28
o‘noyoqlilar ham langustlarga o‘xshash, qisqichlari yaxshi rivojlangan. Bu bo‘limga
omarlar (Homarus) va daryo qisqichbaqalarining bir necha oilalari kiradi.
Chuchuk suv havzalarida daryo qisqichbaqalaridan keng barmoqli Astacus
astacus va ingichka barmoqli Astacus leptodactylus keng tarqalgan. Birinchi tur
Boltiq dengizi havzasi daryolarida, ikkinchi tur Qora, Azov, Kaspiy, Orol dengizlari
havzalari hamda G‘arbiy Sibirning daryo va ko‘llarida tarqalgan.
Chala dumlilar (Anomura) kenja turkumiga o‘z tanasini qorin oyoqli
mollyuskalar chanog‘iga solib olib yuradigan zohid qisqichbaqalar kiradi. Ulardan
ayrim turlari, masalan, zohid qisqichbaqa, arvoh krab va qaroqchi krab quruqlikda
yashashga moslashgan. Qaroqchi krab Tinch va Hind okeanlaridagi ayrim orollarda
tuproqdagi uncha chuqur bo‘lmagan inlarda hayot kechiradi. Kechasi inidan chiqib,
mevalar bilan oziqdanadi. Urg‘ochi qisqichbaqalar ko‘payishdan oldin dengizga
tushadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar bir necha oy planktonda yashaydi. So‘ngra
dengiz tubiga cho‘ kib, mollyuskalarning bo‘shagan chig‘anog‘i ichiga kirib oladi.
Faqat quruqlikka chiqqandan so‘ng chig‘anog‘ini tashlab, voyaga yetgan qaroqchi
qisqichbaqaga aylanadi. Kamchatka krabi (Paralithodes camtschatica) ham tashqi
tomondan krablarga o‘xshasada, chala dumlilar bo‘limiga kiradi. U hech qachon
mollyuskalar chig‘anog‘idan foydalanmaydi, qorin qismi asimmetrik tuzilgan.
Kaltadumlilar, ya’ni krablar (Brachyura) bo’limi turlarining qorni juda kichik,
ko‘kragi ostiga, moylovlari kalta, boshko‘krak qalqoni keng bo‘ladi. Asosan
dengizda hayot kechiradi. Uzoq Sharq dengizlarida tarqalgan yapon krabi tanasi
uzunligi 3 m ga yetadi. Ular orasida ayrim turlari chuchuk suvlarda yashaydi.
O‘noyoqlilar oziq-ovqat sifatida muhim amaliy ahamiyatga ega. Daryo
qisqichbaqalari, omarlar, langustlar, krevetkalar va krablar ovlanadi. Dunyo boyicha
har yili 1 mln tonnaga yaqin qisqichbaqalar ovlanadi. Faqat ovlanadigan krevetkalar
miqdori bir yilda 700 ming tonnani tashkil etadi. Ayrim mamlakatlarda krevetkalar
sun‘iy boqib ko‘paytiriladi. Kamchatka krabini ovlash ayniqsa yaxshi yo‘lga
qoyilgan. Bu krab shimoliy dengizlar, xususan Barents dengiziga aklimatizatsiya
qilingan.
Dostları ilə paylaş: