turli xil meva konservalarining eruvchi quruq moddalar miqdori aniqlanadi (2-
rasm).
SHuningdek, bu
usul yangi uzilgan mevalar, sabzavotlar va yarim tayyor
mahsulotdagi eruvchi quruq moddalar ulushini aniqlashda qo’llaniladi. Ishni
bajarishdan oldin asbobning aniqligi distillangan suvda tekshirib ko’riladi. Agar
refraktometrning shkalasi 1,23 raqamini ko’rsatsa demak, asbob ishlaydi. Namunani
tekshirishga kirishishdan oldin refraktometrning qopqog’i
ochiladi, prizmaga 1-2
tomchi tekshiriluvchi modda tomiziladi va yuqori prizma yopiladi so’ngra,
refraktometrning ko’rsatishi yozib olinadi, bunda tekshiriluvchi moddaning
harorati 20°S dan oshmasligi kerak. Moddaning harorati moddaning quruq
moddalari miqdoriga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’ladi. Agar moddaning
harorati
20°S dan
farq qilsa, haroratga to’g’rilash maxsus jadvaldan foydalaniladi.
4 - ish. QURUQ MODDALARNI ZICHLIGI ASOSIDA ANIQLASH
Kerakli asboblar:
Piknometr. Areometr. Termostat.
Kerakli mahsulotlar: Meva sharbatlari.
Ishni bajarish tartibi:
Bu usul mahsulotning zichligi bilan uning quruq moddalari o’rtasidagi
bog’liklikka asoslangan. Moddaning zichligi piknometr (arbitraj usuli) yoki areometr
yordamida aniqlanishi mumkin. Piknometrda zichlikni aniqlash uchun piknometr
yaxshilab yuvib quritiladi. Toza piknometr 0,0001 g aniqlikkacha o’lchanadi,
belgisidan sal yuqorigacha 20°S haroratli distillangan suv bilan to’ldirilib, 30
minutga termostatga qo’yiladi. SHundan so’ng piknometrning qopqog’i
ochiladi va filtr qog’oz bilan o’lchov belgisi yuqori burchagi bo’yicha
suvning sathi belgilanadi,piknometr yana qopqoq bilan yopiladi va o’lchanadi,
so’ngra xuddi shunday piknometrning namuna bilan birgalikdagi og’irligi
o’lchanadi. Tekshirilayotgan namunaning zichligi (d) quyidagi tenglama orqali
hisoblanadi.
;
0
1
0
2
Д
P
P
P
P
d
⋅
−
−
=
Buerda
R
2
- piknometrning 20°Sharoratdaginamunabilanbirgalikdagiog’irligi, g;
R
1
- piknometrning 20°Sharoratdagidistillangansuvbilanbirgalikdagiog’irligi,
g;
R
o
- bo’sh piknometrning og’irligi, g;
D - suvning 20° S haroratdagi nisbiy zichligi 0,99823 ga teng;
d - tekshirilayotgan namunaning 20°S haroratdagi nisbiy zichligi.
So’ngra zichlik va quruq moddalar o’rtasidagi bog’liqlik
jadvalidan quruq
moddalar miqdori aniqlanadi (1-ilova).
Zichlikni areometrda aniqlash uchun diametri areometrning kengaygan
joyidan 2-3 marta katta bo’lgan shisha tsilindr kerak bo’ladi. SHu tsilindrga
asta-sekin harorati 20°S bo’lgan tekshiriluvchi suyuqlik quyiladi. Toza va
quruq areometrni sekin-asta tsilindrning devorlariga tegizmasdan
suyuqlikka
tushiriladi (3-rasm). Areometr suyuqlikka barqaror joylashgandan keyin uning
ko’rsatishi pastki belgisidan 0,001 aniqlikda hisoblanadi. Agar tekshirilayotgan
suyuqlik juda bo’yalgan bo’lsa, areometrning ko’rsatishlari yuqori o’lchov
birligida hisoblanadi, bunda ko’rsatilgan miqdor 0,0002 ga ko’paytiriladi.
Tekshirish uchun savollar:
1. Quruqmoddalardegandanimanitushunasiz?
Uningkonservalarsifatko’rsatkichlarikompleksidagiroli?
2. Quruq moddalarni aniqlashning qanday standart usullari mavjud?
Ularning har birining qo’llanilish sohalarini aytib bering?
Dostları ilə paylaş: