Ishning maqsadi: konservalangan mahsulotlarning
organoleptik
ko’rsatkichlari, idishga joylashgan og’irligi, hajmi, cho’kmalari
orqali
belgilash usullaridan foydalangan holda sifatiga baho berishni o’rganishdan
iborat.
NAZARIY QISM
Oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga baho berishning asosiyko’rsatkichlaridan
biri organoleptik usuldir. Bu usulda odamning sezgi organlari
mahsulot sifati
bo’yicha to’g’ridan - to’g’ri kerakli ma’lumotgaega bo’ladi. Organoleptik
usulning ko’rsatkichi mutaxassisning tajribasiga va metodik yondashish
usuliga bog’liq bo’ladi.
«Organoleptik» so’zi grekchadan olingan bo’lib, ikki qismdan
iborat.«Organon»
organ, «Lamvapo» baholamoq, sezmoq demakdir.
Organoleptik usulda mahsulot sifati haqida hamma ma’lumotlar sezgi
organlari orqali to’planadi. Mahsulot mazasi, rangi, hidi va hokazolar. Mahsulot
sifatiga baho
berishda hozirga qadar, Organoleptik usul o’zining
ahamiyatini
yo’qotgani yo’q. Konservalangan mahsulotlarning sifatini organoleptik
ko’rsatkichlardan tashqari mahsulotning idishga jo ylas hgan og’irligi,
hajmi, cho’k malari va meva sharbatlaridagi mag’iz qismi ham
belgilaydi. Mahsulotning idishdagi og’irligi deganda, iste’molchiga
jo’natiladigan idishdagi ogirlik tushuniladi. Idishdagi mahsulot og’irligi
etiketkadagi ko’rsatilgan mahsulotlarniig nominimal son qiymatiga to’g’ri
kelishi kerak. Lekin ayrim hollarda nominimal qiymatdan 2,3 yoki 5%
farq qilishi mumkin. Ko’pchilik hollarda mahsulotni to’lik, idishdan ajratib
olish qiyin, mahsulot og’irligi bo’yicha o’zgaradi va bu holda mahsulot
og’irligini idishdagi og’irlik bilan yuvilgan tarang og’irligi o’rtasidagi
farq deb tushunish kerak bo’ladi. Tarang joylangan suyuq mahsulotning
hajmi ml hisobida o’lchanib, unda o’lchov tsilindridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: