Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
220
amakivachchasi Mirzoxon edi. U Boburga bir necha marta: 
— Shoh elchilari chog‘irsiz ziyofatni ziyofat o‘rnida ko‘rmaslar,— deb aytdi. 
Boburning eshik og‘asi Qosimbek esa ichkilikni juda yomon ko‘rardi. Boburning o‘zi ham 
hali beklari bilan biror marta ichkilik bazmi o‘tkazgan emas, faqat Kobulda Mohimga 
uylangandan keyin xushbo‘y chog‘irlardan bir-ikki marta tatib ko‘rgan edi. 
Hozir uning ko‘nglida ko‘pirib turgan quvonch bilan birga Shoh Ismoilga va shialar bilan 
sunniylarning dushman munosabatlariga borib taqaladigan qandaydir g‘ashlik, chigallik 
bor edi. Bu g‘ashlikni bugun faqat may bilan tarqatish mumkinga o‘xshardi. Bundan 
tashqari, mehmonlarning ko‘ngli uchun ham Boburning ichishi zarur edi. 
Uning amri bilan Qunduzdan topish mumkin bo‘lgan eng toza chog‘irlar, eng o‘tkir 
maylar toptirib keltirildi.
Gulgun parchadan zar yoqali abo kiygan o‘spirin soqiylar oltin ko‘zalardan oltin-kumush 
surohiylarga may quyib, avval Boburga, so‘ng uning yonida o‘tirgan shoh elchisi 
Muhammadjon eshik og‘asiga, elchidan nariga cho‘kkalagan Mirzoxonga navbatma-
navbat uzatdilar. 
Ziyofatda Bobur tomonidan yuzdan ortiq a’yonlar, beklar va mulozimlar qatnashmoqda 
edilar. Avvalgi ziyofatlarda Boburdan va Qosimbekdan yashirib may ichadigan ko‘pchilik 
beklar endi chog‘ir to‘la qadahlarini qo‘llarida bemalol tutgan holda bir-birlari bilan sho‘x-
sho‘x ko‘z urishtirishar, quvnoq iljayishar va podshohning ishorasini kutishar edi. 
Poygahda kichik beklar orasida o‘tirgan Tohir ham qo‘lidagi may to‘la kumush qadahga 
jonli bir narsaga qaraganday ehtiyot bilan qarab qo‘yardi. 
Mirzoxon yonidagi elchiga shivirlab izoh berdi; 
— Oliy mehmon, siz g‘aroyib bir hodisaning guvohidirsiz. Bobur podshoh saroyida bugun 
birinchi marta chog‘ir majlisi!.. E’tibor bering: majlisda favqulodda bir hayajon hukmron! 
Boshiga qizil jig‘alik katta salla o‘ragan, soqoli xina bilan bo‘yab qizartirilgan 
burgutburun elchi Boburga maroq bilan tikildi. 
Bobur qo‘lidagi qadahni uchib ketishi yoki cho‘qib olishi mumkin bo‘lgan notanish bir 
qush kabi avaylab ushlab turardi. Odamlar uning so‘zini kutayotganlarini sezib, ovozi 
tovlanib gapira boshladi: 
— Oliy zotlar davrasida shodiyona kunlarda uzum suvidan halolu pokiza qilib 
tayyorlangan chog‘ir ichmoq ota-bobolarimizdan qolgan odatdir. Hayotimizda shodlikdan 
ko‘ra g‘amu g‘urbat ko‘proq edi, shuning uchun hanuzgacha chog‘ir majlisiga mayl 
ko‘rsatmadik. Hirotda Badiuzzamon mirzo bilan Muzaffar mirzodek tojdor xeshlarimiz biz 
uchun orasta bazmlar berib, chog‘ir taklif qilganlari majlis ahliga ma’lum bo‘lsa kerak. 
O‘shanda ham biz uzrlar aytib, chog‘irdan o‘zimizni tortgan edik, chunki u mahallarda 
may ichib xursandchilik qilg‘udek shodmon emas edik. Tangrim bizni shod-xurram 
kunlarga mana endi yetkazdi. Biz bu mas’ud kunlarga Shoh Ismoil hazratlarining 
sharofatlari bilan yetishdik. Bugungi shod-xurramlikni bizga oliy mehmonimiz 
Muhammadjon eshik og‘asi janoblari keltirdilar! Shuning uchun bizning birinchi chog‘ir 
majlisimiz Shoh Ismoil hazratlariga cheksiz ishonch va ehtiromlarimizdan kichik bir 
nishona bo‘lg‘ay! Birinchi qadahimiz esa shohning mo‘’tabar elchisi Muhammadjon eshik 
og‘asi janoblariga yuksak hurmatimizning isboti bo‘lg‘ay! 
Bu so‘zlardan ko‘ngli iyib, chuqur ko‘zlari olovlanib ketgan elchi o‘rnidan turib, Boburga 
egilib ta’zim qildi. So‘ng joyiga o‘tirib, qo‘lidagi chog‘irni oxirigacha sipqardi. 
Pastda o‘tirgan sozandalar «Sarvi navo» kuyini chala boshladilar. Dasturxonga kiyik va 
kaklik kaboblari tortildi. Eng mazali taomlar orasida yana ikki-uch qayta may ichildi. 
Odamlar endi o‘zlarini boyagidan xiyla erkin seza boshladilar. Qahqaha, o‘yin-kulgi 
avjiga chiqdi. Quvnoq, sho‘x kuylar ketidan yana alyorlar aytildi. Nihoyat, so‘z navbati 
shoh elchisiga keldi. Shunda Muhammadjon eshik og‘asi yonidagi mulozimga nimadir 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin