9-mavzu. Tarbiya fani darsliklari, metodik qo‟llanmalar va ularga qo‟yiladigan talablar. Tarbiya fanini o`qitishda boy milliy ma‟naviy me‟roslardan foydalanish



Yüklə 397,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix23.12.2022
ölçüsü397,56 Kb.
#121732
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
6UKmiqoEc75TJRfoxtG406r2oJguGDVls2HXTmHM

3. 
“Xotira zanjiri” mashqi 
Qatnashuvchilar doira bo‗lib o‗tirib oladilar. Har bir ishtirokchi o‗z ismini 
aytadi va ismining birinchi harfiga ijobiy sifat keltiradi. Ishtirokchi o‗z ismini 
aytishdan oldin o‗zidan oldingi barcha ishtirokchilarning ismlari va ijobiy 
sifatlarini qaytarib o‗tadi. (masalan: Aziza- aqlli, Dildora – dono va xokazo)
Boshlovchi sifatlarning ijobiyligi va qaytarilmasligiga e'tibor berishi zarur.
Ishtirokchi sifat tanlashga qiynalgan hollarda, trener auditoriyadan 
ishtirokchiga yordam berishni so‗rashi mumkin. 
4. 
. “Ichki va tashqi doiralar” mashqi 
Quyidagi bosqichlardan tashkil topgan: 
1. Qatnashuvchilar bir-biriga qarab, ichki va tashqi doira bo‗lib turib 
oladilar. 
2. Qatnashuvchilar ro‗paralaridagi sheriklari bilan juftlik hosil qiladilar. 
3. Qatnashuvchilarga muhokama qilish uchun savol beriladi. Qisqa muddat 
davomidagi mulohazadan so‗ng ularga savolni o‗z sherigi bilan muhokama qilish 
uchun 1-2 daqiqa vaqt beriladi.
4. Savol juftliklarda muhokama qilingandan so‗ng, boshlovchining ishorasi 
bo‗yicha doiralar har xil tomonga bir qadamga suriladilar. Natijada yangi juftliklar 
hosil bo‗lib, yangi savolni yangi suhbatdosh bilan muhokama qiladilar.
5. Bu jarayon har bir bola bir necha boshqa qatnashuvchilar bilan juftlik
hosil qilib chiqmagunicha yoki o‗zining dastlabki sherigiga qaytmagunicha davom 
etadi.
Doiralar harakatlanishi davomida savollar o‗zgaradi.
Foydalanish doiralari Mashg‗ulotlarda mavzuga oid savollarni muhokama 
qilishda, tanishuvda qo‗llash mumkin. 
Ushbu mashqdan qatnashuvchilarga bir-biri to‗g‗risida ko‗proq bilib olish
o‗z xavotirlari, kelajakka intilishlari va umidlari bilan o‗rtoqlashishga imkon 
berish uchun mashg‗ulotlarda foydalanish mumkin.
Ota-onalar majlislarida bola tarbiyasiga oid masalalarni hal etishda, bog‗cha 
muammolarini hal etishda, tanishishda qo‗llash mumkin. Bundan tashqari 
pedkengashda hamkasblar o‗rtasida ham qo‗llansa maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Afzalliklari Barcha qatnashuvchilar ish bajaradi, ularning har biri kerakli 
axborotni aniqlashtirishi, do‗stlaridan yordam olishi mumkin. Ushbu mashq 
jamoani jipslashtiradi.


Muhokama uchun savollar, masalan, ―Sizda qulaylik hissini nima 
uyg‗otadi?‖ 
yoki ―Sizni kelajagingiz bilan bog‗liq nima ko‗proq 
tashvishlantiradi?‖ kabi savollar tengdoshlarning o‗zaro o‗qitish jarayonini 
rag‗batlantirishi mumkin.

Yüklə 397,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin