14
Milliy mulk milliy boylikning asosiy
tarkibiy qismi hisoblanib, jamiyatning
moddiy farovonligini ta`minlash uchun zarur bo’lgan mol-mulkni o’z ichiga oladi.
Uning salmog’i va tarkibi yalpi mahsulot ishlab chiqarishda va aholi farovonligini
oshirishda katta imkoniyatlar yaratadi.
Mamlakat aholisining turmush darajasi ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi va
tarkibi bilan ifodalanadi. YAkuniy shaxsiy iste`mol tarkibi (shaxsiy iste`mol
xarajatlari), ayniqsa, muhim ahamiyatga ega.
Iste`molning umumiy hajmida uzoq muddat foydalanishga mo’ljallangan
tovarlar ulushining yuqoriligi aholining turmush darajasi va mamlakat iqtisodiy
taraqqiyoti darajasining yuqoriligidan dalolat beradi.
Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulotdan aholining
rivojlanish indeksi va mamlakatning ijtimoiy taraqqiyoti indeksini hisoblashda
foydalaniladi. U jamiyat taraqqiyoti darajasi bo’yicha davlatning xalqaro miqyosdagi
o’rnini belgilashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Iqtisodiy omillar orasida milliy daromadning o’sishi alohida e`tiborga loyiq.
Bu ko’rsatkich hozirgi avlod mehnatining samarasi tarzida
aholi turmush darajasi
o’sishining manbai hisoblanadi.
Milliy daromad yil davomida moddiy ishlab chiqarish sohasida yangitdan
yaratilgan qiymat yoki natura shaklidagi umumiy ijtimoiy mahsulotning uni ishlab
chiqarishga sarflangan barcha moddiy xarajatlar. Bu qiymat jamiyatning «sof
daromadidir».
Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad ajratib
ko’rsatiladi. Foydalanilgan milliy daromad o’z navbatida iste`mol fondi va
jamg’arma fondlariga bo’linadi.
Iste`mol fondi – bu milliy daromadning aholi, va umuman, jamiyatning moddiy
va ma`naviy ehtiyojlarini (ishlab chiqarish sohasi va mudofaa xarajatlari) qondirishga
mo’ljalangan qismidir.
Jamg’arma fondi – bu milliy daromadning fan-texnika taraqqiyoti va ishlab
chiqarish rivojlantirishga yo’naltiriladigan qismidir.
Ko’rsatib o’tilgan fondlar o’rtasidagi nisbat odatda iste`mol fondining
foydasiga bo’ladi, ammo bu ustunlik ma`lum me`yorda bo’lishi lozim (masalan,
bozor munosabatlariga o’tish sharoitida milliy daromadda iste`mol
fondi qissasining
oshirilishi investitsiyalarning keskin kamayishiga olib keldi, bu o’z navbatida
fantexnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy salbiy ta`sir
o’tkazadi).
Milliy daromad va yalpi mahsulotning o’sishi ish haqi, pensiyalarning eng kam
miqdorini, ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish, turli ijtimoiy dasturlarni bajarish va
hoqazolarga imkon yaratadi.
Milliy daromadning hajmi va
dinamikasi mehnat unumdorligi, ish bilan
bandlik, tarmoqtarkibi, investitsiyalar hajmi, ijtimoiy sohaning rivojlanish darajasi
kabi omillarga bog’liq.
Mehnat unumdorligi darajasi va o’zgarishi yalpi mahsulot va milliy
daromadning o’sishini belgilovchi muhim omillardan biri bo’lib, aholining turmush
darajasi mehnat unumdorligining o’zgarishiga bog’liq holda oshadi (kamayadi). O’z
navbatida mehnat unumdorligi ilmiy texnika taraqqiyoti, mehnat,
ishlab chiqarish va
15
boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy omillarga (xo’jalik
mexanizmini
takomillashtirish,
mehnatni
rag’batlantirishni
oshirish,
ijtimoiy
sohaning rivojlanishi va boshqalar)ga bog’liq bo’ladi.
Ijtimoiy sohaning (fan, ta`lim, sog’liqni saqlash, madaniyat) rivojlanishi
aholining ijtimoiy (ma`naviy, madaniy) ehtiyojlarini qondirishni ko’zda tutadi,
millatning salohiyatini oshirish ko’maklashadi, uning salomatligini saqlaydi va
mustaqkamlaydi, jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta`sir o’tkazadi.
Keltirib o’tilgan barcha omillar orasida uzviy aloqa mavjud bo’lib, ularny
birgalikda ko’rib chiqish orqaligina turmush sifatining barcha tarkibiy qismlarini
tavsiflash mumkin.
Ijtimoiy taraqqiyot turmush darajasining yaxshilanib borishida (ayrim
davlatlarda pasayishi mumkin) ifodalanadi. XX – asrning o’rtalariga kelib barcha
rivojlangan davlatlarda aholi farovonligi oshib bordi,
majburiy ish vaqti qisqardi,
mehnat sharoitlari yaxshilandi, o’rtacha umr ko’rish davri uzaydi.
Tahlillar shuni ko’rsatadi, oxirgi 30-40 yil ichida rivojlangan davlatlarda ham
keskin siljish ruy berdi. O’rtacha umr ko’rish davri shu yillar ichida 15-18 yilga o’sdi,
go’daklar o’limi 2 baravar qisqardi, boshlang’ich va o’rta maktablarda ta`lim
oluvchilar soni 1,5 barobar oshdi.
Taraqqiyotdagi muvaffaqiyatlarga qaramay, ko’pgina mamlakatlarda insonning
kundalik ehtiyojlari to’la qondirilgan emas. Rivojlanayotgan davlatlar aholisining har
uchinchisi muhtojlikda yashamoqda, 1 mlrd. dan ortiq
odam eng zarur ijtimoiy
ta`minot (birlamchi tibbiy xizmat, boshlang’ich ta`lim, toza ichimlik suvi bilan
ta`minlanish va to’yib ovqatlanish)dan mahrum. Rivojlangan davlatlarda yashovchi
salkam 100 mln. kishi davlatdan yordam olishiga qaramay rasmiy qashshoqlik
darajasidan kam daromadga ega.
Hozirgi kundagi rivojlanish sur`ati, tinchlik va taraqqiyot yo’lidagi hamkorlik
umumjahon ahamiyatiga ega bo’lgan vazifalarni hal etish uchun imkoniyatlar
yaratmoqda. Kelgusi asrda insoniyat salohiyatining rivojlanishiga ko’maklashish
uchun aholi o’sishini, ijtimoiy xizmat ko’rsatishi tartibga solish, yangi ish o’rinlarini
yaratish,
qashshoqlikka barham berish, tabbiy muqitlarni yaxshilash kabi
muammolarni hal etishda xalqaro kelishuvlarga erishish lozim.
Dostları ilə paylaş: