1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
AZMIDDIN NOSIROV
ISTIQLOL DAVRI ADABIY JARAYONI
VA TANQIDCHILIK
USLUBIY QO’LLANMA
SamDU o’quv-uslubiy kengashining
2015-yil 8-fevraldagi 3-raqamli
qaror bilan nashrga tavsiya etilgan.
SAMARQAND – 2014
2
УДК: 891. 709
ББК: 83. 3Уз
183.
Azimidin Nasirov. Istiqlol davri adabiy jarayoni va tanqidchilik.
Uslubiy qo’llanma. –Samarqand, SamDU nashri, 2014 yil. –106 bet.
Istiqlol davri adabiyotining asosiy xususiyatlari, o’ziga xos
tamoyillari haqida so’z yuritilgan. Mustaqillik yillariga kelib, tarixga,
tarixiy shaxslar obraziga haqqoniy yondashish an’anasi yetakchilik
qlmoqda. Bu davr adabiyoti insonning botiniy olamini badiiy talqin etar
ekan, turfa xil ramzlar, majoziy talqinlar an’anasini ham yuksak darajaga
ko’tardi. She’riyatda esa turfa xil ohanglar, uslubiy izlanishlarni
kuzatishimiz
mumkin.
Uslubiy qo’llanmada mustaqillik davri
adabiyotining turfa xil ohanglarda rivojlanib borayotganligi haqida so’z
yuritilgan.
Mas’ul muharrir: prof. H. Umurov
Taqrizchilar:
fil.fan.dok. A. Soliyev,
fil.fan.dok. Sh. Hasanov
© Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti 2014
3
KIRISH
Xalqimizning azaliy orzusi bo’lgan Mustaqillik juda ko’p jabhalarda
bo’lganidek, ma’naviyat sohasida ham katta o’zgarishlarni vujudga
keltirdi. Millatimiz hayotida mavjud bo’lgan ma’naviy-axloqiy
muammolarga har qachongidan ko’ra ham diqqat-e’tibor kuchaydi. Istiqlol
mafkurasi xalq va jamiyat hayotiga chuqur singib borayotganligining
o’ziyoq bu fikrni isbotlaydi. Yurtboshimiz alohida ta’kidlaganidek:
«Barchamizga ayon bo’lishi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik
hukm sursa, eng dolzarb masalalar o’zboshimchalikka tashlab qo’yilsa,
o’sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha,
qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron
bo’lsa, o’sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi»
1
. Qayd
qilinganidek, ma’naviyatsiz inson tafakkurini, jamiyat taraqqiyotini
tasavvur etish mumkin emasligi ayon bo’lmoqda.
O’zligini chuqur anglab etgan jamiyatning turmush tarzida
ma’naviyat markaziy o’rinni ishg’ol etishi muqarrardir. Buni xususiyatini
yaqin tarix, balki ko’hna tarix ham isbotlab turibdi. Shu asnoda
Yurtboshimiz Islom Karimov alohida ta’kidlaganidek, «Biron bir jamiyat
ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy
qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini
tasavvur eta olmaydi»
2
.
Bugungi kunda globallashuv jarayonida ma’naviy qadriyatlarning
hayotiy zarurati oshib bormoqda. Mamlakatimiz milliy mustaqilligini
qo’lga kiritgandan keyin, barcha sohalarda bo’lgani kabi, badiiy adabiyot
va adabiyotshunoslikda ham jiddiy evrilishlar, o’zgarishlar yuzaga keldi.
Adabiyot sobiq ittifoq davrida mafkura ta’sirida qolib ketganligi sababli
jahon ma’naviyati va estetik madaniyati ta’sirida rivojlanmay, faqat bir
tomondangina tahlil qilinar, o’rganilganligi bugungi kunda ma’lum
bo’lmoqda. Shuningdek, mustaqillik davri adabiyoti buyuk an’analarni
davom ettirgan holda, Qodiriy, Cho’lpon kabi millat va ma’naviyat
gultojulari
ijodida shakllangan milliy an’analar yana o’z qiyofasiga ega
bo’lganligini alohida qayd etmoq zarur. Adabiy tanqidchilik sof estetik
nazariy ilmlar bilan badiiyat nuqtai nazarida tahlillarni yuzaga
chiqarmoqda. Bu jarayonga bugungi kunda jahon adabiyotining nodir
durdonalari ham o’z ta’sirini ko’rsatganligini ham qayd etmoq zarur.
1
Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: «Маънавият», 2008. 116-бет.
2
Каримов И. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари
ва тараққиёт кафолатлари. –Т.: «Ўзбекистон», 1997. 37-бет.
4
Dunyo xalqlari adabiyotiga nazar tashlar ekanmiz, inson akteridagi
va jamiyatdagi o’zgarish hamda evrilishlarni asrlar davomida badiiy talqin
etganligini kuzatamiz. Shu ma’noda istiqlolga erishish jarayoni ham
murakkab kechganligi natijasida, yillar davomida erk va ozodlikni
ijodkorlarimiz tarannum etganligi ham bejiz emas. Mustaqillik yillariga
kelib, esa adabiyotimiz turfa xil shakl va ohanglarda o’z aksini topmoqda.
Keying yillar adabiyotida chinakam ijod qilish, haq so’zni, haqiqatni
aytish erkinligi keng qamrovda rivojlandi. Shuning uchun O’zbekiston
Qahramoni Abdulla Oripov “Adabiyot va zamon” maqolasida quyidagi
fikrlarni ilgari suradi: “Sho’rolar davrida milliy qadriyatlarimiz, moziydagi
qahramonlarimiz qariyb qalamga olinmas, olinganda ham ular sinfiylik va
Dostları ilə paylaş: |