Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
138
Kim ko‘ribdir, ey ko‘ngil, ahli jahondin yaxshilik! 
Bu haroratli satr qog‘ozga tez va ravon tushdi. Bobur o‘z zehnining go‘yo qayralib, 
o‘tkirlashib qolganini sezib turardi. U hozir xayol ko‘zi bilan Hirotdagi Alisher Navoiyni 
aniq ko‘rayotganga o‘xshardi. Bobur muhitdan, zamonadan, faqat o‘z manfaatini 
ko‘zlaydigan jahon ahlidan yaxshilik kutgan odam aldanishi muqarrarligini Navoiyga 
aytib dardlashgisi kelardi: 
Kimki andin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma andin yaxshilik. 
Ya’ni, o‘z muhitidan baland turolmaydigan odam birovga yaxshilik qilolmaydi. Alisher 
Navoiyning odamlarga shuncha ko‘p yaxshilik qilayotgani — Boburga uning jahon 
ahlidan beqiyos darajada yuksak ekanini yaqqol ko‘rsatayotganday bo‘lardi. U o‘z 
ko‘nglini ham mana shu yuksaklikka undab yana bir bayt yozdi. 
Bori elga yaxshilik qilg‘ilki, mundin yaxshi yo‘q, 
Kim degaylar dahr aro qoldi falondan yaxshilik. 
Shu kuni kechasi Bobur Navoiyga atalgan maktubini ham, she’rini ham yozib tugatdi. 
Oradan ikki kun o‘tgach, bu maktub maxsus elchi bilan Samarqanddan Hirotga jo‘natildi. 
Bobur Navoiydan qish chiqquncha javob olish umidida edi. Biroq qish chiqib, endi 
boyche-chak ochilgan kunlarda Hirotdan musibatli xabar keldi: qish chillasi paytida hali 
Bobur yuborgan elchi yo‘lda ekanida Alisher Navoiy vafot etgan edi. Bobur o‘ziga ulug‘ 
bir murabbiy topdim, deb suyunib yurganda, o‘gay taqdir uni bu madadkoridan ham 
judo qilgan edi. 
____________ 
* Sensiz Darg‘am suvidek dardu g‘amdamen, 
Sensiz Ko‘hak (Zarafshon) daryosidek giryonman.
7 
Tepalikka uchib chiqayotgan chopqir otning tuyog‘i yerdan bosh ko‘tarib, bugun-erta 
ochilay deb turgan lola g‘unchasini ezib-yanchib o‘tdi. Bu ot ustida o‘tirgan 
Shayboniyxonning ko‘zlari esa pastdagi keng tekislikda chug‘urchuqday yopirilib poyga 
o‘tkazayotgan otliqlarda edi. 
Tiniq bahor osmonining bir chetida Samarqand bilan Buxoro oralig‘ining eng mashhur 
qo‘rg‘oni bo‘lgan Dabusiya* qal’asi savlat to‘kib turibdi. Kech kuzda bu qal’a ham 
Shayboniyxonning qo‘lidan chiqib, Boburga o‘tib ketganda, qo‘shini Buxoroga chekinib, 
og‘ir ahvolga tushib qolgan edi. Ruhi tushgan ba’zi sarkardalar: «Esimiz borida etak 
yopib, Turkistonga qayta qolaylik!» deyishgan edi. Ammo Shayboniyxonning Samar-
qanddagi xufiyalari Boburning shoirlar va olimlar suhbatiga berilib, yangi janglarga sust 
tayyorlanayotganini bildirib turar edilar. Qo‘ldan-qo‘lga o‘tib, juda ko‘p talangan 
Samarqand bahorga chiqib yana ochlik va qahatchilik balosiga yo‘liqqan edi. Buning 
hammasi Shayboniyxonni dadillashtirdi. Yaqinda u Buxorodan Dabusiyaga qo‘shin tortib 
keldi. Qal’aning baland devorlariga ulardan ham baland shotilar qo‘ydirdi. Qal’a 
himoyachilari tepadan o‘q va tosh yog‘dirishayotgan bo‘lsa ham xon o‘z askarlariga tap 
tortmay chiqaverishni buyurdi. Odamlar o‘lgan-qolganiga qaramay chiqib kelayotganini 
ko‘rgan himoyachilar tepadan katta yog‘och bolorlar otishdi, yonib turgan yog‘larni 
chiqayotganlarning boshidan quyishdi. Devor taglari o‘liklarga to‘lib ketdi. Xon navkarlari 
qo‘rqib chekina boshladilar. Shunda Shayboniyxon o‘zining tug‘ishgan ukasi 
Mahmudxonni va suyukli o‘g‘li Temurxonni butun navkarlari bilan jangga soldi. Xon 
ukasi va o‘g‘lini ham ayamayotganini ko‘rgan jangchilar yana shotilarga yopishdilar. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin