2-mavzu: Pedagogik jarayonda tarbiyaning mazmuni. Tarbiya jarayonining shakllari va metodlari. Ijtimoiy pedagogika asoslari



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/17
tarix10.01.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#122110
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
2-Maruza (3)

Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bo’linadi: kundalik faoliyat an’analari; bayram 
an’analari. 


Kundalik faoliyat an’analari o’quvchilarning o’quv faoliyati (o’zaro yordam 
turlari), va mehnat faoliyati (ko’chatlar o’tkazish, hasharlar uyushtirish va 
boshqalar)ni o’z ichiga oladi. 
Bayram an’analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar bilan 
bog’liq sanalar (хususan, «Alifbe bayrami», «Mustaqillik bayrami», «Navro’z 
bayrami», «Xotira va qadrlash kuni» va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil 
etilgan faoliyat kiradi. 
Ijtimoiy pedagogika
Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari 
bilan esa ijtimoiy pedagogika shug‘ullanadi.
Ijtimoiy pedagogika — bu pedagogik fanlarning muxim yo‘nalishlaridan 
biri, uning tadqiqot obe’kti shaxs bo‘lib, u aniq manzilga ega. YA’ni ijtimoiy 
pedagogikaning obyekti jamiyatdagi barcha shaxslar emas, balki ijtimoiy xayotda 
adashgan, odob-axloq, meyorlaridan og‘ishgan, ijtimoiy pedagogik yordamga 
muhtoj shaxslar, shuningdek, jamiyat a’zolarining ongini tarbiyalashdan iboratdir. 
Ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa — bolaning ijtimoiylashuvi jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogika — bu shaxslarning ijtimoiylashuvi xamda ularga 
ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganuvchi pedagogika 
fanining tarmog‘idir.
Shaxsning ijtimoiylashuvi esa — bu ma’lum jamiyatga mos bilimlar, 
qadriyatlar, meyorlar, xatti-harakatlartizimidan iborat ijtimoiy xayotga kirisha 
borish jarayonidir.  
1. Ijtimoiy pedagogika o‘quv predmeti va uning oldida turgan dolzarb
vazifalar.
Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi pedagogika fanining muxim muammosi 
xisoblanadi. O‘sib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya obyekti xisoblanadi. 
Insonning rivojlanishi butun xayoti davomida davom etadi. Bunda u turli 
o‘zgarishlarni jismoniy, ruxiy, miqdor va sifat o‘zgarishlarni o‘zboshidan 
kechiradi. Insonda bo‘ladigan jismoniy o‘zgarishlarga – bo‘yining o‘sishi, 
vaznining og‘irlashib borishi, suyak va mushak tizimlarining ichki a’zolari va 
asabtizimining o‘zgarib borishi kiradi. Ruxiy o‘zgarishlari esa uning aqliy rivojiga 
aloqador bo‘ladi va insonda ruxiy sifatlarning shakllanib borishi, unda xayot uchun 
zarur bo‘lgan sotsial sifatlarni tarkib topishi xisoblanadi.
Odam bolasining rivojlanishi – bu muxim jarayon xisoblanadi. Shaxsning 
kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi 
xamisha bir xil bo‘lavermaydi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri aniqlash va bexato 
baxolash uchun uni turli munosabatlar doirasida, turli vaziyatlarda kuzatib ko‘rish 
lozim.


Pedagogikada «shaxs» tushunchasi «inson» tushunchasidan farqli o‘laroq, 
uinsonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. YA’ni jamiyat a’zosining boshqa 
odamlar bilan muomalada bo‘lishi, munosabat o‘rnatish natijasida shakllanib 
boradigan sifatlarni bildiradi. Inson ruxiy xususiyatlarining rivojlanishi (aql, iroda, 
diqqat va xokazo), xayotda o‘z o‘rnini topa olishi, uning vatan, xalqning ravnaqi 
yo‘lida og‘ishmay, e’tiqod bilan xizmat qilishi, iymonli bo‘lishi, insonni shaxs 
darajasiga ko‘taradi. Bunday sifatlarning ro‘yobga chiqishi tarbiyaga bog‘liq 
bo‘ladi.
Demak, ta’lim-tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ta’sirlar, ya’ni 
kundalik ijtimoiy voqeliklarning shaxsga ko‘rsatayotgan ta’siri, ularni ijtimoiy 
pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy o‘rganish, pedagogika- da shu kunga qadar 
yetarlicha e’tibor berilmagan ijtimoiy pedagogikaga zaruratni vujudga 
keltirmoqda, Kursning nomidan xam ko‘rinib turganidek, ijtimoiy xayotning turli 
jabxalari shaxsga, ayniqsa yoshlarga, albatta o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, Bunga misol 
tariqasida quyidagi jadvalni keltirishimiz mumkin: 

Ommaviy axborot vositalari 

Iqtisodiyot 

Ko‘cha-ko‘y, maxalladagi voqe’liklar

Ota-ona, yoshi kichik va kattalar orasidagi munosabatlar 

Ishlab chiqarish jarayonlari 

Ilm-fanning turli soxalari 

Jamiyat o‘zining qurilishiga ko‘ra turli xildagi o‘zaro bog‘langan va 
o‘zaro ta’sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar 
jamiyatdagi xayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va tartibga 
solinganligini o‘rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat meyorlari va axloq 
qoidalarini o‘zlashtiradi. Shunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut deb 
nomlash mumkin va bularga oila, ta’lim, madaniyat va din kabilar kiradi.
Oila – ijtimoiylashishning yetakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy 
bilimni egallaydi, axloqiy moxirlik va ko‘nikmani oladi, ma’lum baxo va eng 
yuksak maqsad qilishni o‘zlashtiradi, xayotida nima kerak bo‘lsa shu jamiyatdan 
oladi. 
Ta’lim – ta’lim orqali bola bu jamiyatga xukmronlik qilayotganlarni baxolay 
oladi. Ta’limda bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, balki jamiyatdagi 
xayotga moslashadi. 
Madaniyat – bu shunday ijtimoiy institutki, insoniyat o‘zi uchun yaratilgan 
moddiy va ma’naviy boyliklarni tanlaydigan maskan. Bolaga uning shakllanish 
jarayonida adabiyot, musiqa, rasm, ommaviy axborot vositalari va boshqalarning 
ta’siri yetadi.


Din – ijtimoiy institut sifatida murakkab ijtimoiy ko‘rinishga ega. Bir 
butunicha tizimda aloxida tasavvur, sezgi, ibodat harakatlari, tashkilotlar va 
sig‘inuvchilarning turli xil birlashmalari mavjud. Doimiy axloqiy qadriyatlar, 
islom, xristian (yaqinlarga sevgi va g‘amxo‘rlik, xalollik, chidamlilik, yaxshilik, 
mexr-muruvvatlilik va b), diniy bayram va an’analar, diniy musiqa va boshqalar 
bolaning jamiyatdagi axloqiy meyorlari ta’sir etishi mumkin.
Mazkur kurs bevosita pedagogika va psixologiya fakul’tetlarining o‘quv 
rejalariga kiritilgan. Sotsiologiya fani pedagogika uchun qimmatli baza yoki 
material tayyorlab bera oladi. Ammo pedagoglar uchun o‘sha jamiyatdagi xodisa, 
jarayonlar va munosabatlarning inson ongiga, insonlarning ma’naviy xayotiga, 
odob-axloq meyorlariga bo‘lgan ta’siri muximroqdir. Shuning uchun xam uni 
ijtimoiy xayot pedagogikasi, jamiyat va jamoa tarbiyasi, kundalik xayot tarbiyasi 
desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Fanfaoliyatning bir soxasi sifatida yangi obyektiv bilim va ko‘nikmalarni 
yaratadi. Insonning rivojlanishi juda qiyin va murakkab jarayon xisoblanadi. 
Rivojlanish har qanday tirik organizmga, shu jumladan insonga xam xosdir. 
Rivojlanish tashqi va ichki faktorlar ta’siri ostida bo‘ladi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin