Samarqand davlat universiteti


 Mehnat qilishga qobiliyatli aholi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/46
tarix09.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#120682
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
mehnat resurslari iqtisodiyoti (1)

 
4. Mehnat qilishga qobiliyatli aholi. 
«Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnat qilishga qobiliyatli aholi» tushunchasini 
ta`riflab olgandan keyin mehnat resurslariga kiradigan fuqarolarning boshqa 
kategoriyalariga – ishlaydigan o’smirlar va ishlaydigan pensionerlarga o’tish 
mumkin. 
Fuqarolarning ana shu qismining mamlakat xo’jaligidan mehnat bilan bandligi 
huquqiy asosini hamisha qonun bilan belgilanadi. Xususan hozirgi vaqtda aholining 
mehnat bilan bandligi sohasidagi davlat siyosatining eng muhim tamoyillaridan biri 
sifatida tilga olingan. 
Sobiq Sovet Ittifoqida, shu jumladan O’zbekistonda ham xalq xo’jaligida 
o’smirlarning mehnat qilishi unchalik keng tarqalmagan edi. O’zbekiston 
Respublikasining mehnat to’g’risidagi qonunlari kodeksiga muvofiq 16 yoshda 
kamroq bo’lgan shaxslarga faqat favqulodda xollardagina, korxona, muassasalar, 
tashkilotlarining kasaba uyushmalari bilan kelishgan xolda o’n besh yoshdan 
ishlashga ruxsat etilgan. Bundan tashqari, o’quvchilarni o’n to’rt yoshdan boshlab 
o’qishdan bo’sh vaqtlarida ularni unumli mehnat qilishga tayyorlash maqsadida 
engilroq ishlar bilan shug’ullanishlariga ota-onalaridan biri yoki ularning o’rnini 
egallovchilarning roziligi bilan ruxsat etiladi. 
Mehnat resurslarining sonini hisoblab chiqish quyidagi tarzda taqdim etilishi 
mumkin: 
mehnat resurslari mehnat qilishga layoqatli aholi – mehnat qilish yoshidagi 
ishlamaydigan I va II gurh nogironlari ishlamaydigan imtiyozli pensionerlar + 
ishlovchi o’smirlar + ishlovchi pensionerlar. 
Hisoblashni shartli misol asosida ko’rsatib o’tamiz. Aytaylik, mehnatga 
layoqatli aholi 8 mln. kishini tashkil etadi, shu jumladan ishlamaydigan I va II guruh 
nogironlari 0,6 mln.kishi, ishlovchi, o’smirlar -0,1 mln. kishi, ishlovchi pensionerlar 
– 1,5 mln. kishi. 
Mehnat resurslari soni qo’yidagilarni tashkil etadi. 
8-0, 6+0,1+1,5=10,2 (mln. kishi). 
Mehnat resurslari inson resurslarini ifodalaydigan birdan-bir tushuncha emas. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin