O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Modernizm.  XX  asr  boshlarida  simvolizm  o‘rnida  futurizm, 
ekspressionizm,  imajinizm,  dadaizm,  kubizm,  abstraksionizm,  sy-
urrealizm singari oqimlar faoliyat ko‘rsatdi. Ular modernistik yoki 
avangard oqimlar deb atala boshlandi. Yangi asrning 20-yillarigacha 


222
– avangard adabiy maktab va oqimlarining shakllanish davri bo‘ldi. 
Bular qatoriga futurizm, imajizm, dadaizm, syurrealizm va boshqa 
oqimlar  kiradi.  Adabyotshunoslikda  modernizm  atamasi  turlicha 
talqin  etiladi.  Ba’zi  adabiyotshunoslar  modernizm  va  dekadansga 
bir  xil  hodisa,  deb  ta’rif  beradilar.  Boshqa  tadqiqotchilarning  qa-
rashlariga ko‘ra modernizm dekadansga nisbatan ancha keyingi ad-
abiy hodisadir. Modernizmning dekadans bilan umumiy tomonlari 
bo‘lishiga qaramay, u dekadansdan keyin paydo bo‘lgan va undan 
ko‘p jihatdan farq qiluvchi yo‘nalishdir. Yana bir ta’rifga ko‘ra yangi 
davrdagi barcha avangard oqimlarni modernizm deb atash mumkin.
Shunday qilib, modernizm dekadansdan keyin paydo bo‘lgan, bi-
roq o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lgan jarayon. Modernistlar ko‘p to-
monlari bilan dekadentlarga hamfikr ekanligini inkor etib bo‘lmaydi. 
Idealistik  falsafaga  tayanish,  shaxsiyatparastlikni  ulug‘lash  va 
boshqa jihatlar ularni bir-biriga yaqinlashtirsa-da, modernchilar 
o‘zlarini dekadent deb atamaydilar. Aksincha, ular dekadentlik va 
simvolizmga qarshi kurashayotganini e’tirof etganlar. Simvolizm 
she’riyatiga xos bo‘lgan mavhumlik, poetikadagi tashbeh va ishora 
modernistlarni qanoatlantirmaydi. Ular butunlay yangi, zamonaviy, 
avangard san’atni yaratayotganliklarini qayd etadilar. Shuning uc-
hun ham “modernizm”, “avangardizm” atamalari “dekadans” ata-
masi singari vaqt o‘tishi bilan keng ma’noda qo‘llanilib, estetika
tasviriy san’at, musiqa va me’morchilik sohalariga tatbiq etila bosh-
landi.
Bir  qancha  modernchilar Anri  Bergson(1859–1941)  falsafasiga 
tayanadilar. Faylasuf o‘zining “Materiya va xotira”(1896), “Ijodiy 
evolyutsiya”(1907) asarlarida intuitizm falsafasining asosiy tamoy-
illarini belgilab berdi. Unga ko‘ra intuitiv anglash his-tuyg‘ularning, 
mantiqiy fikrlashning ishtirokisiz ro‘y beradi. Intuitsiyani borliqdagi 
barcha narsani yaratgan o‘ziga xos kuch – “hayotiy intilish” boshqa-
radi.  Vaqt  ob’ektiv  borliq  sifatida  mavjud  emas,  vaqtni  faqatgina 
sub’ektiv  qabul  qilish  mavjud.  Bergsonning  fikricha,  san’at  intu-
itiv anglashdir. Intellekt negizida intuitsiya yotadi. Yana boshqa bir 


223
guruh  modernistlarga  Zigmund  Freyd  (1856–1939)  ta’limotining 
ta’siri katta bo‘ldi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin