O’z-o’zini tekshirish savollari: 1. Mehnat resurslarini shakllantirish deganda nimani tushuniladi?
2. Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi kimlar?
3. Ishlaydigan o’smirlarga kimlar kiradi?
4. Ishlaydigan pensionerlar kimlar?
5. Sotsial omillar bilan iqtisodiy omillar o’rtasida farq bormi?
5 – MAVZU MEHNAT RESURSLARI VA MEHNAT POTENTSIALI REJA: 1. Mehnat resurslaridan foydalanish va mamlakatning mehnat potentsiali.
2. Mehnat resurslarini taqsimlash.
3. YOnlanma xodimlar va korxona rahbari.
4. Mehnatni tatbiq qilish samaradorligi.
Tayanch iboralar: Mehnat, foydalanish, potentsial, taqsimlash, statistik
tamoyillar,
shartnoma,
kooperativ,
mulkchilik,
pirovard
natija,
mintaqaviy
xususiyatlar, iqtisodiy kon`yuktura, demografik omillar va hokazo.
1. Mehnat resurslaridan foydalanish va mamlakatning mehnat potentsiali «Mehnat resurslaridan foydalanish» va «mamlakatning mehnat potentsiali
tushunchalari o’zaro bir-biri bilan bog’liqdir.
Biz bu erda foydalanish deganda iqtisodiyotning resurslaridan biri bo’lgan
mehnat resurslarini ta`riflovchi ikki yo’nalishni tushunamiz. Bu, birinchidan, mehnat
resurslarining taqsimlanishi va ikkinchidan, ularning mehnatidan xalq xo’jaligida
foydalanish samaradorligidir.
Mehnat resurslarini taqsimlashga bog’liq ravishda inson resurslarining
imkoniyatlari rivojlanish omillari sifatida katta yoki kichik bo’lishi mumkin.
Masalaga ana shu tarzda yondashish jamiyatning mehnat potentsialini, xududni,
korxonalarni o’rganish va aniq imkonini beradi. Mehnat potentsialini sifat
o’lchovidagi mehnat resurslari sifatida ta`riflash mumkin.
YUqorida aytilganlardan shu narsa aniqki, «mehnat potentsiali» tushunchasi
mehnat resurslari va iqtisodiyotning o’zaro ta`sirini o’rganishga yordam beradigan
alohida omildir.