Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 258,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/70
tarix09.11.2022
ölçüsü258,74 Kb.
#119195
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   70
Microbiology

7.Xulosa.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mikroorganizmlar ham boshqa 
tirik mavjudodlar singari organik olamning bir bo‘lagi hisoblanadilar. Shuning 
uchun ular o‘zlari yashab turgan muhit omillari ta’siridan chetda qololmaydilar. 
Ularning havoda, suvda tuproqda, o‘simlik va hayvonlarda tarqalishi, hayot 
faoliyati ana shu muhit omillari ta’siriga moslashuvidan kelib chiqadi. Aks 
holda hayot kechira olmas edilar. 
SAVOLLAR: 
1. Mikroblar bilan suv o‘rtasida qanday boglanish bor? 
2. Gipertonik va gipotonik eritma deganda nimani tushunasiz? 
3. Plazmoliz va plazmotiz qanday sodir bo‘ladi? 
4. Harorat ta’siriga ko‘ra mikroorganizmlar qanday guruhlarga ajratilgan? 
5. Muhit reaksiyasi mikroblarga qanday ta’sir qiladi? 
6. Mikroorganizmlarning kislorodga munosabati bo‘yicha qanday guruhlarni bilasiz? 
7. Quyosh nuri guruxlarini bilasizmi? 
8. Quyosh nuri mikroorganizmlarga qanday ta’sir qiladi. Simbioz nima? Misollar keltiring. 
9. Metabioz nima? 
10. Anabioz va parazitizm haqida nimalarni bilasiz? 
4-MAVZU: MIKROORGANIZMLARDA MODDALAR ALMAShINUVI 
Reja: 
1. Katabolizm va biosintez tushunchasi. 
2. Mikroorganizmlarni oziq moddalarga bo‘lgan talabi. 
3. Mikroorganizmlarni oziqlanish tiplari 
4. Mikroorganizmlarni nafas olishi 
5. Mikroorganizmlarda modda almashinuvida fermentlarning roli 
6. Fermentlar klassifikatsiyasi 
7. Mikroorganizmlar hujayralarida energiya yigilishi 
8. Xulosalar 
Adabiyotlar: 2,4,6,7 
1. Katabalizm va biosintez tushunchasi.
Mikroorganizmlar hujayrasi 
ichiga kirgan ozuqa moddalar turli-tuman ximiyaviy reaksiyalar qatnashadilar. 
Bu jarayonlarni umumiy bitta so‘z bilan metobolizm ya’ni moddalar 


almashinuvi deymiz. Metobolizm hayotiy muhim ikki jarayondan katabolizm 
va biosintezdan iborat. (Oldinlari dissimilyatsiya, assimilyatsiya deyilgan). 
 Katabolizm
– ozuqa moddalari uglevodlar, yoglar, oqsillar oksidlanish 
natijasida parchalanish va energiya ajralib chiqishi jarayonlaridir. 
Mikroorganizmlarda katabolik jarayonlar ikki yo‘l bilan aerob nafas olish va 
bijgish bilan bo‘ladi. Aerob nafas olishda ozuqa moddalarining to‘liq 
parchalanishi (karbonat angidrid va suvgacha) va ko‘p miqdorda energiya 
hosil bo‘ladi va energiyaga boy moddalar (etil spirti, sut kislota, moy kislota va 
boshqa hayotiy zarur kislotalar) hosil bo‘ladi. Ajralib chiqayotgan energiya 
ATF molekulasida yigiladi. 
Biosintez –
hujayrada NK, oqsil polisaxaridlar kabi makromolekulyarlar 
moddalarning hosil bo‘lish jarayonidir. Bu jarayon energiya o‘zlashtirish bilan 
sodir bo‘ladi. Energiya ATF shaklida o‘zlashtiriladi. ATF esa fotosintez, 
xemosintez, nafas olish, bijgish jarayonlarida hosil bo‘ladi. Bu ikki jarayon bir 
vaqtda sodir bo‘ladi. Ko‘pchilik oraliq maxsulotlar katabolizmda ham 
biosintezda ham ishtirok etadilar. 

Yüklə 258,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin