Mavzu: Bog'imoyoqlilar (arthropoda) tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi. Kirish



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix05.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#116644
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog\'imoyoqlilar (arthropoda) tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi(16)

Tengoyoqlilar (Isopoda) turkumi. Tanasi yassi, boshida yirik fasetkali 
ko‘zlari joylashgan. Karapaks qalqoni bo‘lmaydi. Ko‘krak oyoqlari bir xil 
uzunlikda, bir shoxli bo‘ladi. Qorin bo‘limi ko‘ kragiga nisbatan ancha qisqa, uning 
bir necha yoki hamma bo‘g‘imlari telson bilan birikkan. 5 juft oldingi qorinoyoqlari 
asosiy kalta bo‘g‘imdan va ikkita kengaygan bargsimon yupqa qobiqli jabra 
varaqchalaridan iborat. Bu varaqlar kitob varaqlari singari ustma-ust taxlangan 
bo‘ladi. Varaqlarni qorin oyoqlari ekzopoditidan hosil bo‘lgan qalin xitin qopqoqcha 
yopib turadi. Varaqlar qobig‘i orqali suvda erigan kislorod qonga o‘tadi. Shu 
sababdan tengoyoqlilarning yuragi ham qorin bo‘limida joylashgan.
Tengoyoqlilar nafas olish organining o‘ziga xos tuzilishi ularni quruqlik 
muhitiga oson moslanishiga imkon beradi. Quruqlikda hayot kechiradigan 
ko‘pchilik Oniscoidea kenja turkumi vakillari ham qorinoyoqlari yordamida nafas 
oladi. Ular xuddi suv tengoyoqlilari singari jabralarini qoplab olgan suv pardasida 
erigan kislorod bilan nafas oladi. Bir qancha zaxkashlar xitin qoplag‘ichi sirtida har 
xil o‘ smalar murakkab suv o‘tkazuvchi naylar sistemasini hosil qiladi. Zaxkash 
shudring tomchisiga tegib ketganida ham suv kapillyar kuch ta‘sirida tanaga 
shimilib, qorin oyoqlaridagi jabralarga boradi. Uchinchi xil zaxkashlar esa
jabralarini anal teshigidan chiqadigan suyuqlik bilan ho‘llab turadi. Ayrim 
zaxkashlar atmosfera havosi bilan nafas oladi. Bunday zaxkashlarning qorinoyoqlari 
ichida maxsus bo‘shliq bo‘ladi. Bu bo‘shliq tashqi muhit bian ingichka teshik orqali 


23 
bog‘langan. Bo‘shliqdan tana ichiga shoxlangan uchi berk naylar ketadi. 
Traxeyalarga o‘xshash bu sistema ―soxta traxeyalar‖ deyiladi.
Tengoyoqlilar tuxumlari urg‘ochi hayvonlar ko‘ krak xaltasida rivojlanadi. 
Tuxumdan chiqqan lichinkasi ko‘krak oyoqlarining kuchsiz rivojlanganligi bilan 
voyaga yetgan davridan farq qiladi.
Tengoyoqlilar dengiz va chuchuk suv havzalarida hamda quruqlikda yashashga 
moslashgan 4500 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Ularning asosiy qismi dengiz 
bentosi tarkibiga kiradi. Bir qancha turlari planktonda uchraydi. Dengizlar, sho‘ r 
suvli ko‘llara va daryolarning quyi oqimida uzunligi 10 sm keladigan dengiz 
suvaragi (Nesidothes entomon) uchraydi. Hovuz, ko‘ l va tinch oqar suvlarda suv 
xo‘tikchalari Asellidae oilasi vakillari ko‘p uchraydi. Quruqlikda esa zaxkashlar 
(Oniscoidea kenja turkumi) keng tarqalgan.
Tengoyoqlilar orasida (Oniscoidea) ayniqsa, katta amaliy ahamiyatga ega. 
O‘rta Osiyo cho‘ llarida keng tarqalgan Hemilepistus cristatus tuproqda 60-100 sm 
chuqurlikda in quradi. Inning ichida harorat qishda birmuncha iliq, yozda salqin, 
namlik doimo bir xil bo‘ladi. Ayrim tengoyoqlilar baliqlar terisida va boshqa 
qisqichbaqasimonlar jabra bo‘ shlig‘ida parazitlik qiladi.
Zaxkashlar inlarida oila bo‘lib yashaydi. Indan faqat kechqurunlari va ertalab 
chiqadi; qishda esa karaxt holatga o‘tadi. Zaxkashlar o‘ simlik qoldiqlari bilan 
oziqlanib, tuproq hosildorligini oshirishda yordam beradi. Ular in qazib, tuproq 
qatlamlarini aralashtiradi; tuproqqa suv shimilishi va havo o‘tishini yaxshilaydi. Shu 
sababdan ular ini atrofida o‘simlik yaxshi o‘sadi. Zaxkashlarning tuproq hosil 
qilishdagi faoliyatini yomg‘ir chuvalchanglari bilan tenglashtirish mumkin. Sernam 
sug‘oriladigan maydonlarda va issiqxonalarda keng tarqalgan Hemilepistus 
zachvatkini zaxkashi o‘simliklarga birmuncha ziyon keltiradi.
Har xil oyoqlilar, ya‘ni yonlab suzarlar (Amphipoda) turkumi. Yonlab 
suzarlarning tanasi ikki yon tomondan siqilgan; tuzilishi tengoyoqlilarga birmuncha 
o‘xshash bo‘ladi. Bosh bo‘limi birinchi, ba‘zan ikkinchi ko‘ krak bo‘g‘imi bilan 
qo‘shilib ketgan. Fasetkali ko‘zlari va ikki juft moylovlari yaxshi rivojlangan, og‘iz 
organi chaynovchi tipda bo‘ladi. Bosh qalqoni ostida muvozanat organi joylashgan. 


24 
Ko‘krak oyoqlari 7 juft bo‘lib, bir-biridan birmuncha farq qiladi. Shu sababdan 
ularga har xil oyoqlilar nomi berilgan.
Yonlab suzarlarning qorin bo‘limi olti bo‘g‘imdan iborat; qorinoyoqlari yaxshi 
rivojlangan. Uch juft ikki shoxli oldingi qorin oyoqlari tukchalar bilan qoplangan 
bo‘lib, suzish uchun xizmat qiladi. Keyingi 2 juft qorin oyoqlari ham ikki shoxli, 
lekin ular orqa tomonga egilgan. Bu oyoqlar telson bilan birga sakrovchi oyoqlar - 
uropodlarni hosil qiladi. Ko‘payish davrida urg‘ochilarining ko‘krak qismida tuxum 
xaltasi hosil bo‘ladi. Xaltadagi tuxumlar ichida embrionlar rivojlanadi. Yosh nasli 
voyaga yetgan davriga o‘xshash bo‘ladi. Yonlab suzarlarga 4500 dan ortiq tur kiradi. 
Ko‘pchilik turlari dengizlarda suv tubidagi loyqada yoki naysimon inlarda yashaydi. 
Ayrim turlari planktonda hayot kechiradi. Chuchuk suvli ko‘ llarda ko‘l yonlab 
suzari Gammarus lacustris , oqar suvlarda G.balanicus keng tarqalgan. Yonlab 
suzarlar ko‘pchilik ovlanadigan baliqlarning asosiy ozig‘i hisoblanadi. Suv 
havzalarida baliqchilikni rivojlantirish uchun yonlab suzarlarni ko‘paytirish ayniqsa 
muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin