O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

KLASSITSIZM ADABIYOTI
REJA:
1.  XVII asr – Ovrupa madaniy hayotidagi muhim davr.
2.  Fransuz adabiyoti:
a)  Kornel ijodi:
b)  Molyer ijodi.
Tayanch iboralar: Mutloq hokimiyat, klassitsizm, Uch birlik qo-
nuni; Barokko; Pyer Kornel; «Sid» tragediyasi; Molyer – komedi-
yanavis; «Tartyuf».
XVII  asr  Ovrupa  tarixidagi  murakkab,  ziddiyatli  va  shu  bilan 
birga muhim davr hisoblanadi. Bu davr “o‘tish davri” deb ham ata-
ladi.  Feodalizmdan  kapitalizmga  o‘tish  amalga  oshirilganligi  bois 
yangi burjuaziya  munosabatlari shakllandi. Bular o‘z davri uchun 
progressiv  ahamiyatga  ega  edi.  Lekin  burjuaziya  munosabatlari 
ekspluatatsiyaning yangi shakllarini olib keldi. 
Gollandiya va Angliya Ovrupa davlatlari orasida iqtisodiy rivo-
jlanish borasida oldinga chiqib oldi. Bu davlatlarda kapitalizm tez 
sur’atlar  bilan  rivojlanganligini  ko‘rsatadi.  Ispaniya  va  Portugali-
yaning avvalgi iqtisodiy qudratiga putur yetdi.
Davlatlardagi  progressiv  tarixiy  rivojlanish  hech  qanday 
to‘siqlarsiz amalga oshirildi, deb bo‘lmaydi. Feodal-katolik tartibi 
G‘arbiy Ovrupa xalqlari hayotiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bu davrda 
cherkov tomonidan ko‘rsatiladigan qarshilik kontrreformatsiya deb 
ataladi. 
XVII  asrda  Ovrupa  ilm-fani  katta  yutuqlarni  qo‘lga  kiritdi. 
Odamlar ongiga katta ta’sir ko‘rsatgan fan yutuqlaridan – Galiley, 
Kampanella va Kaplerlar tomonidan Olam tuzilishining galeotsen-
trik tizimini ishlab chiqarilishini ko‘rsatish mumkin.
XVII asrda falsafa fanida yanada oldinga siljish ko‘zga tashlana-


126
di. Bekon («Inson insonga dushman»), Spinoza, Dekart («Men fikr 
qilyapman, demak mavjudman») va boshqa faylasuflar faoliyati shu 
davrga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga cherkovning ta’siri hali kuchli edi. 
Davrining ilg‘or vakillaridan bir qanchasi inkvizatsiya qurboni 
bo‘ldilar.  1619-yil  faylasuf  Vaninini  o‘tda  yondirdilar.  1662-yili 
fransuz shoiri Klod Le Pti qatl etildi. Kampanella o‘z hayotining 33 
yilini qamoqda o‘tkazdi. 
Hayotning murakkablik va qarama-qarshilikka to‘laligi bu davr 
adabiyotining ham ziddiyatli rivojlanishiga olib keladi. XVII asrda 
Ovrupa  da  renessans  realizmi,  barokko  klassitsizm  va  shu  singari 
uch asosiy adabiy yo‘nalish baravariga rivojlandi.
Bu davrda Renessans realizmiga hos bo‘lgan hislatlar yangi, yuk-
sak darajada davom ettirildi (Lope de Vega ijodi).
Barokko o‘rta asr madaniyati tushkunligi natijasida kelib chiqqan, 
absolyutizm kuchayib borayotgan davrda feodal-katolik reaksiyasi 
ta’sirini  aks  ettirgan  adabiy  yo‘nalishidir.  Borokkochilar  realist-
lardan farqli o‘laroq, atrof-muhit bilan uyg‘unlik bo‘lishi mumkin 
emas, deb hisoblaydilar. Inson sir va jumboqlarga to‘la dunyoda ya-
shaydi, tabiatning dahshatli va shafqatsiz kuchlari oldida inson zaif 
va ayanchli jonzot, deb qaraladi.
Barokkochilarda tasvir nozik va bejirim tusga kiradi. O‘quvchini 
hayratga solish maqsadida g‘aroyib metafora, taqqoslashlarga keng 
o‘rin berilgan. Uning yorqin ifodachisi dramaturg Kalderondir. 
Barokko adabiyotida diniy g‘oyalar asosiy o‘rinni egallaydi. Mu-
taxassislar klassitsizmning paydo bo‘lishini 1515-yil – italyan yozu-
vchisi Trissinoning “Sofonisba” tragediyasi yaratilishidan boshlab 
belgilashadi. Trissino bu asarni antik tragediya namunalariga tayan-
gan holda, syujet voqealarini antik Rim tarixchisi Tit Liviy asarlari-
dan olib, Arastu “Poetika” sida qo‘yilgan talablarga rioya qilgan hol-
da yaratgan edi. Xuddi shu narsa, antik adabiyotni etalon deb bilish, 
undagi  obrazlar  va  poetik  shakllardan  foydalanib  va  antik  davrda 
ishlab chiqilgan qoidalarga amal qilgan holda ijod qilish talabi klas-


127
sitsizmning asosiy xususiyatlaridan biri sanaladi.
21

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin