221
1897–1899-yillarda 3 ta pyesadan iborat «Puritanbop pyesalar»
yaratildi.
1914–1918-yillari Shou ijodida qarama-qarshiliklar, izlanishlar
davri bo‘ldi. Bu yillarda u Fabian ta’limoti, idealistik falsafasining
«hayotiy qudrat» konsepsiyasi tarafdori bo‘ldi. («Inson va komil in-
son» pyesasi, 1903) 1912-yilda yaratilgan «Pigmalion» komediya-
sida B.Shou demokratik qarashlari o‘z ifodasini topdi.
Birinchi jahon
urushi davrida yaratilgan eng yetuk asar «Yurak-
larni tilka-pora etguvchi xonadon» pyesasi bo‘lib, u 1919-yilda
nashr etildi. Asarda urush arafasidagi Angliya hayotining keng
manzarasi aks ettirildi. Ijtimoiy tanqid pyesada Angliya ziyolilari
vakillari bo‘lgan qahramonlar ruhiy olamini chuqur tahlil qilish bi-
lan uyg‘unlashib ketgan. Sobiq, dengizchi Shotoverning kema shak-
lida qurilgan uyi. Angliya jamiyatining ramzi sifatida tasvirlangan
bo‘lib, bu uy, bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarni kutayotgan
yo‘lovchilarni yodga soladi.
Pyesada aniq, syujet chizig‘i ko‘zga tashlanmaydi. Muallifni aso-
san qahramonlarning kayfiyati, atrof-olamni qanday qabul qilishlari
qiziqtiradi. Ularda aniq bir maqsad, harakat va, eng asosiysi, idealn-
ing o‘zi yo‘q. Shuning uchun asar finali ham ramziy xarakterga ega:
urush boshlandi, dushman samolyotlari bomba tashlamoqda, kapi-
tan Shotover xonadonining a’zolari uchuvchilarni jalb qilish maqsa-
dida barcha xonalardagi chiroqlarni yoqib qo‘yishadi. Ellining «Bu
uyga o‘t quying!»-degan xitobi qalblari majruh kishilar bilan to‘la
xonadonlarda istiqomat qiluvchi barcha insonlarga tegishlidir.
20–30-yillarda yaratilgan asarlar orasida “Avliyo Janna” (1923),
“Olma ortilgan arava” (1929), “Achchiq, lekin haqiqat” (1932) py-
esalari alohida o‘rin tutadi. B.Shou mumtoz teatr an’analarini boyit-
gan novator sifatida adabiyot tarixidan joy oldi.
Dostları ilə paylaş: