O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Xalq og‘zaki adabiyoti. Afrikada  istiqomat  qilayotgan  hamma 
xalqlarning xalq og‘zaki adabiyoti mavjud. Janrlari har xil: ertak, 
mif, qo‘shiq, topishmoq, masal (va h.k. ) lar ham nasrda, ham nazm-
da ifoda qilinadi. JAR, Gambi, Zimbaba, Beninda janrlar boy, Nubiy, 
Jibut  va  Janubiy  Sudanda  o‘ziga  xoslik  nihoyatda  kuchli.  Folklor 
asarlarini professional darajada mahorat bilan kuylovchi oqinlar bor. 
Afrika xalq og‘zaki ijodining qadimiy janri – bu hayvonlar haqida-
gi ertaklar bo‘lib, aksariyat hollarda quyon, toshbaqa va o‘rgimchak 
ayyor qahramon rolini bajaradi. Bu ertaklarning asosiy xususiyati 
shundan  iboratki,  ularda  axloqiylashtirish  yo‘q. Ammo  yaqin  asr-
larga qadar Afrika og‘zaki adabiyoti namunalari yozib olinmagan. 
Ilk yozib olish XVII-XVIII asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu paytda Afrika 
koloniyaga aylantirilayotgan edi, yozib olish ham kolonizatorlar to-
monidan amalga oshirilgan. Og‘zaki adabiyotning yirik namunalari 
qatoriga  eposlar  kiradi.  Maliga  oid  “Silamaka  va  Pullori  Fulba”, 
“Sundyata  Mandingo”,  Markaziy  Afrikaga  oid  “Mvindo  Nyanga 
haqida rivoyat”, Sudanga oid epik poetik bitiklar bor.
Yozma adabiyot. Yozma adabiyot ilk bor Afrikaning shimolida 
paydo bo‘ldi. Qadimiy yozma adabiy yodgorliklar Misrga tegishli 
bo‘lib, m.a. 3000-yillikka borib taqaladi. Bundan tashqari, adabiy 
matnlar yunon, lotin va finik tillarida yaratilgan. Keyingi yozma ad-
abiyotda arab adabiyoti ta’siri kuchli bo‘lganini qayd etish kerak. 
Ko‘plab Afrika mamlakatlarida yozma adabiyot XX asrda, ular o‘z 
mustaqilligini e’lon qilgandan so‘ng paydo bo‘ldi, deyish mumkin. 
Misr adabiyotidan tashqari yozma adabiyot Efiopiyada IV-VII asr-
lar oralig‘ida paydo bo‘lgan Aksum podshohligi davrida yaratilgan. 
Yana Mali va Madagaskarda ham qadimiy adabiy matnlar bor. Sudan 


293
“Sennar xronikasi” va “Tabakat” deb nomlangan qadimiy lug‘atlarga 
ega. XII asrda asos solingan Tombuktudagi universitet adabiyotning 
yirik markazi bo‘lgan. Shimoliy Afrikada, xususan, Mali, Chad, Su-
danda adabiyot arab-islom madaniyatining bir qismi sifatida rivo-
jlangan. Tanzani va Madagaskarda arab yozuvi qo‘llanilgan.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin