Samarqand davlat universiteti


Fuqarolarning ijtimoiy foydali faoliyati



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/46
tarix09.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#120682
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46
mehnat resurslari iqtisodiyoti (1)

2.Fuqarolarning ijtimoiy foydali faoliyati 
Fuqarolarning ijtimoiy foydali faoliyati. Aholini ish bilan bandligi inson 
ijtimoiy rivojlanishning eng muhim jihatlaridan biri-uning mehnat sohasi va u bilan 
bog’liq bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy xodisa sifatida quyidagicha ta`riflash mumkin: ish 
bilan bandlik – fuqorolarning ijtimoiy foydali faoliyati bo’lib, u shaxsiy va ijtimoiy 
ehtiyojlarni qondiradi va odatda ish haqi (mehnat daromadi) keltiradi. 
Iqtisodiyotning sifat jihatidan oldingisidan farq qiluvchi har bir rivojlanish 
bosqichiga ish bilan bandlikning muayyan modeli (kontseptsiyasi) mos keladi, chunki 
uning xususiyatlari jamiyat faoliyatining muhim jarayonlarini ochib beradi. 
Aholini ish bilan bandlik kontseptsiyasi – jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishning muayyan bosqichidagi ish bilan bandlikning xususiyatini ochib 
beradigan qarashlar, tasavvurlar tizimidir. Bunday nazariy tushunish markaziga uni 
rivojlantirishning ijtimoiy bozor tipidagi davlat uchun hos bo’lgan ob`ektiv 
jarayonlarni hisobga olgan xolda ish bilan bandlikning shakillanishi qo’yiladi va 
muayyan davr mobaynidagi qo’yilgan maqsadlarga erishishning real imkoniyatlari 
bilan cheklanmaydi. 
O’zbekistonda aholining ish bilan bandligi haqidagi qonun qabul qilingan 
bo’lib, unda aholini ish bilan badlikning asosiy printsiplari ifodalab berilgan, bu 
tamoyillar ish bilan bandlik munosibatlariga bozor hususiyatini bag’ishlaydi. Birinchi 
tamoyil fuqarolarning unumli va ijodiy mehnat qilishga bo’lgan o’z qobiliyatlaridan 
foydalanishdan iborat favqulotda huquqidir. Mehnat qilishga majbur etish (qanday 
shakilda bo’lmasin) yo’l qo’yilmaydi. Faqat qonunda alohida belgilangan xollar 
bundan mustasnodir. 


28 
SHunday qilib respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotda umuminsoniy 
qadriyatlarni mustaqkamlash uchun muayyan qadam qo’yilgan bo’ladi, bu qadriyatlar 
orasida eng muhim mehnatning ihtiyoriyligidir. endilikda ijtimoiy mehnatning 
ihtiyoriyligidir. endilikda ijtimoiy mehnatda ishtirok etish kerakmi yoki kerak 
emasmi ekanligi tanlashdan iborat ustuvor hukuq insonning o’ziga tegishlidir. 
Xalq xo’jaligidagi aholini mehnat bilan bandligi endilikda amalda ijtimoiy 
foydali faoliyatining birdan-bir sohasi hisoblanmaydi. Mehnatning umumiyligi 
huquqiy burch sifatida mustahkamlangan vaqtda u ana shunday edi. Mehnat sohasi 
ijtimoiy foydali ish bilan bandlikning tarbiyalash va hokazolar kabi teng huqukli va 
hamma uchun qulay sohalardan biriga aylanmoqda. Ixtiyoriy ish bilan bandlikka 
barham berish sababi bitta u ham bo’lsa tirikchilik vositalarining g’ayriqonuniy 
manbaidir. 
O’zining mehnatga bo’lgan qobiliyatidan foydalanishdan iborat favqulotda 
huquq tamoyili insonning o’ziga ma`qul bo’lgan joyda o’zi hoxlagan vaqt mobaynida 
ishlash huquqini nazarda tutadi. Har kim o’zi uchun qulay vaqt va ish bilan bandlik 
usulini mustaqil tanlashi mumkin. Jinsi, yoshi, millati va boshqa belgilaridan qat`iy 
nazar hammaga doimiy, qisman, vaqtincha, axyon-axyonda bo’ladigan ish bilan 
bandlik, o’rindoshlik bilan ishlash ish vaqtining tashkil etishning moslashuvchan 
grafiklari hosdir. Kasb tanlashdagi huquqning cheklanmaganligi va iqtisodiyot 
sohalardan birida mehnat qilish huquqi ham muhim hisoblanadi (bunga yakka 
tartibda mehnat qilish ham kirishi mumkin). 
Favqulotda tanlash huquqi haqida gapirilganda bu huquqni jamiyatning har 
kimning u yoki bu ish bilan bandlik turi yoki kasbga bo’lgan ehtiyojini qondirish 
majburiyati bilan tenglashtirish to’g’ri bo’lmaydi. Jamiyat barcha uchun o’z 
qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish uchun teng huquqiy shart-sharoitlar berishi lozim, 
lekin bu kishi tadbirkor bo’lish-bo’lmisligi uchun shaxsiy fazilatlariga bog’liqdir. 
Ijtimoiy yo’naltirilgan iqtisodiyotda ish bilan bandlikning asosiy hususiyatlari: 
-ish bilan to’liq va samarali bandlikni birga qo’shib olib borish balansli xolga 
keltirish; 
-mehnat qilishning ixtiyoriyligi va mehnat sohasida inson huquklari hamda 
vazifalarining uyg’unlashuvi, hodimlarining ijtimoiy boqimandaligiga barham berish, 
munosib turmushni ta`minlaydigan ish topish imkoniyati uchun fuqoro bilan 
davlatning baravar mas`uliyati; 
-mehnat samaradorligini oshirish yo’lida mehnatni sarflash tarmoqlari, sohalar, 
kasblar va hududlar o’rtasida ish ko’chining erkin harakati; 
-yangicha mehnat sababi, tadbirkorlik va hodimlarning yuqori unumli mehnat 
qilishdan kuchli manfaatdorligi; 
-bozor iqtisodiyotining oqibatlarini mehnatkashlar manfaatini ko’zlab, aniq 
maqsad bilan yumshatib boradi. 
Bu hususiyatlar ish bilan bandlikning yangi sifat hususiyatlarini belgilab 
beradi, ularning shakillanishiga tegishli ish bilan bandlik siyosati mos kelishi lozim. 
Biz ish bilan bandlik siyosatini qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun jamiyatning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bevosita va bavosita ta`sir ko’rsatish choralari 
majmui sifatida qarab chiqamiz. Bunda ish bilan bandlik siyosatining maqsadlari ish 


29 
bilan bandlikning normativ holatini aks ettirishi kerak. Hozirgi kun muammolarini 
hal qilish bilan bunday holatga erishish mumkin. 
Ish bilan bandlikning siyosati bir necha darajaga egadir: umumdavlat 
(makrodaraja), mintaqaviy va mahalliy darajalar. Ish bilan bandlik siyosatining 
barcha darajalari yagona ish bilan bandlik bo’ladi, bu kontseptsiya iqtisodiy 
rivojlanishning qabul qilingan tipini aks ettiradi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin