91
Ovrupa o‘rta asrlar adabiyotining shakllanishida 3 ta omil muhim
rol o‘ynagan: 1) xalq ijodi; 2)
antik davr adabiyoti; 3) xristianlik.
O‘rta asrlarda Ovrupa mamlakatlarida milliy adabiyotlar shak-
llandi, bu davrda ayniqsa, ritsarlik she’riyati va romanlari,
shahar
adabiyoti rivojlandi. Xalq-qahramonlik eposlari o‘rta asrlar adabiyo-
tining noyob namunalari sanaladi. “Beovulf” dostoni ilk o‘rta asrlar-
da anglosaksonlar tomonidan yaratilgan bo‘lsa, feodal munosabat-
lari shakllangan davrda Fransiyada “Roland haqida qo‘shiq”, Ger-
maniyada “Nibeluenglar haqida qo‘shiq”, Ispaniyada “Sid haqida
qo‘shiq”lar yaratildi. Bu asarlarda davr muhiti o‘z ifodasini topgan
bo‘lib, sodir bo‘lib o‘tgan voqealar poetik shaklda, badiiylashtirilib
berilgan. Odatda, qahramonlik eposi namunalarida real voqealar ba-
diiy to‘qima bilan uyg‘unlashib ketadi.
Ovrupa va jahon adabiyotini rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shgan
adabiyotlardan biri sanaluvchi fransuz adabiyoti negizida o‘rta asr-
larda keng tarqalgan ko‘plab asosiy janrlar va yo‘nalishlar shakllandi
(milliy qahramonlik eposi, trubadurlar she’riyati, ritsarlik romanlari,
shahar adabiyoti janrlaridan – fablio, misteriya va b.).
O‘rta asrlarda qahramonlik va qahramon shaxsi haqidagi tasav-
vurlar antik davrga nisbatan birmuncha o‘zgardi. Agar qadimgi yu-
nonlar qahramonlik haqidagi tasavvurlarini ma’budlar va ularning
farzandlari bilan bog‘lagan bo‘lsalar, o‘rta
asr qahramonlik dos-
tonlarida asar qahramoni qilib, o‘z Vatani va qiroliga sodiq bo‘lgan
jasur kishi tanlanadi. Qadimgi yunon qahramoni Gerakl – Zevs-
ning o‘g‘li, Axill – ma’buda Fetidaning farzandi. “Roland haqida
qo‘shiq” dostonining qahramoni – “aziz Fransiya” va imperator
Karl uchun jasorat ko‘rsatgan mard va fidokor ritsar. Qahramonlik
haqidagi tushuncha ham o‘zgardi: endi bu shaxsning yuksak, oliy
maqsad yo‘lidagi xatti-harakatlarini badiiy ifoda qilish edi.
O‘rta asrlar qahramonlik eposi asarlarining mualliflari haqi-
dagi masala xali-hanuz bahsli-munozarali bo‘lib qolmoqda. Ular
jamoaviy-individual ijodning natijasi bo‘lib, mualliflarning nomlari
bizgacha yetib kelmagan. O‘rta asr qahramonlik dostonlarining aso-
92
sida afsonaviy-tarixiy qahramonlar va ularning faoliyati haqidagi
xalq afsonalari yotadi.
Dostları ilə paylaş: