Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/32
tarix03.12.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#120396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari

modellardan 
foydalaniladi. 
1) Buxgalteriya balansi moddalarini fiksatsiyalash metodi – 
bashoratlash davrida balansning shunday moddalariga nisbatan 
qo‘llaniladiki, ular ma’lum davriylikda o‘zgarishsiz qoladi. Masalan 
Ustav kapitali, Qo‘shilgan kapital, Uzoq muddatli moliyaviy 
qo‘yilmalar, Uzoq muddatli majburiyatlar va h.k. 
2) Buxgalteriya balansi moddalari orasidagi mutanosiblik metodi. 
Misol uchun, boshqaruv va tijorat xarajatlarini, to‘lovga qabul 
qilingan majburiyatlar va h.k.larning sotish hajmiga bog‘liqligi. Ayrim 
ko‘rsatkichlar mahsulotlarni sotish hajmiga emas, balki ishlab 
chiqarilgan, sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish xarajatlari 
o‘zgarishiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Masalan, kreditorlik 
majburiyatlarining ortishi, majburiyatlar bo‘yicha zaxiralarning tashkil 
etilishi kabi. 


120 
3) Regressiv tahlil metodi. Ko‘rsatkichlar orasidagi barqaror 
munosabatlar mavjudligi sharoitida statistik mutanosiblikka asoslangan 
usul hisoblanadi. 
4) Ekspert baholash metodi. Murakkab vazifalarni hal etishda 
foydalaniladigan usul. 
5) Doimiy o‘sish metodi. Alohida koeffitsiyentlarning doimiy o‘sish 
sur’atlarini belgilash usuli. Masalan uzoq muddatli qarzlar, ma’muriy va 
savdo xarajatlari, belgilangan xarajatlarning boshqa turlarining o‘sishi. 
Ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlari o‘rtacha qiymatlarni emas, balki 
murakkab o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari darajasida qo‘llanishi kerak. 
6) Elementar rejalashtirish metodi. Har bir obyekt uchun 
rejalashtirilgan sxema, rejalar mavjudligi, moliyaviy hisobot maqomini 
tashkil etuvchi shu kabi obyektlar guruhi nazarda tutiladi. 
Ushbu metoddan amortizatsiya xarajatlarini bashoratlashda, uzoq 
muddatli qarzlarni qoplashda foydalanish mumkin. 
Moliyaviy tahlilning modelli tarkibi quyidagi bo‘limlardan tashkil 
topadi. 
- dastlabki ma’lumotlar bazasi; 
- hisob-kitoblar; 
- oraliq jadvallar; 
- natijalar; 
- grafiklar. 
Moliyaviy hisobotlarni bashoratlashda har qadamda xo‘jalik 
yurituvchi subyekt rahbariyatining xatti-harakatlarini tanlash zaruriyati 
bilan yuzma-yuz kelishi mumkin va bu tabiiy hol hisoblanadi. 
Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt muayyan choralarni ko‘rishni 
xohlamasa, o‘z-o‘zidan holat yanada yomonlashib boraverishi mumkin. 
Asosiy jihatlar taqsimlanmagan foydani qayerga yo‘naltirish 
lozimligiga, uzoq muddatli aktivlarning qaysi turlarini olib kelish 
lozimligiga, moliyaviy qo‘yilmalarni qayerlarga joylashtirishga, xususiy 
kapitalni o‘stirishga qaratilmog‘i lozim. 
Bashoratlashdagi eng muhim masalalardan biri bu inflyatsiya 
darajasi bo‘yicha aniq ma’lumotlarga tayanilishi bilan izohlanadi. 


121 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin