97
zaiflarga yordam berish vazifalari ham talab etila boshladi. Dabdab-
ali ritsar qoidalarini yaratishda XII-XIII asrlarda yuzaga kelgan risar
adabiyoti ma’lum rol o‘ynadi.
Ritsar adabiyoti o‘rta asrlarda feodalizmning markazi bo‘lgan
Fransiyada vujudga keladi va G‘arbiy Ovrupa ning boshqa mam-
lakatlarida shakllanayotgan ritsar adabiyoti
uchun namuna xizmatini
o‘taydi.
Avvallari saxiylik ritsarning jangovar kurashida qo‘shimcha bir
holat edi. XII asrda esa u ritsar adabiyotida ifodalangan qahramon-
ning asosiy xususiyatiga aylanadi. Ritsar faqat mard bo‘lishi bilan
kifoyalanmasdan, shu bilan birga kurtuazcha nozik didli, ko‘rkam,
sezgir va xushmuomala bo‘lishi kerak, degan talab ham qo‘yiladi.
Shuningdek, insoniy his-tuyg‘ularni qadrlash,
ayollarga nozik ilti-
fot, romantik sevgi kechinmalarini madh qilish rasm bo‘lib qoladi.
X asr boshlarida Janubiy Fransiyaning Provans viloyatida feo-
dal sin’orlari dunyoviy ritsar madaniyatining ifodasi bo‘lgan kur-
tuaz poeziyasi yuzaga keladi. Bu adabiyot saroyga xos “kurtuazcha”
nafislik, odob-tavoze, xonimlarga nisbatan xushmuomalalikni talab
qiladi. Ayollar kulti – ayollarni ulug‘lash Provans shoirlari – truba-
durlar ijodida asosiy o‘rin egallaydi.
Trubadurlar lirikasining asosiy janrlari: 1) kansona
– sevgi
qo‘shig‘i bo‘lib, unda muhabbat va diniy mavzu yoritiladi, bu janrda-
gi she’rlar nafisligi va bandlarning murakkabligi bilan ajralib turadi;
2) sirventa – asosan siyosiy xarakterdagi, qisman shaxsiy masalalar-
ga bag‘ishlangan munozara yo‘sinidagi qo‘shiqdir. Shoir unda o‘z
dushmaniga qarshi hujum qiladi; 3) tensona – sevgi, adabiy-falsafiy
mavzularda ikki shoir o‘rtasida bo‘lgan she’riy dialogdan iborat; 4)
alba
yoki tong qo‘shig‘ida ritsar o‘z do‘stining
kuzatuvi ostida tunda
sevgani bilan uchrashgani borishi kuylanadi. Tong yorisha boshlashi
bilan do‘sti “Tong” qo‘shig‘ini aytadi va ritsarni ogohlantiradi; 5)
pastorela – mavzusi jihatidan alba kabi alohida voqeani aks ettir-
gan lirik qo‘shiq bo‘lib, ko‘pincha u suhbat-dialogdan tashkil topgan
kichik pyesani eslatadi, unda ritsar bilan cho‘pon qizning uchrashuvi
98
hamda ular o‘rtasidagi munozara tasvirlanadi. Qo‘shiqning kirish
qismida ritsar qizni tabiat quchog‘ida uchratib
unga mulozamat qila
boshlaydi. Qiz ritsarning so‘zlariga ishonib, unga o‘z ixtiyorini top-
shiradi, biroq ritsar uni tashlab ketadi, yoki aksincha,
qiz ritsarga
jiddiy zarba berib, uni haydab yuboradi; 6) motam qo‘shig‘i – biron-
ta obro‘li sinor yoki yaqin kishining vafotiga shoirning qayg‘usini
bayon etgan she’rdir.
Trubadurlar lirikasi XII-XIII asrlar mobaynida rivoj topdi. Uning
eng gullagan davri XII asrning oxirlariga to‘g‘ri keladi. Shu davrda
ijod etgan yirik trubadurlardan biri Bernard de Ventadorndir(tax.
1140–1195-yy.). Shoir Bertran de Born(tax. 1140–1215-yy.) ijodida
siyosiy muammolar yoritiladi.
Ritsarlik lirikasida kuylangan sevgi, turmush quvonchlari kurtu-
az-ritsarlik romanining ham asosiy mavzusi edi.
Ritsarlik romanida
muhabbat feodal axloqi tamoyillariga bo‘ysunilgan tarzda ko‘tarinki
ruhda, fantastik bo‘yoqlarda tasvirlanadi. Shuningdek, qahramon-
larning ruhiy kechinmalari tasviriga ham alohida e’tibor beriladi.
Ritsar xonimga bo‘lgan sevgisi tufayli
jangovar sarguzashtlarga
otlanadi, lekin endi ritsar vatan manfaatini emas, balki o‘z shaxsiy
manfaatini ko‘zlab qahramonlik safarlariga chiqadi.
Kurtuaz-ritsarlik romani ham Fransiyada vujudga kelib, so‘ngra
boshqa yerlarga tarqalgan. U mavzusiga qarab 2 turkumga ajratiladi:
1) antik turkum; 2) breton turkumi. Birinchi turkumga antik man-
balar asos bo‘lib xizmat qilgan (“Aleksandr haqida roman”, “Eney
haqida roman”, “Troya haqida roman”). Ikkinchi – breton turkumiga
esa fantastika va ishqiy voqealarga boy bo‘lgan
kelt ertaklari asos
bo‘lib xizmat qilgan (“Artur” yoki “Dumaloq stol” romanlari, “Iven
yoki yo‘lbars ritsar”, “Tristan va Izolda”).
Dostları ilə paylaş: