O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Impressionizm (fr. Impression – taassurot) – san’atda rassomn-
ing, san’atkorning o‘z sub’ektiv mushohadasi, his-tuyg‘u va taassur-
otlarini aks ettirishga qaratilgan oqim bo‘lib, 1860–1870-yillarda bir 


218
guruh  rassomlar:  K.Mone,  E.Mane,  E.Dega,  K.Pisarro,  O.Renuar, 
A.Sisleylar ijodida namoyon bo‘ldi. Adabiyotdagi impressionizm – 
bu musiqiylik, ishoralar, yarim pardalar, qalqib turgan kayfiyatlar, 
mubham  imo-ishoralar,  noaniq  sharpalar  poetikasidir.  Taniqli  rus 
shoiri V.Bryusov, impressionizmda o‘ziga xos “hayot yaratish” sodir 
bo‘ladi va bu maktabda har bir so‘zning o‘zi ham, so‘z birikmasida 
kelganda ham – muayyan taassurot qoldiradi, deb yozgan edi. 
Ba’zan  simvolizm  va  impressionizm  stilistikasini  ajratish  qi-
yin. Ular bir-biri bilan botiniy bog‘liq, ba’zida esa ularni ajratib 
bo‘lmaydi. V.Gyugo Stefan Mallarmeni impressionist shoir deb ata-
gan. Impressionizmning xususiyatlarini simvolist shoirlar A.Rembo 
va P.Verlen, E.Zolya va ayniqsa, G. De Mopassan asarlarida uch-
tarish mumkin. Impressionistik uslub A.Fransning tanqidiy maqo-
lalari uchun xos, bu an’analar keyinroq A.Chexov, I.Bunin, S.Kreyn, 
Sh.Anderson, E.Xemingueylarning kichik prozasida kuzatiladi.
Simvolizm adabiy yo‘nalish sifatida XIX asrning 70–80-yillarida 
Fransiyada shakllandi. Keyinchalik Belgiya, Germaniya, Avstriya, 
Rossiya  singari  mamlakatlarda  ham  simvolizm  maktablari  paydo 
bo‘ldi.  Simvolizm  atamasining  paydo  bo‘lishi  narsa-hodisalarni 
konkret nomlanishiga qaratilgan shartli ravishdagi ishorani anglatu-
vchi simvol(ramz) so‘zi bilan belgilanadi.
Simvolistlar ramzni umumlashtirgan realistik yoki romantik 
ma’noda emas, balki yozuvchining atrof-olamga bo‘lgan sub’ektiv 
munosabatining talqini sifatida tushunadilar. Bu yo‘nalishning Fran-
siyada P.Verlen, A.Rembo, S.Mallarme, Belgiyada M.Meterlink va 
E.Verxarn, Germaniyada Xauptman, Avstriyada Rilke va Gofman-
stal singari vakillari bor. Simvolizm negizida Shopengauer, Nitsshe 
va Bergsonning idealistik falsafasi yotadi. Simvolistlarning tutgan 
yo‘li  parnaschilarning  g‘oyaviy  nuqtai  nazaridan  kam  farqlanadi. 
Ularda  ham  dekadentlarga  xos  kayfiyat  –  yolg‘izlik,  umidsizlik, 
g‘am-g‘ussa, mavhum obrazlar hukmdor. Simvolistlar ifoda qilib 
bo‘lmaydigan narsalarni musiqiy ramzlar yordamida ko‘rsatishga 
intildilar. Ular narsa, hodisa haqida hikoya qilmaydilar, balki 


219
imo-ishora bilan cheklanadilar. Simvolistlar she’rning musiqaviy 
bo‘lishiga katta e’tibor qaratishib, bu borada birmuncha yutuqlar-
ga  erishdilar.  Masalan,  shoir  Pol Verlen  “Kuzgi  qo‘shiq”  she’rida 
mazmunni ochishga emas, balki tovushlarning bir-biriga ohangdosh 
bo‘lib kelishiga erishgan. Uning “Poeziya san’ati” she’ri esa sim-
volistlarning adabiy dasturiga aylandi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin