Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna


Brahmanning ovchilar haqidagi hikoyati



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Brahmanning ovchilar haqidagi hikoyati
Ovchilar hayvonlarni tutish uchun cho‘lda bir 
quduq qazib, ustini berkitib qo‘ygan edilar. Bir 
kuni bars, maymun, ilon, ulardan keyin bir zargar 
haligi quduqqa tushib ketdi. Hayvonlar o‘zlari 
bilan ovora bo‘lib, zargarga zarar yetkazmadilar.
Bu hodisadan bir necha kun o‘tgandan so‘ng u 
yerdan bir sayyoh o‘tib qoldi. Zargarning ahvolini 
ko‘rib: «Bu kishini chohdan qutqarishdan ham or-
tiq savob ish bo‘lmasa kerak», – deb arqon keltirib 
quduqqa soldi. Birinchi bo‘lib maymun, ikkinchi 
bo‘lib ilon, uchinchi bo‘lib bars yuqoriga chiqdilar. 
Ularning har uchalasi sayyohga qarab dedilar:
– Har birimizning bo‘ynimizda qarzing bor. Sen 
bizga juda katta yaxshilik qilding. Lekin afsuski, 
bizlar hozir yaxshiligingni qaytara olmaymiz.
Maymun dedi: 
– Mening vatanim shahar chekkasidagi tog‘da-
dir.
Bars dedi:


336
– Men shu yaqin oradagi o‘rmonda yashayman.
Ilon dedi: 
– Mening uyam shu shahar qo‘rg‘onining tagi-
dadir. Yordamga muhtoj bo‘lsang, bizga xabar 
et, balki bizga qilgan xizmating evaziga yaxshilik 
qaytararmiz. Endi esa bir maslahatimiz bor: u 
kishini quduqdan chiqarma. U yolg‘onchi, yaxshi-
likka yomonlik qiluvchi, vafosiz odam. Vajohatiga 
aldanma, xulq-atvori juda-juda yomon. Bir necha 
kun birga bo‘lib, uning xususiyatlarini bilib ol dik. 
Hech kimning qadrini bilmaydi. Aytganimizni qil-
masang, oxirida pushaymon bo‘lasan...
Sayyoh ularning so‘ziga qaramay, arqon 
tushirib, zargarni quduqdan tortib oldi. Zargar 
minnatdorchilik bildirdi va dedi:
– Agar yo‘lingiz falon yerdan tushsa, hamisha 
xizmatingizga tayyorman.
So‘ngra vidolashib, har qaysilari o‘z uylariga 
ketdilar.
Oradan bir necha vaqt o‘tgach, sayyohning yo‘li 
haligi shaharga tushdi. Maymun uni uzoqdan 
ko‘rib, yugurganicha oldiga keldi va dedi: 
– Maymunlarda seni xursand qiladigan hech 
narsa yo‘q, bir nafas kutib o‘tirgin, meva kelti-
raman.
Ozgina vaqt o‘tgandan keyin maymun meva 
olib keldi. Sayyoh undan to‘yib yeb, yo‘lga ravona 
bo‘ldi. Uzoqdan uni bars kuzatib turar edi. Sayyoh 
uni ko‘rib qo‘rqib ketdi, qochmoqchi bo‘lib turgan-
da, bars kelib, salom berdi va dedi: 
– Qo‘rqma, biz hali sening yaxshiligingni unut-
ganimiz yo‘q. Bir nafas sabr qil, hozir kelaman.


337
Bars saroy bog‘iga kirib amirning qizini o‘ldir-
di va uning marjonini olib kelib sayyohga berdi. 
Sayyoh tashakkur bildirib, shaharga jo‘nadi.
Birdan uning yodiga zargar tushib, o‘z-o‘zi-
ga dedi: «Hayvonlar ahdlariga vafo qilib, meni 
shunchalik hurmat bilan kutib oldilar. Zargar 
qanday izzat-hurmat bilan mehmon qilar ekan? 
Menga hadyalar taqdim etib, sovg‘ayi salom bilan 
kuzatsa kerak, chunki u zargar hayvon emas, 
odam-ku».
Shunday qilib, sayyoh shaharda zargarning 
uyini axtarib topdi. Zargar sayyohni ko‘rishi bilan 
g‘oyat sevinib, mehribonlik bilan qarshi oldi. Ular 
bir soatcha u yoq-bu yoqdan gaplashib o‘tirish-
di, o‘tgan kunlarini eslab dardlashishdi. So‘ngra 
sayyoh marjon haqida so‘z ochdi. Uni sotish 
fikrida ekanligini, bu ishda zargarning yordami-
ga muhtoj ekanligini aytdi-da, marjonni yonidan 
chiqarib ko‘rsatdi. Zargar tasalli berib, dedi: 
– Hech tashvish tortma, buni sotmoq menga 
suv ichishdek oson gap. Bir nafas sabr qil, hozir 
kelaman.
Zargar chiqib ketdi. U marjonni ko‘rishi bilanoq 
tanigan edi – uni zargardan amirning o‘zi qizi uchun 
sotib olgan edi. Zargar o‘z-o‘ziga dedi: «Qo‘limga 
nozik narsa tushdi, agar fursatdan foydalana ol-
masam, meni odamlar ahmoq deydilar, zo‘r davlat, 
sarupo va in’omdan mahrum bo‘laman».
Xiyonat qilish qaroriga kelib, u saroy tomon yo‘l 
oldi va amirga qizini o‘ldirib, marjonini o‘g‘irlagan 
odamni tutganligini xabar qildi. Amir bir odam 
yuborib, sayyohni saroyga keltirdi.


338
Shoh sayyohni shaharda sazoyi qilib aylantirib, 
so‘ngra zindonga solishni, ertasiga ertalab esa 
dorga osishni amr etdi. Shahar devori yonidan 
o‘tayotganlarida ularni ilon ko‘rib qolib dedi: 
– Vafosiz odamga yaxshilik qilsang, yomonlik 
qiladi, deb aytmabmidim?.. Kimki razil, pastkash 
va nonko‘r odamdan mardlik kutsa, uning oqibati 
mana shu bo‘ladi. Men seni bu ahvoldan qutqar-
moq uchun bir tadbir ko‘rayin. Borib amirning 
o‘g‘lini chaqib olay, butun shahar uni muolaja 
qilolmay seni maslahatga chaqirsinlar. Sen avval 
o‘z boshingdan o‘tganlarni gapirib ber, so‘ngra 
mana bu o‘tni kasalga ber, u yesin, o‘sha soat 
shifo topadi, balki sen mana shu yo‘l bilan najot 
toparsan.
Sayyoh tashakkur aytib dedi: 
– Men o‘z sirimni nomardga aytib, katta xato 
qilibman.
Ilon dedi: 
– Pushaymon yeb o‘tirishning vaqti emas. 
O‘tgan ishga salovat derlar. Oxiri xayrli bo‘lsin.
Ilon saroyga yo‘l oldi va u yerga borib, amir-
ning o‘g‘lini chaqdi. So‘ngra hammaga eshittirib: 
«Shahzodani ilon chaqdi, davosini faqat qamalgan 
sayyohgina biladi», – dedi-da, yugurganicha iniga 
kirib ketdi, uni hech kim ko‘rmay qoldi.
Sayyohni zindondan chiqarib, amir yoniga olib 
bordilar. U avval boshidan o‘tganlarni gapirib 
berdi, so‘ngra shahzodani muolaja qila boshla-
di. Shahzoda sog‘aydi. Sayyohning gunohsiz va 
to‘g‘ri odam ekanligi amirga ayon bo‘ldi. Sayyohga 
qimmatbaho libos va yaxshi in’omlar berib, uning 


339
o‘rniga zargarni dorga osdilar. Xoinning qismati 
dor yog‘ochi bo‘ldi. Kimiki birovga choh qazisa, o‘zi 
yiqiladi, yaxshilik hech vaqt unutilmaydi, yomon-
lik esa jazosiz qolmaydi, deb bekorga aytmaganlar.
Aqlli odamlar birovga jabr qilishdan qochib, 
yaxshilik qiladilar, shu bilan ham bu dunyoning, 
ham u dunyoning noz-ne’matlarini qo‘lga kirita-
dilar.
Shohlarning xizmatchilar tanlash, raiyatning 
xususiyatini o‘rganish, tasodifiy odamlarga vazifa 
va mansab topshirib bo‘lmaslik haqidagi hikoya 
mana shundan iboratdir...


340

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin