Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
www.ziyouz.com kutubxonasi
171
gimni siladi, tizzasida turgan qo‘limni suyib siypadi, titroq tovush
bilan sekin-sekin gap
boshladi:
— Farida, sening bu qadar mas’um, halol qiz ekaningni shu kunchaga aqlimga ham
keltirmagan edim. Yaxshi muomalaga, katta sevgiga sazovor qiz ekansan. Bechoragi-
nam... Eh, u Nazmiya-ya! Qizim, men anchagina narsani bilaman. Hamma narsani
fahmlayman. Lekin dunyo shunaqa dunyoki, bilgan narsalaringning ko‘pginasini yashi-
rishga majbursan. Nazmiya ko‘p yomon xotin. Maktabni u keltirayotgan isnodlardan
qutqazish uchun ko‘p
harakat qildim, kattalarga yalinib-yolvordim. Bo‘lmadi, harakatla-
rim zoe ketdi. Uni joyidan qimirlatib bo‘lmaydi. Chunki shahar baladiya boshlig‘idan, gar-
nizon boshlig‘idan tortib batalon imomigacha haddi-hisobsiz homiylari bor. Nazmiya bu
yerdan ketsa, kibor xonimlarga kim laganbardorlik qiladi? Katta amaldorlar yashiriqcha
quradigan ayshu ishrat kechalarida kim ud chaladi, kim o‘ynab beradi? Burhoniddinbey
singari pastkash maxluqlar senday mas’um, sof, pokiza, go‘zal qizlarni qanday qilib
qo‘lga tushiradi? Farida, ularning senga qo‘ygan tuzoqlarini juda yaxshi tushunaman.
Ana o‘sha Burhoniddinbey otasidan qolgan butun molu mulkini
baxti qora xotinlarni ras-
vo qilish, ko‘p oilalarning yostig‘ini quritish uchun sovurib kelayotgan qari maishatpa-
rastdir. Husni, chiroyi butun Ch... aholisining og‘zidan tushmay kelayotgan yoshgina qiz-
ni qo‘lga tushirish uning uchun izzat-nafs masalasi bo‘lishi kerak! Yosh ofitserlar ko‘cha-
larda qilichlarini shiqirlatib yo‘liga ko‘z tutgan, chorshaf ostidagi yuzini bir ko‘rishni o‘zla-
ri uchun g‘alaba deb bilgan yosh qizni ayshu ishrat olamiga qo‘ltiqlab kirish, o‘zi singari
shahvatparastlarni “Yashasin Burhoniddinbey!” deb qichqirtirish — uning uchun sharaf
hisoblanadi.
Innaykeyin, Ehsonbey bilan gaplashganing ham qulog‘iga yetgan. Payqayapsanmi,
qizim? Ana shundan ke- yin Nazmiyani o‘rtaga solishgan. Kim biladi, unga nima va’da
qilishgan ekan? Oqibat, boshingga shu o‘yinni solishgan. Shunchalik
oson qutulganingga
shukur qil, qizim! Endi, qizim, shaharda qolishing to‘g‘ri kelmaydi. Bu gap ikki-uch kun
ichida butun shaharga tarqaladi. Birinchi kema bilan tezda jo‘nab ketishing kerak. Boradi-
gan yering, qarindosh-urug‘laring, tanish-bilishlaring bormi?
— Mudira xonim, mening hech kimim yo‘q.
— Unday bo‘lsa, Izmirga bor. U yerda mening ikkita tanishim bor. Biri — muallima, ik-
kinchisi — maorif bo‘limining sarkotibi. Men xat yozib beraman. Qo‘lidan kelgan yorda-
mini ayamas, biron yerdan dars topib berar, deb umid qilaman.
Uning mehribonligi yuragimni ilitdi. Yomg‘irda, qorda o‘lishdan qutqazilgan mushuk
bolasi
singari mudira xonimga suqilar, sochlarimni silayotgan qo‘llariga qo‘rqa-pisa bet-
larimni surtar, keyin u qo‘llarini ag‘darib, kaftlaridan o‘pardim.
Kampir chuqurgina xo‘rsinib olgandan keyin so‘zini yana davom ettirdi:
— Shu ahvolda uyingga qaytishing to‘g‘ri bo‘lmaydi, Farida. Yur, qizim, seni yuqoriga
olib chiqib yotqizay, picha uxlab ol. Ul-bullaring bilan Munisani o‘zim borib olib kelaman.
Ketguningcha menikida turasan.
Mudiraning yuqori qavatdagi xonasida kechgacha goh uyg‘onib, goh uxlab yotdim.
Ko‘zlarimni ochguday bo‘lsam, bechora yonimga yugurib keladi-da, qo‘lini peshonamga
qo‘yadi, Ch... qizlari singari qo‘shkokil qilib o‘rib olgan sochlarimni silaydi.
— Tobing qochdimi, Farida? Biron yering og‘riyaptimi, qizim? — deb so‘raydi.
Hech yerim og‘rimas, soppa-sog‘ edim. Faqat behol bo‘lib boshimni yostiqqa tashlar,
kichkina boladay noz qilib yotardim. Menga shunday tuyulardiki, u meni qancha ko‘p
o‘psa, silab-siypasa, yangi topgan onam mehrining qalbimda yana ham ko‘proq
harorati
qoladi va kelajakda boshimga tushadigan yolg‘izlik, betoblik kunlarida, hadya dast-
ro‘mollarda qolgan hid singari, menga tasalli bo‘ladi.