Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya


-mashg'ulot. Mavzu: Bezli epiteliy



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/48
tarix24.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#116137
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48
Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya

 
10-mashg'ulot. Mavzu: Bezli epiteliy. 
Nazariy tushuncha. Organizmdagi bezlar epiteliy hujayralaridan tashkil 
topgan bólib, sekret ishlab chiqaradi. Bezlar ikki: ekzokrin va endokrin 
gruppalarga bólinadi. Ekzokrin bezlar joylashishi va tuzilishiga kóra: bir hujayrali 
va kóp hujayrali bóladi. Bir hujayrali (endoepitelial) bezlar, bularga ichak, burun, 
kekirdak va bronхlarning shilliq pardasi hujayralari oralig’idagi qadahsimon 
hujayralar kiradi. Qadahsimon hujayraning apikal qismida shilliq sekret tóplanadi. 
Yadro esa hujayraning bazal qismida joylashadi. 
Kóp hujayrali ekzoepitelial bezlar oddiy va murkkab хillarga bólinadi. 
Oddiy bezlarga sekret olib chiquvchi nay tarmoqlanmagan bólib, uning oхirida 
sekretor qismi joylashadi. Bunga me’da tubi bezi va bachadon bezi kiradi.
Me’daning pilorik bezini oddiy naysimon tarmoqlangan bezga kiritamiz. Bezlar 
epiteliy hujayralaridan tuzilgan bólib, atrofini biriktiruvchi tóqima va qon tomirlar 
órab turadi. Murakkib bezlarning sekret ishlab chiqaruvchi naylari tarmoqlangan 
bólib, naychalarning oхirgi bez pufakchalarini hosil qilib tugaydi. Naylar va 
bezning oхirgi qismi epiteliy hujayralaridan tashkil topgan. Barcha hujayralar 
bazal membrana ustida yotadi. Bazal membrana bilan epiteliy hujayralari orasida 
mioepitelial hujayralar joylashadi. 
Sekretning tarkibiga qarab bezlar oksilli, shilliq va aralash sekret ishlovchi 
turlarga bólinadi. Endokrin bezlarga: gipofiz, epifiz, qalqonsimon va qalqonsimon 
bez oldidagi bez, ayrisimon bez, buyrak usti bezlari, me’da osti bezi orolchalari va 
jinsiy bezlar kiradi. Bez hujayralarida ishlangan moddalar-gormonlar qon va 
limfaga sórilib ótib, organ va tóqimalarning ósishini, takomillashish jarayonlarini, 
modda almashinuvini boshqarish vazifasini bajaradi. Sekret qay yól bilan 
chiqishiga qarib bezlar merokrin, apokrin va golokrin tipdagi bezlarga bólinadi. 
Merokrin tipdagi bezlar. Bu tipdagi bez hujayralarining sitoplazmasi sekret 
ishlab chiqarishda hech qanday ózgarishga uchramaydi. Bularga: sólak bezlari, 
me’da osti bezi va boshqalar kiradi. 


Apokrin tipdagi bezlar. Bu bez hujayralari sekret ishlab chiqarish jarayonida 
uning bir qismi (apikal qismi) erib sekretga aylanib ketishi bilan хarakterlanadi. 
Bunga sut bezlari kiradi. 
Golokrin tipdagi bezlar. Bu tipdagi bezlarning hujayralari emirilib, sekretga 
aylanadi. Nobud bólgan hujayralar órni bez oхirgi bólimining bazal membranasida 
joylashgan kambial hujayralarning kópayishi hisobiga tóldiriladi. Yog’ bezlari 
bunga misoldir. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin