www.ziyouz.com kutubxonasi
175
sizligini yuvish uchun unga ajoyib qalb bergan.
Meningcha, ko‘ngil go‘zalligi yuz-ko‘z go‘zalligidan ming chandon yaxshiroq!
Qalbsiz go‘zallik bechora xolavachcha qizlarning hayotini barbod qilishdan, ko‘nglini
sindirishdan boshqa nimaga ham yarardi!
* * * Iz-mir, 22 sen-tyabr. Bugun konkursga qatnashdim. Yozuv imtihoni yomon o‘tdi. “Istiqsor, istismor, istitof
kabi otlardan yasalgan sakkiz-o‘n fe’lning o‘tmish va hozirgi zamon shakllarini frantsuz-
cha yozib ko‘rsating”, — deyishdi. Bu so‘zlarning turkchasini bilsaydimki, frantsuzchasini
yozsam! Lekin og‘zaki imtihon yaxshi o‘tdi. Rashidbey afandi men bilan frantsuzcha
so‘zlashdi. Imtihonda albatta yutib chiqishimni so‘z orasida ishora qilib ketdi.
E xudo, Munisaga rahming kelsin-da!
* * * Iz-mir, 25 sentyabr. Bugungi konkurs natijalari e’lon qilindi. Men imtihondan o‘tolmabman. Maorif bo‘limi-
ning kotiblaridan biri:
— Rashidbey afandi xohlasa, albatta, o‘tardingiz. Uning ra’yiga kim qarshi chiqa olar-
di? Nazarimda, biron niyati bo‘lsa kerak, — dedi.
Ahvolim juda og‘ir. Ikki kundan keyin uyning ijara haqini to‘lashim kerak. Onamdan
qolgan so‘nggi medalon qora kunimga yaradi. Bugun uni qo‘shnilarimdan biriga berdim,
eriga sottirib, pulini olib kelib beradi. Bu yodgordan ajraganim uchun juda achindim,
chunki ichida oyim bilan otam uylangan yillarida tushgan suratlari bor edi. Bechora surat
endi yalang‘och qoldi! Lekin bu haqda ham o‘zimga tasalli topdim:
— Onam bilan otam bir parcha oltin ichida yotgandan ko‘ra, kimsasiz qizlarining qalbi-
da yashashni, albatta, afzal ko‘rishadi, — dedim.
* * * Iz-mir, 27 sen-tyabr. Bugun Rashidbey afandidan bir parcha xat oldim. U menga ish topibdi. Bu haqda gap-
lashish uchun meni Qarshiyoqadagi chorbog‘iga taklif qilibdi. Maorif bo‘limidagi kotib bu
beyning menga qarshilik qilganini aytib edi. Demak, noto‘g‘ri aytgan ekan-da? Ko‘ramiz,
ertaga ma’lum bo‘ladi.
* * * Iz-mir, 28 sen-tyabr. Rashidbey afandining Qarshiyoqadagi chorbog‘idan hozirgina qaytib keldim. Chorbog‘i
chinakam saroyga o‘xshaydi. U kishiga nima uchun shuncha hurmat bilan qarashlarining
sababini endi payqadim.
Rashidbey meni hurmat-ehtirom bilan qabul qildi. Frantsuzcha gapirishimni juda
yoqtirganini, lekin hamkasblarining menga qilgan adolatsizliklariga mone bo‘lolmaganli-
gini aytdi. Xatida tilga olingan ish esa qizlarini frantsuzchaga o‘qitish ishi emish.
— Xonim qizim, — dedi, — iste’dodingiz kabi odob va qiyofangiz ham menga juda
manzur bo‘ldi. Maorif maktablarida o‘zingizga jabr qilib nima qilasiz? Qizlarimga frantsuz
tilini o‘rgating. Biz bilan birga o‘tirib, birga turasiz. Sizga bitta chiroyli xona beramiz,
xo‘pmi?