23
Ishlamaydigan aholi (mehnat bilan band aholi) o’z
navbatida ayrim tarmoqlar,
kasb guruhtari bo’yicha taqsimlanishi, shu jumladan,
aqliy va jismoniy mehnat
bo’yicha, mehnat rejimi bo’yicha (to’liq yillik bandlik, to’liq bo’lmagan ish kuni va
haftasi va hokazo), nixoyat sotsial-iqtisodiy sohalar bo’yicha qarab chiqiladi.
Respublikamiz
iqtisodiyotining
jahon
xo’jaligi
tizimiga
kirib
borish
munosabati bilan asta-sekin ilmiy tamoilga mehnat resurslarini
taqsimlash jihatlari
kirmoqda va qaror topmoqda, ular xalqaro statistik tamoyillar asosida ko’rilmoqda,
buning natijasida boshqa mamlakatlarning tegishli ko’rsatgichlari bilan taqqoslashga
erishiladigan bo’layotir.
Xalqaro jihatlardan biri mehnat bilan bandlarni «iqtisodiy
faoliyat turlari
bo’yicha» taqsimlashdir. Bu jihatning mazmun iqtisodiy faoliyat turlarining
klassifikatori, mahsulot va xizmatlar klassifikatori deb belgilangan. Unga xalqaro
standart tarmoq tasniflash va xalqaro asosiy mahsulotlar
klassifikator kiradi, ular
BMTning statistika tomonidan ishlab chiqilgan.
Albatta, mehnat resurslarini taqsimlashning boshqa turlari ham bor. Bo’lar
jinsi, yoshi, ma`lumot darajasi, sog’ligi bo’yicha taqsimlashdir. Barcha odamlar o’z
qobiliyati va ehtiyojlari bo’yicha turli-tumanligi uchun ham samaradorlik ham,
ishga
bo’lgan ehtiyoj ham bir xil emas.
Mehnat resurslarining tuzilishiga yosh nuqtai nazardan murojaat qilish ayniqsa
muhimdir, u ayniqsa bozor sharoitida ko’proq ahamiyatga egadir. Amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning mavaffakiyati yoshlarning soniga ko’p
jihatdan bog’liq bo’ladi. YOshlar yangi iqtisodiy «rux»ni o’zlari va mamlakat foydasi
uchun muvaffaqiyatliroq o’zlashtirib oladilar.
Mehnat resurslarini taqsimlash demografik va sotsial-iqtisodiy
rivojlanishning
mintaqaviy
shart-sharoitlari
ta`siriga
ancha ko’proq uchraydi. Demografik
omillarning ta`siri aholining yosh tuzilishi orqali namoyon bo’ladi, u odatda turli
mintaqalarda turlicha bo’ladi. Mehnatga layoqatli yoshdagi
kishilarning ishlaydigan
va ishlamaydigan qismlarga bo’linishi ma`lum darajada ana shu bilan belgilanadi.
Aholi orasidagi kichik yoshli bolalar soni o’zlarining uy-ro’zg’or ishlariga
bag’ishlaydigan ayollar soniga ta`sir ko’rsatadi. Tajriba shundan dalolat beradiki, bu
ikki ko’rsatgich o’rtasida bevosita bog’liqlik bor.
Ishlamaydiganlardan anchagina qismini mehnat qilish yoshdagi o’quvchilar
tashkil etadi. Ularning qancha bo’lishi tegishli
yoshdagi yoshlarning soniga
bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: