5 – bosqich. Oila uyin borishi va natijasini taxlil (analiz) qiladi. Tahlil (analiz) davomida
oila azolarining dikkatini quyidagilarga qaratish maqsadga muvofiq.
1. Oila budjetini muhokama qilish (protsedura).
Kim kup variant taklif etdi? Oila a`zolarini ishontirish uchun qatnashchilar
qanday argumentlarni kulladilar?
3. Aholining farovonlik darajasini ifodalashda “turmush darajasi”, “xalq
farovonligi”, “turmush faoliyati xavfsizligi”, “turmush tarzi”, “mehnat faoliyati
sifati”, “ turmush sifati “ kabi turli xil tushunchalar qo’llaniladi. Ba`zan turli atamalar
bir mazmunni anglatsa, boshqa xollar ular o’rtasidagi farq muayyan harakter kasb
etadi, mazmuni sezilarli darajada farq qiladi. SHu bilan birga, mazkur tushunchalarni
o’zaro bog’liqligini xam aytib o’tish lozim.
Turmush darajasi – bu jismoniy, ma`naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning
rivojlanish darajasi, kondirilganlik kulami va ularni koniktirish uchun yaratilgan
imkoniyatlarni aks etiruvchi kompleks ijtimoiy – iqtisodiy kategoriyadir.
Turmush darajasi ko’rsatkichlari umumiy va xususiy turlarga ajratiladi.
Umumiy ko’rsatkichlarga: 1) milliy daromad; 2) iste`mol fondi (iqtisodiyot
tarmog’ining bevosita iste`molga yunaltirilgan mahsulotlar); 3) milliy boyliklar
iste`mol fondi (to’plangan iste`mol mulklari – turar joylar, madaniy-maishiy binolar,
buyumlar) kabilarning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ulushi kiritiladi. Bu
ko’rsatkichlar jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy tarakkiyotining umumiy darajasini
ifodalaydi.
Xususiy ko’rsatkichlarga: 1) iste`mol darajasi va usullari; 2) mehnat
shartomalri; 3) turar joy ta`minoti va maishiy qulayliklar; 4) ijtimoiy – madaniy
xizmat ko’rsatish darajasi; 5) bolalarni tarbiyalash sharoitlari; 6) ijtimoiy ta`minot va
boshqalarni keltirishimiz mumkin. Mazkur ko’rsatkichlar ijtimoiy tarakkiyot bilan
bog’liq bo’ladi.