Mavzu: Asab-ruh tizimi kasalliklari
REJA:
1) Nevrozlar, kelib chiqish sabablari, klinik manzarasi, birinchi tibbiy
yordam
ko’rsatish, oldini olish choralari.
2) Epileptik tutqanoq etiologiyasi, klinik belgilari,birinchi tibbiy yordam
ko’rsatish.
3) Insult, kelib chiqish sabablari, klinikasi, birinchi yordam ko’rsatish,
profilaktikasi.
Nevrozlar
Nevrozlar uzoq davom etadigan ruhiy kechinmalar
natijasida oliy nerv
faoliyatining buzilishi bilan xarakterlanadigan nerv-psixik
kasalliklar hisoblanadi.
Bu kasalliklar nerv tizimi zaif kishilarda osonroq kelib chiqadi. Simptomatik
kasalliklar, haddan tashqari charchash, uyqusizlik, spirtli ichimliklar va giyoxvand
moddalarni is'temol qilish jinsiy zaiflikni osonlashtiradi.NevrozIarni quyidagi
klinik formalari farq qilinadi.
1. Nevrosteniya
2. Isteriya.
3. Psixosteniya.
Nevrosteniya-yunoncha "newron" -nerv, "asteheria" darmonsizlik degan ma'noni
anglatadi.Nevrosteniyaga asosan uyqu va ovqatlanish rejimining buzilishi,
surunkali zaxarlanishlar (ichimlik, giyoxvandlik) ko'rinishidagi organizmni
zaiflashtirib qo’yadigan omillarning borligi, ustiga odamning haddan tashqari ko'p
charchashi, ko’ngilni og'ritadigan his-tuyg'ularni boshdan kechirish sabab bo'ladi.
Kasallikning bu turida bemor salbiy taasurotlarga osongina beriluvchan bo'ladi.
Klinik manzarasi. Nevrosteniyaning asosiy belgilaridan biri jonga
tegadigan
darmonsizlikdir. Bu nerv sistemasining ortiqcha qo’zg'aluvchanligi va
tezda
holdan toyib qolishi bilan ifodalanadi. Bemorlar arzimagan gap yoki boshqa tashqi
taasurotlardan g'azablanib, baqirish, sikinish bilan javob beradi-yu, lekin darrov
tinchlanib qoladi. Bilib o’tgan voqealardan afsuslanib kechirim
so’raydi, ba'zan
yig'lashga tushadi. Kayfiyati buziladi, tushkunlikka tushadi, atrofdagilarga
qiziqishi yo’qoladi. Odam tez charchab qolishi tufayli mehnat qilish qobiliyati
pasayadi. Bemorlar xotirasi yomonligidan nolishadi.
Uyqusi yuzaki bo'lib qoladi,
turli vahimuh. Qo’rqinchli
tushlar ko’ra boshlaydi.
Uyqudan lanj bo'lib turadi. Boshini bir "xalta" уuk qisib turhandek
bo'lib
seziladigan bosh og’rig’i
yurak sohasini sanchib turishi, og’rishi, quloq
shang’illashi, bosh aylanishi ko'z oldining qorong’ilashishidan nolishadi. Ularda
fikrlash,
o’zlashtirish, eslash qobiliyatlar susayadi.
Dostları ilə paylaş: