4. Kishilarning ehtiyojlari va u bilan bog’langan sotsial omillar Sotsial omillar kishilarning ehtiyojlari bilan bog’langan bo’ladi yoki ularning
qandaydir hislatlarini aks ettiradi. Iqtisodiy omillar ishlab chiqarish ehtiyojlari va
hodimlar hizmat ko’rsatish sohalarni ifodalaydi. Ulardan ikkitasini qarab chiqamiz.
Bu, birinchidan, mehnat bozorida ish kuchiga bo’lgan talabdir. Talab qanchalik
ko’proq bo’lsa, pensionerlarning ishga joylashishlari uchun imkoniyatlar shunchaniq
ko’proq bo’ladi. Ikkinchidan, iqtisodiyotda ish o’rinlarining mavjudligi katta
yoshdagi kishilarning jismoniy axvoli, umumta`lim va kasb tayyorgarligini hisobga
olgan xolda ular mehnatidan foydalanish xususiyatlari mos keladi.
Iqtisodiyotda hamisha pensiya yoshdagi kishilar mehnatidan foydalanish
«nuqta»lari bo’ladi. Ular orasida yuqori aqliy malaka ishlatishni talab qiladigan
faoliyat turlari ham bo’ladiki, ular insondan yuqori umumta`lim tayergarligini va
muayyan amaliy tajribani talab qiladi. Ko’pgina maktab o’quvchilari, oliy va o’rta
maxsus o’quv yurtlarining muallimlari, shifokorlar, ilmiy xodimlar va boshqa yuqori
aqliy faoliyat turlari vakillari borki, ular pensiya marrasidan o’tgandan keyin ham
muvaffaqiyatli mehnat qilib kelmokdalar. Pensiya yoshining dastlabki besh yilida
(erkaklar uchun 60-64 yosh, ayollarda 55-59 yoshda) aholida faollik seziladi.
SHunday ish o’rinlari ham borki, ularda oliy ma`lumot va kasb tayergarlligi
talab qilinmaydi. YA`ni ma`lumotli birmuncha kamroq pensioner kishilar ham o’z
mehnat sohalarni topib olishi mumkin. Albatta, iqtisodiyotdagi taraqqiyot ular
mehnatidan foydalanish imkoniyatlarini toraytirib bormoqda. Biroq biz «murakkab
ishlar», «oddiy ishlar», «yuqori tayyorgarlik darajasi», «pastroq tayyorgarlik
darajasi» kabi tushunchalarning nisbiyligini esda to’tishimiz lozim. Mehnat
faoliyatining barcha turlari murakkablashib boradi. Biroq ayni vaqtda bugungi
kundagi pensionerlar o’rniga bir muncha ma`lumotliroq va yaxshiroq zamonaviy
ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko’rgan pensionerlar kelishadi.