Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Zohidning hikoyati
Bir kun bir zog‘ bir kaklikni ko‘rdi. Uning noz 
va g‘amza bilan yurishi zog‘ga yoqib qoldi. U ham 
kaklikning yurishini o‘rganmoqchi bo‘lib, uning 
izidan qolmasdan butun harakatlariga taqlid qildi
lekin bundan hech narsa chiqmadi. U kaklikning 
yurishini ham o‘rgana olmadi, o‘z yurishini ham 
unutdi.
Bu masalni shuning uchun keltirdimki, yax-
shilab bilib oling: bekorga o‘zingizni o‘zingiz qiy-
nab yurmang, aramiy tilini ham o‘rgana olmaysiz, 
o‘z ona tilingizni ham unutasiz.
Aytibdurlar: eng nodon odamgina qo‘lidan 
kelmay digan ishga yopishadi. Bu masalada, 
ayniqsa, shohlar ehtiyot bo‘lishlari kerak. Rai-
yat ahvolini yaxshilash, dushmanlarni tor-mor 
keltirish fikrida bo‘lgan hukmdor iste’dodsiz, 
qo‘lidan ish kelmaydigan shaxslarni o‘zlariga 
munosib bo‘lmagan vazifalarga qo‘ymasligi va 
xizmatchilarning bir vazifadan ikkinchi vazifaga 


304
ko‘cha verishlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Davlat 
ishlarida har odamning o‘z o‘rnini to‘g‘ri belgilay 
olish buyuk mahorat talab qiladi.
Iste’dodsiz, nodon va razil odamlar yuksak 
mavqega chiqib olishga urinsalar, bu narsa odat 
shakliga kirsa, idora ishlarida buzg‘unlik ro‘y 
beradi, axloq buziladi va pastkash odamlar bilan 
iste’dodli odamlar orasida nizo boshlanadi. Natija-
da podshohlarga itoatsizlik kabi xatarli hodisalar 
yuz beradi.
O‘z hunarini tashlab, qo‘lidan kelmaydigan ish-
ga yopishgan odamning qanday ahvolga tushishi 
haqidagi hikoya shundan iborat.


305
BILOR VA BRAHMANLAR BOBI
Roja dedi: 
– O‘z hunarini tashlab har maqomga yo‘rg‘a-
lagan, natijada hech narsaga erisholmagan odam 
haqidagi hikoyani eshitdim. Endi menga mam-
lakatni idora etish va davlatni mustahkamlash 
uchun podshohlarning qanday xususiyatlarga ega 
bo‘lishini, beozorlik, saxovat va shijoatdan qaysi 
biri eng yaxshi fazilat ekanligini bayon qiluvchi 
hikoyani lutfan aytib bersang.
Brahman dedi: 
– Shohlarning qudrat va shavkatidan dalolat 
beruvchi narsa beozorlik va donolikdir. Ayni 
zamonda u xalqning osoyishta yashashi ham 
davlatning mustahkamligi uchun eng zarur xo-
siyatdir... Chunki saxiylik bilan biror toifani rozi 
qilish mumkin, shijoat esa har doim kerak bo‘la-
vermaydi. Beozorlik va donolik esa hamma vaqt, 
ham jamoat bilan muomalada, ham lashkarni 
va raiyatni idora etishda darkor bo‘ladi... Beo-
zorlikning asosiy sharti aqlli va tajribali odamlar 
bilan maslahatlashmoq, nodon va johil odamlar-
dan qochmoqdir... Chunki hech narsa insonga 
do‘stlik kabi kuchli ta’sir eta olmaydi. Shuning 
uchun ham, otalar debdurlar: «Sen do‘stingning 
kimligini aytib ber, men esa sening kimligingni 
so‘zlab beraman».
Saxiyligi bilan butun dunyoni oltinga to‘ldir-
gan, shijoat bilan urushlarda g‘olib chiqqan kishi 
beozorlik xislatidan mahrum bo‘lsa, bir nojo‘ya 
harakat bilan bularning hammasini yo‘qqa chiqa-
rib yuborishi mumkin. Lekin saxiyligi va jasurligi 


306
bo‘lmasa ham, muloyim va dono bo‘lsa, shu bilan 
hammaning ko‘nglini olishi, hatto dushmanni 
ham bartaraf qilishi mumkin. Shunisi ham borki, 
birgina beozorlikning o‘zi yetmaydi, beozorlik iro-
da va qat’iyat bilan birga bo‘lsa yaxshi, bu xislatlar 
bo‘lmasa, beozorlikning o‘zi nuqson hisoblanadi. 
Agar shoh bu narsani nazaridan qochirsa, uning 
hayotdan olgan lazzati, mamlakatni idora etish 
ishlarida qozongan muvaffaqiyatlari arzimagan 
bir g‘azab tufayli yo‘q bo‘lib ketadi. Ma’lumki, 
shohlarning baxt-toleyi ularning aql va kamoliga
vazirlarning tadbir va sadoqatiga bog‘liqdir. Pod-
sho olim va beozor bo‘lsa, uning vaziri ma’rifatli 
bo‘lsa, u barcha murod-maqsadlariga erishib, har 
ishda g‘alaba qozonadi. Qaysi tarafga yuz o‘gir-
sa, baxt va davlat uning ketidan yuradi. Butun 
quloqlar uning ovoziga, ko‘zlar uning ishorasiga 
muntazir bo‘lib turadi. Agar podsho aqlli vazir-
ning tadbir va maslahatlari asosida ish olib borsa
baxtsizlik va falokatdan omon qolishi mumkin. 
Bunga misol qilib hind shohi bilan brahmanlar 
orasidagi mojaroni bayon etuvchi hikoyani kel-
tirish mumkin.
Roja so‘radi: 
– U qanday hikoya?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin