Shag‘olning hikoyati
Bir maymun o‘z hamjinslaridan chetlanib,
o‘rmonning bir burchagida yashar edi. Bu o‘rmon-
da bir necha anjir daraxti bo‘lib, ular faqat yozda-
gina hosil berar edi. Maymun har kuni anjir qoqib
295
to‘ygunicha yer, qolganini quritib, qishga g‘amlab
qo‘yar edi.
Maymun bir kuni o‘z odati bo‘yicha anjir da-
raxtiga chiqib, anjir terayotganida tasodifan bir
cho‘chqa ovchidan qochib, bu yerga kelib qoldi.
Maymunning ko‘zi cho‘chqaga tushib, kayfi uchib
ketdi. Cho‘chqa ham maymunni ko‘rishi bilan,
marhabo, deb salom berdi. Maymun esa istehzo
bilan dedi:
– Agar ilgariroq odam yuborib xabar bersalar
edi, ziyofat tayyorgarligini ko‘rib qo‘yar edik. Endi
yaxshi kutib olmasak, aybga buyurmagaysiz.
Cho‘chqa dedi:
– Men uzoq yo‘ldan kelyapman, nima bo‘lsa
ham, ishtaha bilan yeyman. Takalluf qilmay, bor
narsangni olib kel.
Maymun anjir qoqib berdi. Cho‘chqa ishtaha
bilan yeb oldi, lekin to‘ymadi.
U maymunga dedi: – Ey, mezbon, qornim
to‘ymadi, nafsim qonmadi, boshqa daraxtni qoqib
ber.
Maymun og‘rina-og‘rina yana bir daraxtni qoqib
berdi. Cho‘chqa hayal o‘tmay hamma anjirni yeb
tugatdi, keyin boshqa daraxtga ishora qildi.
Maymun dedi:
– Ey, aziz mehmon, insofni unutma. Bir oylik
ovqatimni senga berdim. Bundan ortiq karam
ko‘rsata olmayman.
Cho‘chqa g‘azabga kelib dedi:
– Sen necha yillardan beri bu o‘rmonda ya-
shab, mevalarni yeb kelasan. Endi o‘rmondagi
mevalarning barchasi mening nasibamdir.
296
Maymun dedi:
– Birovning mulkini zo‘rlik bilan olish shum-
lik hisoblanadi. Zo‘ravonlikning oqibati yaxshi
bo‘lmaydi. Zaiflarga ozor berish, begunohlarni
ranjitish yaxshi emas.
Cho‘chqaning jahli chiqib:
– Men seni hozir daraxtdan tushirib, jazoyingni
beraman, – dedi va daraxtga tarmashdi. Bir shox-
ga oyoq qo‘ygan edi, shox sinib, yiqilib tushdi va
halok bo‘ldi.
Bu masalni shuning uchun keltirdimki, sen
ham cho‘chqaga o‘xshab boshqalarning rizqini
zo‘rlik bilan tortib olsang, jamoat ochlikdan o‘lsa,
sen ham jazongni tortasan.
Sher bu so‘zlarni eshitgandan so‘ng meva
yemoqni ham tark etdi, toat-ibodat bilan mashg‘ul
bo‘ldi.
Insonlarga aziyat berib, qilgan ishining oqiba-
tini tushunmagan, o‘z boshiga falokat kelgandan
keyingina xatosini anglab, zulmni tark etgan
odam haqidagi afsona shundan iboratdir.
|