’riy antologiyalar chop ettirdilar hamda yangi vazn va shak-
llarning, erkin tematika, qisqalik va aniqlik tarafdorlari edi. Yirik 
inglizzabon  shoir,  ulkan  iqtidor  sohibi  Ezra  Paund  imajinizmning 
ilk  davrida  ularga  yo‘lboshchilik  qildi.  1910–1920-yillarda  Ros-
siyada  imajizmga yaqin bo‘lgan imajinizm  oqimi  shakllandi.  Bu 
oqimning  eng  yirik  namoyondalari  S.Yesenin,  V.Shershenevich, 
A.Mariengoflar san’atni siyosiylashtirishga qarshi chiqdilar.
Ekspressionizm badiiy-g‘oyaviy oqim bo‘lib, u madaniyatning 
turli sohalarida(adabiyot, tasviriy san’at, teatr, musiqa, haykaltaro-
shlik)  namoyon  bo‘ldi.  U  yo‘nalish  sifatida  Birinchi  jahon  urushi 
arafasida paydo bo‘lib, 20-yillarning o‘rtalarida adabiyot sahnasidan 
tushdi. Bu yo‘nalishning ko‘zga ko‘ringan vakillari sifatida I.Bexer, 
V.Volf, L.Rubiner, G.Kayzer, V.Gazenklever, E.Toller, L.Franklarni 
ko‘rsatish mumkin. Insoniy qadriyatlarni himoya qilib chiqqan 
ekspressionistlar  militarizm  va  ulug‘  millatchilik  g‘oyasiga  qarshi 
chiqdilar. 
27
 D.Quronov, Z.Mamajonov, M.Sheralieva. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.: 
“Akademnashr”. 2010. – B.347.


225
Dadaizm (fr. dada – yog‘ochdan ishlangan o‘yinchoq ot, ko‘chma 
ma’noda bolalarga xos betartib nutq) – Birinchi jahon urushi davri-
da  Syurix(Shveytsariya)da  paydo  bo‘lib,  1920-yillar  boshida  tar-
qab ketgan nigilistik xarakterdagi oqim. O‘z safiga T.Tsara(rumin), 
R.Gyulzenbek(nemis),  A.Breton,  L.Aragon,  P.Elyuar(fransuzlar) 
singari ijodkorlarni birlashtirgan guruh a’zolari alogizmga tayan-
gan holda, so‘zlarni ma’lum tartibda qo‘llash hisobiga real bor-
liqqa o‘xshamaydigan o‘ziga xos dunyoni yaratishga harakat qildi-
lar. “Dadaizm mohiyat e’tibori bilan urushga, jahon urushi keltirib 
chiqargan muhitga qarshi isyon edi. Ularning isyoni mavjud tartibot-
larni inkor qilish, ularni ma’nisiz(absurd) deb hisoblashda, anarx-
izmni bunday sharoitda eng maqbul mavqe deb bilishda namoyon 
bo‘ladi. Shulardan kelib chiqib, dadaizmning san’at va adabiyotdagi 
isyonkorlik mavqeyi belgilangan: ular badiiy ijodda irratsionalizm 
tarafdori bo‘lganlar, adabiy-badiiy an’analarga nisbatan nigilistik 
antiestetizm mavqeyini egallaganlar”
28
.
XX asrning 20-yillarida Fransuz she’riyatida syurrealizm(o‘ta re-
alizm) deb ataluvchi oqim vujudga keldi. Sobiq dadaistlar A.Breton, 
L.Aragon,  P.Elyuar  ushbu  guruh  tashkilotchilaridan  edilar.  O‘z 
faoliyatida A.Bergson va Z.Freyd falsafasiga tayangan ushbu oqim 
vakillari real borliqdan yuqoriga ko‘tarilishni targ‘ib qildilar. Sy-
urrealistlar  o‘z  she’rlarida  inson  ongidagi  o‘y-fikrlar  va  tasavvur-
lar oqimini aks ettirishga urindilar va bu borada birmuncha nati-
jalarga erishdilar. 30-yillarga kelib syurrealizm inqirozga yuz tutdi. 
L.Aragon, P.Elyuar singari iqtidorli yozuvchilar ushbu oqim bilan 
aloqani uzdilar.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin