Samarqand davlat universiteti


Uz-o’zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/46
tarix09.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#120682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
mehnat resurslari iqtisodiyoti (1)

Uz-o’zini tekshirish uchun savollar: 
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat resurslarining predmeti nima? 
2. Mehnat resurslari iqtisodiyoti uch yo’nalish sintezi deganda nimani 
bildiradi? 
3. Mehnat resurslari iqtisodiyoti bozor iqtisodiyoti sharoitida o’ziga xos 
xususiyatlari nimada? 



4. Fan sifatida mehnat resurslari iqtisodiyoti muammolari o’tmishi, bugungi 
kun va kelajakning nisbati sizning nazaringizda nimalarda bo’linishi mumkin? 
5. Mehnat resurslari iqtisodiyotini rivojlantirishda qanday muammolar bor, 
ularni qanday hal qilish mumkin? 
 
2-MAVZU 
MEHNAT RESURSLARI IJTIMOIY-IQTISODIY 
KATEGORIYA SIFATIDA 
 
REJA: 
1. Moddiy ne`matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish tarkibi. 
2. Jismoniy va ma`naviy rivojlanish. 
3. Mehnat resurslari strukturasi. 
4. Mehnat qilishga qobiliyatli aholi. 
5. Iqtisodiy jihatdan faol aholi. 
Tayanch iboralar: Moddiy ne`matlar, xizmatlar, inson resurslari, jixo-fiziologik 
sifatlar, inson parvarlashtirish, aqliy potentsial, jismoniy va ma`naviy rivojlanish, 
to’laqonli xodim, layoqatli, qobiliyatli, imtiyozli shartlar, nogironlar, ish kuchi. 
 
1. Moddiy ne`matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish tarkibi 
Moddiy ne`matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish ikkita zarur tarkibiy 
qismdan: bir tomondan, moddiy resurslar (xom-ashyo, asbob-uskunalar va x.k.)dan 
va ikkinchi tomondan,inson resurslaridan, ya`ni kasb malakalari va bilimlariga ega 
bo’lgan xodimlardan iborat bo’ladi. Boshqacharoq qilib aytganda mamlakat 
aholisining bir qismi bo’lgan inson resurslari moddiy resurslar bilan bir qatorda 
iqtisodiy rivojlanish omili sifatida ham namoyon bo’ladi. Biroq bu omillar o’z 
xususiyatlariga qarab bir birlaridan muhim belgilari bilan farqlanadi. 
Inson resurslari bo’lar odamlardir, ular faqat moddiy ne`matlar yaratib qolmay, 
shu bilan birga ularni iste`mol ham qiladilar. Odamlar o’zlarning moddiy va 
ma`naviy ehtiyojlari jihatidan unchalik bir xil emaslar. Bunga ularning jinsi, yoshi, 
sog’ligi, oilaviy axvoli, ma`lumot darajasi va boshqa ijtimoiy, psixo-fiziologik 
sifatlari sabab bo’ladi, shuning uchun bir kishi ikkinchisiga o’xshamaydi. 
Mehnat sohasida odamlarning muhim extiejlari amalga oshadi, lekin hamma 
ehtiyojlari ham ro’yobga chiqavermaydi. SHuning uchun ham mehnatdan samarali 
foydalanish uchun insonning shaxs sifatidagi talabalarini esda to’tish muhimdir. 
Boshqacha aytganda, iqtisodiyotining muvaqiyatli rivojlanishi shuni taqozo qiladiki, 
murakkab xo’jalik mexanizmining samarali faoliyat ko’rsatishi uchun amalga 
oshiriladigan hamma sohada inson va iqtisodiyot manfaatllariga rioya qilinishi lozim. 
SHuning uchun butun dunyoda taxminan shu asrning 70 yillaridan boshlab 
iqtisodiyotni insonparvarlashtirish degan g’oya tobora ko’proq qaror topayotgani 
bejiz emas. Bu g’oyaning mohiyati shundan iboratki, mazkur tilga olib o’tilgan 
omilning o’zaro ta`sir ko’rsatishda asosiy e`tibor insonga qaratiladi. Bu tabiydir, 
chunki odamlarning ehtiyojlari tobora tezroq orta boradi, moddiy ne`matlar ishlab 



chiqarishda va xizmatlar ko’rsatishda bilimlarning, jamiyat aqliy potentsialining roli 
orta boshladi, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyati turlaridan shaxsga doir 
sifatlar, xodimning qobiliyatlari ko’proq tanlana boshlaydi, va ulart yankada 
chuqurlashib bordi. Masalan, yaxshi jarrox bo’lish uchun birgina tibiyot bo’yicha 
mutaxassislik diplomining o’zi kifoya qilmaydi. Bunda mazkur mutaxaassis 
bajaradigan vazifalarga mos keladigan insoniy sifatlar eng ko’proq zarur bo’ladi. 
Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan Isloxiy o’zgarishlar davrida hamma 
narsalarni inson ehtiyojlari va taqdiri bilan muvofiqlashtirish muhimdir. 
Mehnat resurslari mamlakat aholisining o’z psixofiziologik va aqliy sifatlari 
bilan moddiy ne`matlar ishlab chiqarishga yoki xizmatlar ko’rsatishga qodir bo’lgan 
qismidan iboratdir. 
Bu ta`rifdan shu narsa kelib chiqadiki, mehnat resurslari iqtisodiyotda mehnat 
bilan band bo’lgan kishilarni ham, mehnat bilan band bo’lmasa ham mehnat qilishlari 
mumkin bo’lgan kishilarni ham, mehnat bilan band bo’lmasa ham mehnat qilishlari 
mumkin bo’lgan kishilarni ham qamrab oladi. Boshqacha aytganda, mehnat resurslari 
xaqiqiy (real) va potentsial xodimlardir. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin