2-bosqich 1-semestr 16-mavzu: Ajratilgan bo‘lakli gaplar. Tatibni o‘zgartirish va izohlash orqali gap bo‘laklarini ajratish


Ajratilgan gap bo‘laklari vazifalari



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix09.05.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#115663
1   2   3
016 16 mavzu Ajratilgan bo‘lakli gaplar Tartibini o‘zgartirish va

Ajratilgan gap bo‘laklari vazifalari

bo‘lak


ma’nosini

ta’kidlash

umumiy

ma’nosini



tushuntirish


Ajratilgan bo‘lakning bu ikki xil vazifasi uning

ajratish usuli orqali ham bilinib turadi.

• Esda saqlang. Ajratilgan bo‘laklar yuqoridagi

vazifaga muvofiq ikki xil yo‘l bilan ajratiladi:

• a) tartibni o‘zgartirish;

• b) bir nomni boshqacha nomlash.




Gap bo‘laklarini ajratish usullari

Tartibni


o‘zgartirish:

Bu o‘zbek

yigiti― 

tanti, 


mehribon

.

Bir nomni



boshqacha

nomlash:


Bog‘chadagi

do‘stimni ― 

Qodirni

ko‘rib


qoldim

.



Sifatlovchi aniqlovchi, odatda, aniqlanmishdan oldin

keladi. Ba’zan tinglovchining diqqati sifatlovchiga tortilganda, 

so‘zlovchi uning odatdagi tartibini o‘zgartirib, sifatlanmishdan

keyin keltiradi. Natijada sifatlovchi gapning boshqa

bo‘laklaridan boshqacha ohang bilan ajralib qoladi. 

Sifatlovchining ma’nosi odatdagi tartib bo‘yicha qo‘llangan

sifatlovchiga nisbatan bo‘rttiriladi, alohida ta’kidlanadi. 

Gapdagi eng ahamiyatli, yangi axborot tashuvchi qismga

aylanadi.



Juda muhimAjratilgan sifatlovchi aniqlovchilar

yozuvda boshqa bo‘laklardan doimo vergul bilan, agar 

sifatlovchi aniqlovchilarni o‘zi uyushgan bo‘lib, ichida vergul

bilan ajratilgan bo‘lsa, ajratilgan bo‘lak boshqa bo‘laklardan

tire bilan ajratiladi.

Nutq jarayonida ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan so‘zni

qo‘llasangiz, tinglovchiga tushunarli bo‘lish uchun uning

yoniga ma’lum bo‘lgan so‘zni qo‘yib bayon qilasiz. Masalan, 



Lingvistika — tilshunoslik, mening sevgan fanim boladi.


Ba’zan ma’nosi umumiyroq bo‘lgan so‘zning ma’nosini

aniqlashtirish uchun uning yoniga konkretroq, aniqroq ma’no

bildiruvchi so‘zni keltirasiz.Masalan:Litseydagi dugonamni —

Nodirani ko‘rib qoldim. Ayrim hollarda esa ma’lum bir narsani

boshqa narsaga o‘xshatib, ularning nomini yonma-yon 

ishlatamiz. Masalan: Shu farzandimni — ko‘zim qorasini —

elning ardog‘ida bo‘lishini xohlayman.



Natijada, bir tushunchaning ikkita nomi vujudga keladi. 

Ikkita nom bo‘lishi, har ikki nomning bir xil so‘roqqa javob

bo‘lishi, har ikkisining ham bir xil grammatik shaklda bo‘lishi

bilan bunday ajratilgan bo‘laklar uyushgan bo‘laklarga

o‘xshaydi.

Solishtiring: Unda, Halimning ukasida, qiziqarli kitoblar



ko‘p. Bu gapdagi unda, Halimning ukasida bo‘laklari ikki

kishini bildirsa va sanash ohangi bilan talaffuz qilinsa, 

uyushgan bo‘lak, bir kishini bildirib, ikkinchisi birinchisidan

biroz to‘xtamda

n so‘ng pastroq ohang bilan talaffuz qilinsa, 

ajratilgan bo‘lak bo‘ladi.




• Juda muhim:Bunday ajratilgan bo‘laklar gapning

boshqa bo‘laklaridan vergul, ba’zan tire bilan

ajratiladi. Gapning hamma bo‘laklari ajratilishi

mumkin. Qaysi gap bo‘lagining so‘rog‘iga javob

bo‘lsa, ajratilgan bo‘lak o‘sha gap bo‘lagining nomi

bilan yuritiladi

.




Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin