O’zbekistonning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarida joylashgan ob’ektlar
uchun quyosh energiyasidan foydalangan holda elektr ta’minotining energetik nuqtai
nazardan samarali, ekologik xavfsiz kompleksini tadbiq qilish maqsadida, "EKO-
ENERGIYA" llmiy-tadbiqiy markaz (ITM) tomonidan BMTning Taraqqiyot Dasturi
Loyihasi bilan hamkorlikda quvvati 300 Vt bo’lgan quyosh fotoelektr stansiyasi -
Jizzax viloyatidagi "Zomin" Monitoring Markazida, 500 va 100 Vt.lik quyosh
fotoelektr stansiyalari - Buxoro viloyatidagi "Jayron" Ekomarkazida, hisobot
davrida, Xisor qo’riqxonasi ob’ektlari xususiyatlarini hisobga olgan holda,
elektrotexnik va issiqlik-texnik hisob-kitob ishlari bajarildi, quvvati 50 Vt bo’lgan 1
dona quyosh fotoelektr stansiyasi tayorlandi, quvvati 100 Vt bo’lgan fotoelektr
stansiyasi va hajmi 140 I bo’lgan quyosh kollektori o’rnatildi. Andijon viloyatida
qiymati 13,5 mln. so’mlik, hajmi 10 m 3 bo’lgan alohida biogaz qurilmasining
tajriba-ko’rgazmaviy namunasini ishlab chiqildi, tayorlandi hamda montaj va ishga
tushirish-sozlash ishlari amalga oshirildi. Ushbu qurilma sutkasiga 25 - 30 m 3 gaz
va 1 tn bioo’g’it olish imkonini beradi. Kichik suv havza(irmoq)larida ishlaydigan,
300 Vt quvvatni akkumulyasiyalaydigan mikrogidroelektrostansiyaning loyihasi
ishlab chiqildi va u Xisor qoriqxonasining "Tamshish" inspeksiyasi kordoniga
o’rnatilib, ishga tushirildi. "O’zbekiston Respublikasining qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanish bo’yicha Milliy Dasturi" loyihasi ishlab chiqildi va
kelishish uchun aloqador vazirlik, idora va tashkilotlarga yo’llandi. Ularning
xulosalari olindi. hozirgi vaqtda Dasturning maqsadlari va kutilayotgan natijalari,
bajarish muddatlari va moliyalash manbalari ko’rsatilgan holda aniq tadbirlarini
shakllantirish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. "Eko-Energiya" ilmiy-tadbiqiy
markazi CARnet tarmogi va BMTning Evropa va MDH bo’yicha Vakolatxonasi
bilan birgalikda (BMTning Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va
O’zbekistondagi ofislari ishtirokida) "Eng yaxshi amaliyot" mavzuida o’tkazilgan
tanlovda muvaffaqiyatli qatnashib, 1- va 2-orinlarni egalladi, shuningdek
"Energiyaning qaytalanuvchan manbalari" nominasiyasida g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Geologiya va mineral resurslar davlat qo’mitasi
bilan birgalikda Mayluu-Suu shahri hududidagi ko’chki-sel jarayonlari holati
to’g’risida ma’lumot tayorlanib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
yo’llandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Andijon viloyat tabiatni muhofaza qilish
qo’mitasi xizmatlari va Qirg’iziston Respublikasining tegishli xizmatlari orqali
Mayluu-Suu shahri hududidagi ko’chki-sel jarayonlari holati haqidagi kundalik
ma’lumotlarni toplash ishlari amalga oshirilmoqda. Eksergiya – qaysidir jarayonga
qo’llangan energiyaning foydali qismi; umumiy holda – termodinamik tizimning
ma’lum holatdan atrof muhit bilan tenglik holatiga o’tish paytidagi maksimal ishidir
Saidjon Maxsumov
“Ma’rifat” gazetasidan olindi.
Dostları ilə paylaş: