3
SO`ZBOSHI
Matnli masalalar boshlang`ich sinflar matematika kursi
mazmunining asosini tashkil etib,
ularni yechish jarayonida
qo`llaniladigan aqliy faoliyat usullari: analiz, sintez, taqqoslash,
analogiya, umumlashtirish, abstraktsiyalash
va konkretlashtirish
o`quvchilarning mantiqiy tafakkur qilish qobiliyatlarini rivojlantirish
bilan bir qatorda, ularning matematikaga
qiziqishlarini ham
tarbiyalashga ijobiy ta’sir o`tkazadi. Shuning uchun ham umumiy
o`rta ta’limning yangi Davlat ta’lim standarti talablari asosida
yaratilgan boshlang`ich ta’lim matematikasi o`quv dasturi mazmunida
matnli masalalar
turlari kengaytirilib, ularning tarkibiga birinchi bor
mantiqiy va kombinatorik masalalar ham kiritildi.
Boshlang`ich sinflar matematika kursiga mantiqiy masalalarning
kiritilishini, bir tomondan, bu masalalarni yechish o`quvchilarning
aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir o`tkazib, ulardan o`z fikrini mantiqiy
izchillik asosida ifodalash ko`nikmalarini tarkib toptirishi bilan
izohlansa,
ikkinchi
tomondan,
bu
masalalarni
yechishda
hisoblashlarni bajarish umuman kerak bo`lmasligi yoki
yordamchi rol
o`ynab, faqat arifmetikaga doir ma’lumotlar bilan chegaralanishi
orqali izohlanadi.
Kombinatorik masalalarni yechish ham mantiqiy masalalar kabi
o`quvchilarning matematik rivojlanishiga ijobiy ta’sir o`tkazadi.
Mantiqiy, kombinatorik va nosatndart
masalalarda keltirilgan
holatlar, vaziyatlarni tahlil etish asosida o`quvchilar zaruriy axborotni
izlash va ajratish ko`nikmalarini egallaydilar, sabab-oqibat
bog`lanishlarini o`rnatadilar, mulohaza qilishning
mantiqiy zanjirini
qurib, konkret shartlarga tayangan holda masalaning eng qulay
samarali yechish usullarini tanlash va yechish kabi o`quv
faoliyatining kompotensiyaisi shakllantiriladi va rivojlantiriladi.