Mavzu: Bog'imoyoqlilar (arthropoda) tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi. Kirish



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix05.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#116644
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog\'imoyoqlilar (arthropoda) tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi(16)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O. Mavlonov, SH. Xurramov, X Eshova. ―Umurtqasizlar zoologiyasi Toshkent-2006 y.
O. Mavlonov, SH. Xurramov, Z. Norboev―Umurtqasizlar zoologiyasi Toshkent-2002 y. 


25 
2.2. Bog'imoyoqlilar filogeniyasi va ekologiyasi. 
Ko‘pchilik qisqichbaqasimonlarning tutish oyoqlarining qisqichi bor. Krablar 
va zohid qisqichbaqalarning faqat birinchi juft oyoqlari; krevetkalarning oldingi ikki 
juft oyoqlari, daryo qiskichbaqalari, omarlar va ayrim krevetkalarning oldingi uch 
juft oyoqlarida qisqichlar rivojlangan. Odatda oldingi ko‘krak oyoqlarining 
qisqichlari boshqalariga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. Langustlar va boshqa ayrim 
o‘noyoqlilarda qisqichlar bo‘lmaydi. Qisqichlar ko‘pincha asimmetrik, ya′ni
ulardan biri ikkinchisidan yirikroq bo‘ladi. Omarlarning yirik qisqichi dengiz 
kirpilarining qattiq po‘sti va mollyuskalar chig‘anog‘ini maydalash, kichik qisqichi 
esa krevetka va baliqlar tanasini bo‘laklash uchun xizmat qiladi. Tropik dengizlarda 
tarqalgan chorlovchi krablarning o‘ng qisqichi chap qisqichiga nisbatan juda yirik 
bo‘ladi. Ayrim o‘noyoqlilarning keyingi ko‘krak oyoqlari ham o‘zgargan bo‘lishi 
mumkin. Masalan, zohid qisqichbaqalarda bu oyoqlar qisqargan bo‘lib, qisqichbaqa 
tanasini chig‘anoq ichida ushlab turish uchun xizmat qiladi. O‘noyoqlilarning 
jabralari oyoqjag‘lar va yurish oyoqlarining asosiy bo‘g‘imi bilan bog‘langan yoki 
ko‘krak oyoqlarining tanaga birikkan joyida joylashgan. 
Karapaks jabralarni ikki yon tomondan yopib olishi tufayli jabra bo‘ shlig‘i 
paydo bo‘ ladi. Suv jabra bo‘ shlig‘iga qisqichlar asosida yoki yurish oyoqlarining 
asosiy bo‘g‘imlari o‘rtasida joylashgan teshiklar orqali kirib, karapaksning oldingi 
tomonidan chiqib ketadi. Quruqlikda hayot kechiradigan qisqichbaqalar (masalan, 
palma o‘g‘risi Birgus latra)ning jabra bo‘shlig‘i o‘pka vazifasini bajaradi. Bu 
bo‘shliqning ichki devori juda ko‘p mayda qon tomirlari bilan ta‘minlangan bo‘lib, 
shu joyda gaz almashinuvi sodir bo‘ladi. Lekin jabralar qisman saqlanib qolganligi 
tufayli ular suvda ham bemalol nafas oladi.
O‘noyoqlilar qorin bo‘limi har xil tuzilgan. Krevetkalar qorni yondan siqilgan 
bo‘lib, suzgich oyoqlar - pleopodlar bilan ta‘minlangan. O‘rmalovchi omarlar, daryo 
qisqichbaqalari va langustlarning qorin qismi uzun, lekin orqa-qorin yo‘nalishida 
yassilashgan bo‘lib, harakatlanishda faol ishtirok etmaydi. Ko‘pchilik zohid 
qisqichbaqalarning qorin qoplag‘ichi juda yumshoq, chig‘anoqqa mos ravishda 
spiral buralgan, qorinoyoqlarining bir qismi yo‘qolib ketgan bo‘ladi. Ularga yaqin 


26 
turadigan Kamchatka krabi va palma o‘g‘risining qorin qismi ancha kalta bo‘lib, 
tanasi ostida taxlanib turadi. Haqiqiy krablarning qorin qismi juda kichraygan bo‘lib, 
bo‘g‘imlar soni qisqargan; qorin oyoqlari yaxshi rivojlanmagan; dum suzgichi 
umuman bo‘lmaydi. Qorin oyoqlar jinsiy funktsiyani bajaradi. Erkak 
qisqichbaqalarning birinchi va ikkinchi juft qorin oyoqlari kuyikish organiga 
aylangan. Urg‘ochida qorinoyoqlar tuxumini yopishtirib olib yuradi.
O‘noyoqlilarning rangi xilma-xil bo‘ladi. Suv tubida yashaydigan turlari 
kulrang yoki ko‘kimtir, suv o‘tlari orasida uchraydigan turlari yashil himoya rangiga 
bo‘ladi. Qisqichbaqalar tanasi rangi qoplag‘ichdagi karotinoid pigment - 
aktoksantinga bog‘liq. Toza holda qizil bo‘ ladi. Pigment organizmda oqsillar bilan 
birikib, ko‘kish yoki kulrang tusga kiradi. Yuqori haroratda birikma tez yemiriladi. 
Shu sababdan pishirilgan qisqichbaqa qizaradi.
Qisqichbaqasimonlarning bir qancha turlarida in qurish instinkti yaxshi 
rivojlangan. Bu instinkt ayniqsa, quruqlikda yashovchi turlarda murakkab bo‘ladi. 
Daryo qisqichbaqalari suv havzalarining sohilga yaqin pana joylarida loyni kavlab 
oddiy in quradi. Chorlovchi krablarning inlari esa birmuncha murakkab bo‘ ladi. 
Zohid qisqichbaqalar qorinoyoqli molluskalarning bo‘sh qolgan chig‘anog‘ini 
egallab oladi. O‘noyoqli qisqichbaqalar boshqa hayvonlardan o‘z tanasini niqoblash 
maqsadida va dushmanlarga qarshi qurol sifatida foydalanadi. Uyatchan krablar 
(Dorippidae oilasi) o‘z tanasini ikki pallali mollyuskalar chig‘anog‘i bilan yopib 
oladi. Majidae va Dromiidae oilasiga mansub krablar yelkasiga g‘ovaktanlilar, 
gidroidlar yoki mshankalar koloniyasini o‘tqazib oladi. Zohid qisqichbaqalar
dushmandan saqdanish uchun aktiniyalarning kuydiruvchi paypaslagichlaridan 
foydalanadi. Ko‘pchilik zohid qisqichbaqalar va aktiniyalar birgalikda yoki har 
qaysisi alohida hayot kechira olishi mumkin. Ayrim qisqichbaqalar va aktiniyalar, 
masalan, zohid qisqichbaqa- Pagurus bernhardus va aktiniya Sagartia parasitica 
faqat birgalikda hayot kechiradi. Aktiniya qisqichbaqani dushmandan himoya qilish 
bilan birga o‘zi ham qisqichbaqaning ozig‘iga sherik bo‘ladi. Ikki organizmning 
bunday o‘zaro hamkorlikda hayot kechirishi simbioz deb ataladi. Ko‘pchilik dengiz 
o‘noyoqlilarining tuxumidan voyaga yetgan davriga o‘xshamaydigan lichinka 


27 
chiqadi. Lichinka nauplius, metanauplius, zoyea, mizid davrlarini o‘tgandan so‘ng 
voyaga yetadi. Sodda tuzilgan nauplius va metanauplius tuban o‘ noyoqlilar 
(krevetkalar) uchun xos. Ko‘pincha qisqichbaqalar tuxumidan ancha murakkab 
tuzilgan zoyea lichinkasi rivojlanib chiqadi. Uzun dumli qisqichbaqalar 
(omarlar)ning zoyea lichinkasi rivojlanib, mizid stadiyasiga o‘tadi. Ko‘pchilik 
chuchuk suvda, sovuq dengizlarda va suvning chuqur qismida hayot kechiradigan 
o‘noyoqlilarning tuxumlari yirik va sariqlikka boy bo‘ladi. Shuning uchun barcha 
lichinkalik stadiyalari tuxum ichida o‘tadi. Tuxumdan voyaga yetgan davriga 
o‘xshaydigan, lekin juda kichik qisqichbaqalar chiqali. Ular urg‘ochisining 
qorinoyoqlariga yopishib oladi. Qisqichbaqalar bir necha yildan (krevetkalar) 20-30 
yilgacha (daryo qisqichbaqasi, krablar), omarlar 50 yilgacha yashaydi. 
O‘noyoqlilarga 8500 dan ortiq tur kiradi. Ularning asosiy ko‘pchiligi dengiz va 
okeanlarda tarqalgan. Ayniqsa, tropik dengizlarning uncha chuqur bo‘lmagan sohil 
boyida qisqichbaqalar ko‘p uchraydi. Chuchuk suv havzalarida daryo 
qisqichbaqalari, krablar va krevetkalarning bir necha turi tarqalgan. Tropik 
krablarning ayrim turlari, masalan arvoh krab Ocupode rotundate, zohid 
qisqichbaqalar (Soyepospa),qaroqchi krab yoki palma o‘g‘risi (Birgus latro) 
quruqlikda yashashga moslashgan. O‘noyoqlilar 3 ta kenja turkumni tashkil etadi.
Uzun qorinlilar (Natantia) kenja turkumi eng tuban tuzilgan o‘ noyoqlilarga 
kiradi. Ularning yaxshi rivojlangan va uzun qorin bo‘limidagi oyoqlari suzish uchun 
xizmat qiladi. Kenja turkumga vakil sifatida har xil krevetkalar (Pandalus, Crangon 
va boshqalar)ni ko‘rsatish mumkin. Ayrim krevetkalar chuchuk suvlarda yashaydi. 
O‘rta Yer dengizi havzasi, Kavkaz, Qrim, O‘rta Osiyo hududi chuchuk suvlarida 
Potamon potamios krevetkasi keng tarqalgan.
Chala qorinlilar (Reptantia) kenja turkumi ko‘p sonli xilma-xil tuzilgan turlarni 
o‘z ichiga oladi. Chala qorinlilarning qorinoyoqlari birmuncha kuchsiz rivojlangan 
bo‘ lib, suzishda ishtirok etmaydi. Bu kenja turkum bir necha alohida bo‘limlarga 
ajratiladi. Langustlar (Polinura) ancha yirik, qorin bo‘limi yaxshi rivojlangan, lekin 
qisqichlari bo‘ lmaydi. Daryo qisqichbaqalari (Astacura) bo‘ limiga mansub 


28 
o‘noyoqlilar ham langustlarga o‘xshash, qisqichlari yaxshi rivojlangan. Bu bo‘limga 
omarlar (Homarus) va daryo qisqichbaqalarining bir necha oilalari kiradi. 
Chuchuk suv havzalarida daryo qisqichbaqalaridan keng barmoqli Astacus 
astacus va ingichka barmoqli Astacus leptodactylus keng tarqalgan. Birinchi tur 
Boltiq dengizi havzasi daryolarida, ikkinchi tur Qora, Azov, Kaspiy, Orol dengizlari 
havzalari hamda G‘arbiy Sibirning daryo va ko‘llarida tarqalgan.
Chala dumlilar (Anomura) kenja turkumiga o‘z tanasini qorin oyoqli 
mollyuskalar chanog‘iga solib olib yuradigan zohid qisqichbaqalar kiradi. Ulardan 
ayrim turlari, masalan, zohid qisqichbaqa, arvoh krab va qaroqchi krab quruqlikda 
yashashga moslashgan. Qaroqchi krab Tinch va Hind okeanlaridagi ayrim orollarda 
tuproqdagi uncha chuqur bo‘lmagan inlarda hayot kechiradi. Kechasi inidan chiqib, 
mevalar bilan oziqdanadi. Urg‘ochi qisqichbaqalar ko‘payishdan oldin dengizga 
tushadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar bir necha oy planktonda yashaydi. So‘ngra 
dengiz tubiga cho‘ kib, mollyuskalarning bo‘shagan chig‘anog‘i ichiga kirib oladi. 
Faqat quruqlikka chiqqandan so‘ng chig‘anog‘ini tashlab, voyaga yetgan qaroqchi 
qisqichbaqaga aylanadi. Kamchatka krabi (Paralithodes camtschatica) ham tashqi 
tomondan krablarga o‘xshasada, chala dumlilar bo‘limiga kiradi. U hech qachon 
mollyuskalar chig‘anog‘idan foydalanmaydi, qorin qismi asimmetrik tuzilgan.
Kaltadumlilar, ya’ni krablar (Brachyura) bo’limi turlarining qorni juda kichik, 
ko‘kragi ostiga, moylovlari kalta, boshko‘krak qalqoni keng bo‘ladi. Asosan 
dengizda hayot kechiradi. Uzoq Sharq dengizlarida tarqalgan yapon krabi tanasi 
uzunligi 3 m ga yetadi. Ular orasida ayrim turlari chuchuk suvlarda yashaydi.
O‘noyoqlilar oziq-ovqat sifatida muhim amaliy ahamiyatga ega. Daryo 
qisqichbaqalari, omarlar, langustlar, krevetkalar va krablar ovlanadi. Dunyo boyicha 
har yili 1 mln tonnaga yaqin qisqichbaqalar ovlanadi. Faqat ovlanadigan krevetkalar 
miqdori bir yilda 700 ming tonnani tashkil etadi. Ayrim mamlakatlarda krevetkalar 
sun‘iy boqib ko‘paytiriladi. Kamchatka krabini ovlash ayniqsa yaxshi yo‘lga 
qoyilgan. Bu krab shimoliy dengizlar, xususan Barents dengiziga aklimatizatsiya 
qilingan. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin