Samarqand davlat universiteti


 Jismoniy va ma`naviy rivojlanish



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/46
tarix09.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#120682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
mehnat resurslari iqtisodiyoti (1)

 
2. Jismoniy va ma`naviy rivojlanish. 
Inson tanlangan biror faoliyat sohasida ishlay olishi uchun unga muayyan 
jismoniy va ma`naviy rivojlanish darajasi zarur bo’ladi. Jismoniy rivojlanish darajasi 
bir tomondan, iqtisodiyotning ehtiyojlari bilan belgilanadi, ikkinchidan, tarzdagi 
cheklashlar bilan, ya`ni jamiyatning o’z fuqarolarining sog’ligini muqofaza qilish va 
mustahkamlashdan manfaatdorligi bilan belgilanadi, chunki ular kishilik jamiyatining 
eng muhim boyliklaridan biri hisolanadilar. 
Ma`naviy rivojlanish darajasi deganda umumta`lim va kasbiy bilimlar hamda 
ko’nikmalar, shaxsiy xususiyatlar tushuniladi. Bu xususiyatlar insonning tanlangan 
faoliyat sohasida muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur shart hisoblanadi. 
Insonning har ikkala sifati bo’lgan jismoniy va ma`naviy rivoji tasvirlarining 
ahamiyati iqtisodiyotning rivojlanib borishga qarab doimiy xolda o’zgarib boradi. Bu 
xol o’z navbatda mehnat sohasidagi mavjud jahon tamoyilini to’liq aks ettiradi. 
Iqtisodiyotda va umuman jamiyatda tez va chuqur o’zgarishlar bo’lib to’rgan 
davrlarda kishilarning jismoniy va ma`naviy fazilatlarining roli ayniqsa ortadi. 
Markazlashgan xolda iqtisodiyotni rejlashtirishdan bozor munosabtlariga o’tish 
mamlakat fuqorolarning turmush tarzida tubdan o’zgarishlarni yuzaga keltiradi. Bu 
jarayon o’tish davrini boshdan o’tkazgan barcha mamlakatlar uchun ham ob`ektiv 
sabablarga ko’ra qiyin tarzda kechadi. Tajribalardan shu narsa aniqki, umuman 
jamiyat va xususan har bir fuqaro agar isloxiy yangiliklarga tezroq moslashib borsa, 
sotsial-iqtisodiy o’zgarishlar davrini muvaffaqiyatliroq o’tadi. Bu o’rinda insonning 
jismoniy sifatlari ham, ma`naviy sifatlari ham ilgari xukumron bo’lgan bir 
tomonlama va qoloq xo’jalikyuritish tizimiga qaraganda ko’proq namoyon bo’ldi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish esa aksincha, insonning tashabbuskor va faol 
bo’lishini nazarda tutadi. Uning qanday yashashi o’zining yangi iqtisodiy tizimga 
singib u bilan hamoxang bo’lib ketish mahoratiga bog’liq bo’ladi. Insonning jismonii 
imkoniyatlari va ma`lumotlilik darajasi ma`naviyati qanchalik yuqori bo’lsa, bu narsa 
shunchalik muvaffaqiyatliroq kechadi. 



Zarur jismoniy va ma`naviy imkoniyatlar insonning yoshiga bog’liq bo’ladi. 
Ular inson hayotining ilk va etuk davrlarida shakllanadi va rivojlanib boradi, qarilik 
chog’ida esa, tabiiy ravishda bir muncha kamayib boradi. 
SHunday qilib, insonning yoshi o’ziga xos mezon bo’lib, mavjud aholi 
orasidan mehnatga yaroqli mehnat resurslarini ajratib olish imkoni yuzaga keladi. 
Biroq biz bu mezonning nisbiyligini, qayd qilgan xolda, odamlar ham bir hil 
emasligini ta`kidlamog’imiz lozim. SHuning uchun ham inson to’laqonli xodim 
bo’lib etishishi uchun etarli narsalarni qo’lga kiritishlari va ularni turli davrlarda 
sarflashlari lozim. Mehnat resurslariga kimlarni kiritish, ularning sonini aniqlash 
kerak bo’lib qolganda xuddi shu ko’rsatkichlar hisobga olinadi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin