MAVZU: O‘SIMLIKLARDA KASALLIK QO‘ZG‘ATADIGAN BAKTERIYaLAR. Ish rejasi: I. Parenximali kasalliklar: 1. Dog‘lanish -g‘o‘za gommozi, bodring bakteriozi. 2. Chirish - kartoshkaning xo‘l chirishi. 3. Shishlarni xosil bo‘lishi - olmaning ildiz raki, tokning bakteriya raki. II. Parenximali - o‘tkazuvchi to‘qima kasalliklari: 1.So‘lish - kartoshkaning xalqali chirishi, pomidorning bakteriya raki. Zaruriy jixozlar: Gerbariydan namunalar; bodring va g‘o‘zaning zararlangan barglari, zararlangan olma ko‘chatlarining ildizi, tokning zararlangan poyasi. Konservalangan ko‘rgazmalar: chirigan kartoshka. Bakteriyalarning umumiy tavsifi. Bakteriyalar bir xujayrali xlorofilsiz organizmlardir.
Bakteriyalar juda yupka qobiq bilan o‘ralgan protoplazmadan iboratdir. Ularning o‘lchami 0.06-0.3
dan 3.5 mikrongacha bo‘lishi mumkin. Bakteriyalar ko‘pincha sharsimon, tayoqchasimon shaklga
ega bo‘ladi. Deyarli xamma bakteriyalar xivchinga ega bo‘lib, bu xivchinlar xujayraning bir yoki
ikki uchiga, ayrim xollarda esa butun xujayra bo‘ylab joylashgandir. Xivchinlar yordamida
bakteriyalar xarakatlanadi. Xivchinga ega bo‘lmagan bakteriyalar xarakatlanmaydi. Fitopatogen
bakteriyalarda bir qator fermentlar: proteaza, amilaza, protopektinaza va boshqalar bor. Mavjud
fermentlarning yuqori darajali faolligi tufayli bakteriyalar o‘simlik ichiga kirib, xujayra devorlarini
yemiradi, xujayrani nobud bo‘lishi tufayli patologik jarayon kuzatiladi, bu esa kasallikni turli xil
ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.
Bakteriyalar o‘simlik ichiga turli yoriqlar, qirilgan joy va boshka mexanik shikastlangan
qismidan hamda tabiiy tirqishlar ustida, chechevichka orqali kiradi.
O‘simlarda bakteriyalar qo‘zg‘atadigan kasalliklarni parenximali va parenximali-o‘tkazuvchi
to‘qima kasalliklarga bo‘lish mumkin.