5. Mehnat resurslari iqtisodiyoti fanini rivojlantirish holatlari Mehnat resurslari iqtisodiyoti fanini rivojlantirish uchun quyidagi holatlar ham
muhimdir. Ijtimoiy bozor iqtisodiyotida mehnat resurslari iqtisodiyoti fani sohasidagi
nazariy va amaliy bilimlarning murakkablik darajasi keskin oshmoqda, bunga sabab
ularda ijtimoiy sheriklik sub`ektlari manfaatlarini ob`ektiv ravishda aks ettirish
zarurligidir. SHuning uchun ham mehnat resurslari iqtisodiyotaning bu sub`ektlardan
faqat bittasining xizmatkoriga aylanib qolmasligi, uning idoraviy manfaatlariga amal
qilib qolmasligi nihoyatda muhimdir.
Hozirgi sharoitda mehnat resurslari iqtisodiyoti fanining mazmuni va uning
ta`lim bosqichlari bo’yicha tuzilishi masalasi mehnat sohasi to’g’risidagi jahon fani
yutuqlari va qorijiy pedagogik amaliyot yutuqlarini hisobga olgan holda hal etilishi
lozim. Mehnat resurslari iqtisodiyoti fani ish kuchiga bo’lgan talab va taklifni
belgilab beradigan omillarni, ish kuchi bahosini, inson kapitaliga qo’yilgan
investitsiyalarni, ishsizlik bilan inflyatsiyaning nisbatini, kasaba uyushmalarining
mehnat bozoriga ta`sir munosabatlarini boshqarish sohasidagi kasbiy bilimlarni,
malakalarni sifat jihatidan o’zgartirish va kengaytirish imkonini beradi.
Bu yangi bilim mehnat sohasidagi sotsial adolat to’g’risida, iqtisodiyotni har
tomonlama kengaytirish jarayonlari haqida, texnologik taraqqiyotidagi, mehnat
munosabatlaridagi o’zgarishlar to’g’risida: mehnat bozorining harakat mexanizmlari
va rasmiy negizlari to’g’risidagi bilimlar, mehnat bilan bandlikning yangi
kontseptsiyasi va insonning mehnat sohasidagi xulq-atvori, sotsial sheriklik va
mehnat bozoridagi kamsitilish to’g’risida, ishsizlik, muxrfaza va hokazolar
to’g’risida tasavvur beradi. Bu o’z navbatida shak-shubxasiz korxona yoki firma
ichidagi kadrlar siyosati, mehnat unumdorligi, kasbga ko’nikish va mehnat sababiga
doir dasturlarga baho berish va ularni tahlil qilish usullari to’g’risidagi bilimlarga
ham taallukdidir.