O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Ezop (Akadroz)(tax. mil.av. VI asr)



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Ezop (Akadroz)(tax. mil.av. VI asr) Masalchilikning otasi deb 
hisoblangan  yarim  afsonaviy  Ezop  –  miloddan  oldingi  VI  asrda 
yashagan. Rivoyatlarga qaraganda, aslida u frigiyalik qul bo‘lib, 
keyinchalik  ozod  qilingan.  Lidiya  shohi  Krez  saroyida  xizmatda 
bo‘lgan, Delfada yerli xalq bilan bo‘lgan janjalda qoyadan uloqtirib 
o‘ldirilgan. Antik davrda ma’lum bo‘lgan deyarli barcha masallarn-
ing syujeti Ezopniki deb hisoblangan. Ular miloddan avvalgi V-IV 
asrlardan boshlab to‘planib, yozib olingan va “Ezop masallari” ki-
tobiga kiritilgan. Milodiy X-XVasrlardagi qo‘lyozmalarda 300 dan 
ortiq shunday masal saqlanib qolgan.
Aksariyat syujetlari Shumer og‘zaki va yozma adabiyotiga borib 
taqaluvchi Yaqin Sharq masallariga yaqin turuvchi Ezopning nasriy 
masallari g‘oyaviy jihatdan tushkunlik va umidsizlik ruhida yozil-
gan, personajlari (asosan, hayvonlar) o‘ta shartli. Voqealar ixcham 
bayon qilinib, pand-nasihat bilan yakunlangan, tili sodda, jonli til-
ga yaqin. Masalchining ismi bilan yashirin ma’nosi bo‘lgan fikrlar 
ezop tili deb atala boshlagan. Ovrupa masalchiligi syujetining aso-
sini  Ezop  masallari  tashkil  etgan.  Ezopning  ta’sirini  keyingi  davr 
masalchilarining deyarli barchasida, jumladan, fransuz yozuvchisi 
Lafonten(XVII asr), nemis adibi Lessing(XVIII asr), rus masalnavisi 


56
Krilovda sezish mumkin. “Dehqon bilan o‘g‘illari”, “Bog‘bon bilan 
o‘g‘illari”, “O‘g‘ri bilan onasi”, “Yolg‘onchi cho‘pon” masallardagi 
syujet va motivlarni o‘zbek xalq ertaklari(“Birlashgan o‘zar” ertagi), 
A.  Navoiyning  “Hayrat  ul  abror”  asaridagi  “Yolg‘onchi  cho‘pon” 
hikoyatida uchratish mumkin. 
Qadimgi Yunonistonda she’riyatning oddiy turlari hisoblangan 
yamb va elegiya bilan birga VII-VI asrlarda monodik ya’ni, yakkax-
on lirika ham taraqqiy etgan. She’riyatning bu turi xalq adabiyoti va 
musiqaning ta’siri ostida paydo bo‘lgan. Kichik Osiyoning g‘arbiy 
qirg‘og‘idagi Lesbos orolida tug‘ilib o‘sgan ikki ulug‘ shoir – Alkey 
va Sapfo o‘zlari ixtiro etgan turli-tuman vaznlar bilan monodik liri-
kani yuksak san’at darajasiga ko‘targanlar.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin