17
Qalqondorlar (Notostraca) kenja turkumi. Qalqondorlarning boshko‘krak
va qisman qorin bo‘limini yopib turuvchi ko‘krak qalqoni yaxshi rivojlangan.
Ko‘krak bo‘g‘imlarida oyoqlar soni har xil bo‘ladi. Oldingi 1- 10 ko‘krak
bo‘g‘imlarida
bir juftdan, keyingi bo‘g‘imlarida esa 4—6 juftdan oyoqlar bor.
Qalqondorlar hovuz va ko‘lmak suvlar tubidagi balchiqdan har xil organik qoldiqlar
va mayda jonivorlarni topib yeydi. Oziqni ko‘krak oyoqlar o‘simtalariyordamida
tutib, oyoqlar o‘rtasidagi tarnovchasi orqali og‘izga haydaydi. Oziqlanishning
bunday usuli eng qadimiy hisoblanadi. Qalqondorlar partenogenez ko‘payadi.
Tuxumlari noqulay sharoitga chidamli. Turkum 9 turni o‘z ichiga oladi. Quyosh
nuri
tushib turadigan suv havzalari, ba‘zan yomg‘irdan so‘ng hosil bo‘ladigan
halqob suvlarda Triops concriformis va Lepidurus apus uchraydi. Shoxdor mo’
ylovlilar (Cladocera) kenja turkumi. Shoxdor mo‘ ylovlilar tanasi ikki yondan
yassilashgan bo‘lib, ikki tavaqali tiniq xitin chig‘anoq ichida joylashgan. Bir qancha
turlari (masalan, dafniya) bosh qismi pastga egilgan tumshuqsimon o‘simta -
rostrumni hosil qiladi. Boshida bitta fasetkali ko‘z, uning oldida oddiy nauplius ko‘zi
joylashgan. Dafniyaning fasetkali ko‘zida 22, yirtqich vakillarida 300
tagacha
ommatidalar bor. Rostrum ostida kalta cho‘ psimon antennulalari joylashgan.
Antennalar esa kuchli rivojlangan uzun va ikki shoxli patsimon qillar bilan
qoplangan bo‘ lib, harakatlanish vazifasini bajaradi. Dafniya
ikkala antennalarini
orqaga siltab, oldinga sakrab harakatlanadi. Shu sababli shoxdor mo‘ ylovlilarni
―suv burgalari‖ ham deyishadi. Shoxdor mo‘ ylovlilarning ko‘krak bo‘limi 4-6
bo‘g‘imdan iborat. Ko‘krak oyoqlari juda ko‘p patsimon qillar bilan ta‘minlangan.
Qillar yordamida suvdan mayda oziq zarralarini filtrlab oladi. Ko‘krak oyoqaridagi
xaltasimon o‘simtalar nafas olish funksiyasini bajaradi. Oldinga egilgan qorin
bo‘limi bo‘g‘imlarga bo‘linmagan. Qorni uchki qismi ikkita tirnoqsimon o‘simta
bilan tugaydi. Shoxdor moylovlilar rangi qon plazmasi
tarkibidagi gemoglobin
miqdoriga, gemoglobin esa suv tarkibidagi kislorodga bog‘liq bo‘ladi. Suvda
kislorod ko‘p bo‘lganida qon och qizg‘ish, kislorod tanqislida to‘q
qizil rangga
kiradi. Qon tomirlari bo‘lmaydi. Ko‘krak orqasida joylashgan pufaksimon yuragi
18
qonni tana bo‘shlig‘ida aralashtirib turadi. Dafniya yuragi bir minutda 150—500
marta qisqaradi.
Shoxdor mo‘ ylovlilarning dengiz va chuchuk suvlarda 400 ga yaqin turi bor.
Chuchuk suvda Daphnia pulex va bosmina Bosmina longirostris ko‘p uchraydi.
Ko‘pchilik shoxdor moylovlilar bahor va yozda partenogenez ko‘payadi.
Tuxumlarini tanasi orqa tomoniga qalqon ostidagi kameralarga qoyadi. Ulardan
yana urg‘ochilari chiqadi. Kuzda havo sovishi bilan tuxumlar qishlaydigan stadiya
efippiy hosil qiladi.
Shunday qilib, dafniyalar va ayrim shoxdormoylovlilar
rivojlanish sikli kolovratkalarga o‘xshab geterogoniya usulida boradi.
Ko‘pincha shoxdor moylovlilar chig‘anog‘i shakli va o‘lchami yil davomida
o‘zgarib turadi. Yoz mavsumida dafniya chig‘anog‘i bosh qismida qalpoqcha paydo
bo‘ladi; chig‘anoq o‘simtasi cho‘ziladi. Siklomorfoz
deb ataladigan bu fasliy
o‘zgarishlar bosmina (Bosmina logirostris) uchun ham xoc. Siklomorfoz harorat
ta‘sirida suv zichligi o‘zgarishi bilan bog‘liq. Yuqori
haroratda suv zichligi
kamayganidan suzish uchun tana yuzasi kengroq bo‘ lishi lozim. Shoxdor mo‘
ylovlilar chuchuk suvlarda har xil umurtqasizlar va baliqlar, ayniqsa baliq chavoqlari
uchun qimmatli oziq bo‘ ladi. Baliqchilik xo‘ jaliklarida maxsus hovuzlarda dafniya
va ayrim boshqa qisqichbaqasimonlar ko‘paytiriladi.
Dostları ilə paylaş: