Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 258,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/70
tarix09.11.2022
ölçüsü258,74 Kb.
#119195
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70
Microbiology

Parenximali kasalliklar tufayli parenxima to‘qimalari zararlanadi. Bunda kasallik 
dog‘lanish, chirish va shishlarni hosil bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. 
Dog‘lanish. Kasallikni bu turi zararlangan o‘simlik a’zolarida noaniq shaklli yoki burchakli 
dog‘larni hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Bakteriyalar uchun xos bo‘lgan dog‘lar 
zamburug‘larnikidan farq qilib, ularning sirtida g‘ubor yoki qora nuqtalar kuzatilmaydi. Bundan 
tashqari dog‘larni hosil bo‘lish davrida ular yog‘simon ko‘rinishda bo‘ladi. Misol qilib, 1) g‘o‘zani 
gommrozini; 2) bodring bakteriozini; 3) tamakini bakteriya keltiradigan kasalligini olishimiz 
mumkin. 
Chirish. O‘simlikning ozuqa moddasiga boy bo‘lgan a’zolari -piyozboshi, tuganak, 
ildizmeva va boshqa qismlarida bakteriyalar chirishni yuzaga keltiradi. Bunda avval xujayra 


oralig‘idagi modda keyinchalik xujayra po‘sti yemiriladi. Zararlangan o‘simlik a’zosi oldin 
yumshaydi, so‘ngra yoqimsiz hid chiqarib xo‘l chirish yuzaga keladi. Bunga misol qilib 
kartoshkaning xo‘l chirish kasalligini olish mumkin. 
Shishlarning hosil bo‘lishi. Ayrim fitopatogen bakteriyalar o‘zidan xujayrani bo‘linishini 
tezlashtiradigan moddalarni ajratadi, bu esa o‘simlikning zararlangan a’zolarida turli xil shishlarni 
yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi. 
Kasallikning bu turiga misol qilib meva daraxtlarining ko‘chatlarini ildiz rakini va tokning 
rak kasalligini olishimiz mumkin. 
Parenximali-o‘tkazuvchi to‘qima kasalliklari. Kasallikni bu turi o‘simlikning o‘tkazuvchi 
to‘qima naylarini hamda parenxima to‘qimasini zararlanishi tufayli kelib chiqadi. Kasallik 
o‘simlikni qisman yoki butunlay so‘lishi, dog‘lar va chirishni yuzaga kelishi bilan namoyon bo‘ladi. 
So‘lish. O‘simlikning o‘tkazuvchi to‘qima naylarini zararlanishi tufayli o‘simlik qisman 
yoki butunlay so‘lishi, o‘tkazuvchi naylari esa qo‘ng‘ir tusga kirishi mumkin. Bunga misol qilib 
pomidor raki va kartoshkaning xalqali chirishini olamiz. 
Fitopatogen bakteriyalar ichida faqat dog‘lar yoki chirish ko‘rinishidagi kasallik turini 
keltirib chiqaradigan vakillari ham uchrab turadi. Lekin shunday bakteriyalar xam borki, 
o‘tkazuvchi to‘qima navlarni zararlash bilan birgalikda parenxima to‘qimalarini xam zararlaydi. 
Bunday kasallik ko‘rinishi kasallikning aralash turi deb atalsa xam bo‘ladi. Zararlangan 
o‘simlikning yer ustki qismi so‘liydi hamda meva va tuganaklarida dog‘lar yoki chirish kuzatiladi 
(pomidor raki, kartoshkaning xalqali chirishi). 

Yüklə 258,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin