partiyaviylik nuqtai nazaridan tahlil etilar, qoralanardi, xalos. Diniy
e’tiqod esa butunlay manfiy tushunchaga aylantirilgan edi. Bir yoqlamalik,
yuzakilik adiblarimizni bir xil ovozda, bir xil ohangda kuylashga o’rgatib
qo’ygan edi. Faqat baxtni va saodatni kuylash, aslida yo’q yorqin kelajakni
ulug’lash odat tusiga aylangan edi. Inson hayotidagi turli iztiroblar,
ziddiyatlar, mag’lubiyatlar qatag’on mavzu hisoblanar, ular also
rag’batlantirilmas edi”.
3
Darhaqiqat, mustaqillik yillariga kelib, tarixga, tarixiy shaxslar obraziga
haqqoniy yondashish an’anasi yetakchilik qildi. Chunki tuzumning
o’zgarishi, jamiyat evrilishlari badiiylik mezonlarining yangilanishiga,
obrazlar tizimida jiddiy o’zgarishlar ro’y berishiga kuchli ta’sir
ko’rsatganligini ham qayd etish lozim. Ijodkorlar olam, odam haqida
avvalgidan o’zgacharoq fikrlash mumkinligini angladilar va shu yo’lda
jiddiy o’zgarishlarning mahsuli bo’lgan badiiy asarlar maydonga keldi. “
Davr va adabiyot muammosi g’oyat murakkab hodisadir. Chunki
zamonning asosiy belgisi uning tinimsiz harakatdaligi, o’zgarib turishi
bo’lsa, asl adabiyotning bosh xususiyati uning o’zi yaratilgan zamonga
qaraganda ko’proq yashashga intilishi, barqaror bo’lishga urinishidir…
Ayni vaqtda, o’tgan yillar shunday salmoqqa, shunday o’zgaruvchilik
qudratiga egadirki, xalq psixologiyasi, dunyani idrok etish, tushunish va
tushuntirish tarzida shunchalik katta o’zgarish yasadiki, avvalgi bir necha
o’n yillarda ham bunday qilib bo’lmasdi”
4
,- deb yozadi adbiyotshunos
olim Qozoqboy Yo’ldoshev.
Insoniyat tarixida uzoq davrlar mobaynida yaratilgan badiiy asarlar
hech qachon hamma uchun birday tushunarli bo’lmaydi. Shu jihatdan
3
Oripov A. Adabiyot va zamon. Mustaqillik davri adabiyoti. Adabiy-tanqidiy maqolalar, badialar. –
Toshkent, G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matba uyi, 2006. 5-bet.
4
Yo’ldoshev Q. Yoniq so’z. Adabiy o’ylar. – Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2006. 15-bet.
5
keying yillar badiiy adabiyotida sujet jihatidan murakkab aterga ega
bo’lgan asarlar maydonga kelmoqda. Istiqlol davri adabiyoti inson
ruhiyatidagi o’zgarishlarni, qarama – qarhiliklarni, botiniy olamidagi
ziddiyatlarni aks ettirish bilan bir qatorda, inoson tafakkuridagi
evrilishlarni, ijtimoiy hayotdagi ziddiyatlarni haqqoniy aks ettirish
an’anasini yuzaga chiqardi. Istiqlol davri badiiy – estetik tafakkuridagi
bunday o’zgarishlar olam va
odamga teranroq nazar solish va globallashuv
jarayonida kechayotgan o’zgarishlarni badiiy talqin etar ekan, estetik
ideallarning, yoki jahon adabiyotidagi yetakchi tamoyillarni badiiyat
tarkibiga kirib kelishi bilan ham uzviy bog’liqdir.
Shuning uchun adabiyotshunos N. Rahimjonov istiqlol davri
adabiyotining akterli jihatlarini quyidagicha izohlagan edi: “Istiqlol
adabiyotining muhim fazilatlarini, o’ziga xos xususiyatlarini belgilab
beruvchi bir qator yetakchi tendensiyalar ko’zga tashlanadur. Chunonchi,
millatning o’z o’zini anglashida, o’zlikni qadrlashi va ulug’lashida, milliy
iftixor tuyg’ularining shakllanishida badiiy tafakkur madaniyatining sifat
o’zgarishlari namoyon bo’layotir. Yana bir yetakchi tamoyil – bu
adiblarimiz xoh tarixiy voqelikka, xoh diniy g’oyalarga, xoh bugungi
kunga murojaat etishadimi, mohiyat ham millat birligini ta’minlashga
qaratilgan ijtimoiy – falsafiy konsepsiyasi bilan ajralib turadi”.
5
Yuqorida qayd qilingan fikrlarga tayangan holda bugungi badiiy
adabiyot tarkibida an’anaviylik va noan’anaviylik xususiyatlari ham
yetakchilik qilmoqda. Shu jihatdan qaraganda, ijodkorning erkin fikrlashi,
hayot haqiqatiga monand bo’lgan voqealar tasviri bilan birgalikda shaxs
akteridagi turfa xil o’zgarishlarni talqin etish jarayonida, haq so’zni aytish
an’anasi kuchaydi. Shu bilan bir qatorda ijodkorning falsafiy tafakkuri
hayotiy mushohadasi turfa xil obrazlar, ramzlar asosida yuzaga
chiqmoqda. Istiqlol davri adabiy jarayondagi bunday o’zgarishlarga
bog’liq holda adabiy tanqidiy qarashlar, mulohazalar zamirida ham xuddi
shunday holatlarni kuzatamiz.
Darhaqiqat, istiqlol davri adabiy jarayoni va tanqidchilik
taraqqiyotidagi o’zgarishlar bugungi kunda so’z san’atkorlarining badiiy
obraz yaratish jarayonidagi o’ziga xos uslubiy o’zgarishlarni va
tanqidchilik taraqqiyotidagi turfa xil qarashlarning yuzaga chiqishiga ham
asos bo’lmoqda.
5
Rahimjonov N. Istiqlol va bugungi adabiyot (Adabiy – estetik, tanqidiy tafakkur tamoyillari ). –T.,
“O’qituvchi”, 2012. 11-bet.
|