O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Ingliz o‘rta asrlar adabiyoti. Hozirgi inglizlarning ajdodlari V 
asrda mamlakatga Ovrupa dan ko‘chib o‘tgan anglo-sakslar bo‘lib, 
qadimgi adabiy yodgorliklar Britan orollarini normannlar tomoni-
dan zabt etilishiga qadar (1066-yil) bo‘lgan muddatda yaratiladi. In-
gliz tilidagi adabiyotlar (ingliz adabiyoti degan tushunchaning o‘zi 
ham),  asosan,  anglosakslar  nasroniylik  dinini  qabul  qilganlaridan 


93
keyin paydo bo‘ldi. O‘sha paytlarda rohiblar xalq ichida yurib qah-
ramonlik doston (poema)larini yozib olganlar (ular ichida eng mash-
huri VII asrda qog‘ozga tushgan “Beovulf” asaridir). Qahramonlik 
dostonlaridan tashqari, ilk o‘rta asrlarda adabiyotning boshqa janr-
larida ham asarlar (diniy risola va traktatlar, ritsarlikning she’rlari, 
solnomalar) yaratila boshlandi.
XI-XII asrlarda Angliya hududini hozirgi fransuzlarning ajdod-
lari hisoblanmish normannlar bosib oldi. Begona til va madaniyat-
ning suqilib kirishi tufayli yuz bergan murakkab vaziyatlar oqibatida 
bu davrda ingliz adabiyoti uch tilda yaratila boshlandi: diniy adabi-
yotlar – lotin tilida, qadimiy solnomalar, rivoyatlar, qadim o‘tmish 
voqealari – ingliz tilida, she’r va dostonlar – fransuz tilida (ularning 
ko‘pchilik qismi bizgacha yetib kelgan). Angliya hududi normannlar 
istibdodidan qutilganidan so‘ng mamlakatda yagona milliy til – in-
gliz tili vujudga keldi (XIV asr).

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin