Nazorat bileti ishlanishiga qo’yiladigan talablar: Xar kim o’zining guruh jurnalidagi o’rni bo’yicha biletni qabul qilib oladi va bajaradi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/17
tarix17.12.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#121281
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Nazorat bileti ishlanishiga qo’yiladigan talablar Xar kim o’zin

talablar 


amal da qo‘llash ko‘nikmasiga ham ega bo‘lishi zarur. 
Tajribali uslubchining tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondashishi:
g ‘oyalarini umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir
tarbiyachining imkoniyat va mahoratlarini hisobga olishiga qarab, farq-
lanadi. 
Uslubchi talablarni qo‘yishda talabchan va qat’iy bo‘lishi kerak.
Rahbarning o‘ziga bo‘ysinuvchilar bilan muloqotining emotsional-iro-
daviy tomonini ifodalovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim xislati- 
talabchanlilcni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, hayrixohlik, 
odamlarga hurmat bilan birga qo‘shib olib borish zarur. Talabchanlik - bu 
qattiqqo‘llik degan gap emas. Buyruqlar, qattiq tanbehlar, xayfsanlarning 
foydasidan ko'ra zarari ko‘proq va bu odatda rahbarning kuchliligidan emas,
balki zaifligidan dalolat beradi. Maktabgacha muassasa ta’lim- tarbiyaviy 
faoliyatining samaradorligi, uning obro'si ko‘p jihatdan peda- goglar jamoasining
jipslashganligiga, eng avvalo butun maktabgacha muassasa rahbar yadrosida 
birlik va o‘zaro tushunishning mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini ta'minlash;
kollektivda jamoatchilik fikrini, tarbiyachilarning bir-birlarining kamchi-
liklariga tanqidiy munosabatini shakllantirish, mehnat aktivligi va ijodiy
ishlash ehtiyojini rag'batlantirish; qabul qilingan qarorlar yechimini ta’minlash
kabi sotsial-psixologik masalalarni hal qilish uslubchi uchun birmuncha 
murakkablik qiladi. 
Uslubchi maktabgacha bolalar muassasasidagi ta'lim-tarbiyaviy ishga
uslubik rahbarlikni amalga oshiradi. 
«Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya dasturi»ning baja-
rilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi, ta’lim-tarbiyaviy ishning to‘g ‘ri 
uyushtirilishi uchun javobgar; 
ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, pe­ 
dagogik kengashda ko‘rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi;
maktabgacha bolalar muassasasidagi uslubik xonaning ishini tashkil
qiladi; bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qo‘llanmalar va o‘yin-
choqlarni tanlaydi. 
Ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni propaganda qilish, turli yosh
guruhlari tarbiyachilari, shuningdek maktabgacha bolalar muassasasi va maktab 
ishida ketma-ketlilikni ta’minlash bo'yicha ishni uyushtiradi. 
Uslubchi shuningdek pedagogik kengashni tashkil etadi va borish
jarayonini kuzatib boradi. Pedagogik kengash-jamoa pedagoglari fikrini 
ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy masalalarni kollegial


ko‘rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, uslubik mahorat maktabi va ilg‘or 
tajriba minbaridir. 
Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri pedagogik kengash raisi
hisoblanadi. Pedagogik kengash tarkibiga: uslubchi, tarbiyachilar, musiqa rah- 
bari, maktabgacha ta'lim muassasasiga xizmat ko'rsatuvchi vrach, katta hamshira,
kasaba uyushma qo‘mitasining raisi, ota-onalar qo‘mitasining raisi kiradi. 
Pedagogik kengash yig‘ilishiga jamoat tashkilotlarining
vakillari, maktablar o ‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasasi
tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi mumkin. 
Pedagogik kengash maktabgacha muassasaning yillik ish rejasiga
kiritilgan va pedagoglar pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan reja bo‘yicha 
ishlaydilar. 
Maktabgacha ta ’lim muassasalarida kollegial organ hisoblangan pe­ 
dagogik Kengashlar tashkil etilib, u pedagogik xodimlar, ota-onalar,
homiylarni birlashtirib, maktabgacha ta’lim Davlat talablari asosida
muvofiqlashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat
qiladi. 
Pedagogik Kengash maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya
jarayonidagi asosiy masalalarni hal etuvchi doimiy faoliyat ko‘rsatadigan
organ hisoblanadi.
Metodist jamoani boshqarishda o’zi shaxsiy naamuna bo’lishi lozim ya’ni u 
barcha ishlarini oldida boshida bo’lib yetkchilik qiladi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin